Volume 1, Issue 2. 2022. June. ISSN-2181-3426
www.re-search.uz | 34
QUVVAT KOEFFSIYENTINI KOMPENSATSIYALASH USULLARI
Xamrayev Og‘abek Oybek o‘g‘li,
Jumanazarov Diyorbek Bekjonboy o‘g‘li
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Elektr texnikasi,
elektr mexanikasi va elektr
texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari
Telefon: +99891 277 47 27
ogabekxamrayev678@gmail.com
Annotatsiya: Elektr ta’minoti tizimida elektr uzatish liniyalari va iste’molchi
yuklamalarining aktiv qarshiligi bilan birgalikda induktiv va sig‘im qarshilik ham bo‘ladi.
Ushbu maqolada loyihalarda quvvat koeffsiyentini kompensatsiyalash usullari to‘g‘risida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Re
aktiv quvvat, aktiv quvvat, induktiv bogʼlanish, quvvat koeffittsenti–
cosφ.
Annotation: Along with the active resistance of power lines and consumer loads, there
is inductive and capacitive resistance in the power supply system. This article discusses methods
of power factor compensation in projects.
Keywords: Re
active power, active power, inductive connection,
power coefficient -
cosφ.
Аннотация: Наряду с активным сопротивлением линий электропередач и нагрузок
потребителей в системе электроснабжения существуют индуктивное и емкостное
сопротивления. В данной статье рассматриваются методы компенсации коэффициента
мощности в проектах.
Ключевые слова: Реактивная мощность, активная мощность, индуктивная связь,
коэффициент мощности - cosφ.
Energiyaning
barcha turlaridan, jumladan, elektr energiyasidan
tejamkor foydalanish,
elektr qurilmalarining samaradorligini oshirish masalalari muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda
elektr energiyasi sifatini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Elektr energiyasining sifati elektr
energiyasini iste’mol qilish, elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligi va ishlab chiqarishning
texnologik jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ratsional reaktiv quvvat
kompensatsiyasi reaktiv quvvat oqimlari tufayli energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga, elektr
tarmoqlarida kuchlanish darajasini tartibga solish va barqarorlashtirish orqali iste’mol
qilinadigan elektr energiyasining sifatini ta’minlashga, elektr qurilmalarining yuqori texnik va
iqtisodiy ko'rsatkichlariga erishishga olib keladi. Mamlakatning
elektr tizimlarida reaktiv
quvvatni qoplash muammosi quyidagi sabablarga ko‘ra katta ahamiyatga ega:
1) sanoat ishlab chiqarishida aktiv quvvatga nisbatan reaktiv quvvat iste’moli sezilarli
darajada o‘sdi;
2) maishiy yuklamalarining o‘sishi hisobiga shahar elektr tarmoqlarida reaktiv quvvat
iste’moli oshdi;