dan foydalaniladi, ba’zan maxsus tanlangan savollar yozilgan an
ketalar qo'llaniladi, biografik ma’lumotlar aniqlanadi, anamnez
to'planadi, ya’ni tadqiq qilinayotgan faktning hosil bo‘lishiga qa-
dar mavjud shart-sharoitlar ta’riflanadi va hokazolar).
Ikkinchi bosqich — xususan eksperimental bosqich bo‘lib,
tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o‘z navbatida bu
bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga — eksperi
ment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi — tadqiqot ma’lumotlarini si
fat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik appa-
ratini — dastlab ilgari surilgan farazning tasdig‘i tarzida olingan
xulosalarning haqqoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini be
radigan turli xildagi statistik usullar va ehtimollik nazariyasining
asosiy qoidalarini qollanishni taqozo etadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan m a’lumotlarni
izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish,
farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil-kesil aniqlashdan ibo-
ratdir.
Dostları ilə paylaş: