68
IV BOB. XX ASRNING BOSHLARIDA BOLA
RIVOJLANISH NAZARIYALARI
Reja:
1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi.
2. Bolalar psixologiyasi predmeti.
3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlarda XX asrning boshlarida bola
rivojlanish nazariyalari haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlarga bola psixik rivojlanishining
ijtimoiy va biologik omillari ahamiyatini singdirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv
maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.
Tayanch tushunchalar:
genetik metod, genetik psixologiya.
4.1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi
XX
asrning birinchi 10-yilligida bola shaxsi rivojlanishi
muammosi bilan shug‘ullangan psixologlar orasida eng yetakchi-
lari sifatida A.Bine, E.Meyman, D.Syolli, E.Klaperd, V.Shtern,
A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi Dj.Syol-
li inson psixikasini shakllanishiga nisbatan assotsiativ yondashuv
pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg‘u va irodani psixikaning
asosiy tarkibiy qismi sifatida ajratib ko‘rsatgan. Uning izlanishlari
bolalar tarbiyasi amaliyoti uchun bolalardagi birinchi assotsiatsi-
ya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligi tarkibini aniqlash-
dan iborat edi.
M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uning xulosalariga
tayanib maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jara
yoni rivojlanish tizimini ishlab chiqdi. U bola shaxsini o‘rga-
nishda ular rivojlanishining ichki impulslarini bilish va inobat-
ga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu
davri hissiylik davri deb e’tirof etilib, bu vaqtda o‘zining moyil-
ligi mavjud bo‘lgan bilimlarini o‘zlashtirishga imkon berishi
kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg‘u va harakatlarni mashq
69
qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirish-
ga, mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu
tafakkur jarayonining rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nis
batan Montessorining g‘oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqt
da Rossiyada bu tamoyillar bo‘yicha bir nechta bolalar bog‘chasi
yoki guruhlarga qo‘llanilgan.
Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish
jarayonlarini rivojlanishi muammolariga, shuningdek, ta’limning
metodologik asoslarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborini qarat
gan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3 bosqichga, ya’ni fan-
tastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlari-
ga ajratilgan.
E.Meyman laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimen-
tal maktabda bolalarning ta’lim dasturlariga tayyorlik darajasini
diagnostika qilish metodlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ta’lim
dasturlari va sinflarni shakllantirish mezonlari sinovdan o‘tka-
zilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o‘qituvchi bilan
hamkorlik bo‘yicha).
Shveysariyalik psixolog E.Klapared Xollning rekapitulatsiya
tasavvurlarini tanqid qilib chiqqan. Uning psixika filogenezi va
ontogenezi umumiy mazmunga ega va bu rivojlanishning birinchi
qatorini o‘xshashligiga olib keladi, ammo ularni bir xil demay-
di. Klaparedning o‘ylashicha bola psixikasining rivojlanish bos
qichlari instinktiv jihatdan aniqlanmagan, u qobiliyatlarni o‘zida
shakllantirish g‘oyasini taqlid va o‘yin mexanizmlari yordamida
deb hisoblagan. Tashqi omillar rivojlanishga ta’sir etib, uni yo‘na-
lishini aniqlaydi hamda tempini kuchaytiradi.
Psixik rivojlanishni Klapared tafakkur rivojlanishiga teng-
lashtirilgan va tafakkur tipining o‘zgarishiga tayanib 4 bosqich
ga ajratgan. Birinchi bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarning
tashqi ko‘rinishini eslab qolish idrokni shakllanishi sodir bo‘la-
di; 2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy predmetlar nom-
lari o‘zlashtiriladi. 3-bosqichda (3 yoshdan 7 yoshgacha) tafak-
70
kur bolaning umumiy aqliy qobiliyatlari 4-bosqichda (7 yoshdan
12
yoshgacha) maxsus qiziqishlar shakllanadi va individning in
dividual moyilliklari ifodalanadi.
E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixo-
logiyasiga asos bo‘ldi va uning predmetini aniqlab maxsus vazifa
va muammolarni shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi pedalogi-
ya pedagogikani rivojlanishi, bolalar psixik rivojlanishini tadqiq
etishning ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqozo etdi.
Fransuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik
va normativ yo‘nalishlarning asoschisidir. Bine bolalarda tafak
kur rivojlanishining darajalarini eksperimental tadqiq etdi. Ular
ning oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig‘ini qo‘ygan holda
(«stul» nima, «ot» nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalar
ning javoblarini umumlashtirib, u 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar
tushunchalari rivojlanishining 3 bosqichini aniqladi: sanoq bos
qichi, ta’riflash bosqichi va interpretatsiya bosqichi. Har bir bos
qich ma’lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine intellektual rivoj-
lanishni ma’lum normativlari mavjudligi haqida xulosa qildi.
Ta’lim vazirligi talabiga ko‘ra Bine rivojlanishda normadan
og‘ishgan va shu tariqa yordamchi maktabda ta’lim olishga muh-
toj bolgan bolalarni ajratib oluvchi metodni ishlab chiqdi. Ke-
yinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni intellektual
rivojlanishning umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab
chiqdi. Har bir yosh davri uchun Bine murakkablik darajasi bo‘yi-
cha variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlari-
ni tadqiq etuvchi topshiriqlarni tanlab oldi. Ularga so‘z boyligini,
sanoqni, xotirani, umumiy bilimini, makoniy mo‘ljalga olishni,
mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlar kiri-
tilgan. Bine g‘oyasiga ko‘ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bola-
larga xos bo‘lgan minimal malakaga yo‘naltirilgan. Faqat shunda-
gina teng diagnostik sharoitda tug‘ma yuqori intellektual darajali
bolalar, ya’ni qobiliyatli va tarbiyali bolalar bo‘ladilar. Binening
shogirdi T. Simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala yordamida
bolaning aqliy yoshi hisoblangan.
71
Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi
V.Shtem intellekt koeffitsientini kiritishni taklif etdi. Bine intel-
lekt darajasi tug‘ma qobiliyat sifatida hayot mobaynida o‘zgarmay-
di va turli topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirilgan. Intellektual nor
ma 70 dan 130% koeffitsient deb hisoblangan. Shunga ko‘ra aqlan
qoloq bolalar 70% dan past ko‘rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar
130% dan yuqori ko‘rsatkichni olganligini ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |