Ota-onalar,
Aka-ukaiar,
O pa-singillar
Tashabbus,
o'ziga ishonch
- aybdorlik
tuyg'usi
Faollik:
jonli
tasavvur,
atrof
olam ni faoi o'rganish, kattalarga
taqlid
qilish,
axloqning
jinsiy
roliga kirishish.
Passivlik:
bo'shashganlik,
tashabbusning
yo'qligi, boshqa bolalarga nisbatan hasadning
infantil tuyg'usi. tushkunlik, jinsiy rolli axloq
belgilarining yo'qligi.
6 - 1 2 yosh;
maktab,
qo'shnilar,
tanishlar
M ehnaisevarlik
- to ‘laqonli
em aslik tuyg'usi
Mehnatsevarlik:
majbuiiyat
va
yutuqlarga
intilish
tuyg'usi,
rivojlangan
kommunikativ
ko‘-
nikmalar. O'z oldiga real vazifalar
qo'yadi va hal qiladi, fantaziya va
0
‘yinlarn
1
instrumental vapredm et-
li harakatlarni faol o'zlashtirishga
yo'naltirilganligi,
masalaga
ori-
yentatsiya.
To'laqonli
em aslik
tuyg'usi:
mehnatga
oid sust rivojlangan ko'nikmalar, mu-
rakkab
topshiriqlar,
musobaqaga
oid
vaziyatlardan qochish, to'laqonli em aslik.
halokatga m ahkum likning o'tkir tuyg'usi.
K onform lilik, qullarga oid axloq, turli
vazifalam i
hal
qilishda
qilinadigan
kuchlarning natijasizligi.
13 -1 8 yosh;
Tengdoshlari
guruhi
Birdamlik
- rollarning
aralashuvi
Hayotiy o ‘z -o ‘zini aniqlash: vaq-
tinchalik istiqbolLar — kelajakka
rejalar, o'z-o'zini bilish: qanday
bo'lish? Kim bo'lish? kabilarning
rivojlanishi. 0 ‘zini faol izlash va
turli rollaraa eksperiment o'tkazish.
A xloq shakllarida aniq gender
qutblanish. Tengdoshlari guruh-
larida sardorlik va zaruriyai tu-
g'ilfanida unga bo'ysunish.
Rollarning
almashinuvi;
qorishish
va
nafaqat kelajak to'g'risida, balki o'tm ish
haqidagi
fikriar,
vaqtincha
istiqbotlar
qorishmasi.
M a’naviy
kuchlarni
o'z-
o'zini bilishga jam lash, tashqi olam bilan
munosabatlariga
zarar
yetkazish
bilan
o'zim anglashga bo'lgan kuchli yaqqol ifo-
dalangan intilish. Jinsiy rolii qayd qilish.
Jinsiy rolli axloq shakllarining aralashib
ketishi.
Barvaat
uig'avish
Yaqinlik —iz o -
lyatsiya
Yaqinlik; qalb iliqligi, tushunish,
ishonish,
o'zining
bir
qism ini
qo‘rqmasdan boshqa insonga bera
olish qobiliyati.
Izolyatsiya; yolg'izlik, quvg'inlik.
Ulg'ayganlik
G enerativlik -
stagnatsiya
Generativlik:
maqsadga
inti-
luvchanlik, mahsuldorlik.
Stagnatsiya; shaxsiy hayotning faqirlashuvi,
inqiroz.
Yetilganlik
Barqarorlik -
um idsizlik
Shaxs barqarorligi; hayotiy yo‘1-
n ing tugallanganiigi tuyg'usi, reja
va maqsadlarni amalga oshirish,
to'Iiqlik va barqarorlik.
U midsizlik: tugallikning yo'qligi, yashagan
hayotidan qoniqmaslik.
Psixoanalitik amaliyot E.Eriksonni hayotiy tajribani o‘zlash-
tirish bolaning dastlabki tanaga oid taassurotlari asosida amalga
oshishiga ishontirdi. Aynan shuning uchun u «organ modusi» va
«axloq modalligi» tushunchalariga katta ahamiyat berdi. «Organ
modusi» tushunchasi Z.Freyd ortidan E.Erikson tomonidan jinsiy
quvvatning to‘planish doirasi sifatida ta’riflandi. Rivojlanishning
aniq bosqichida jinsiy quvvat bilan bogliq organ rivojlanishning
muayyan modusini bunyodga keltiradi, ya’ni shaxsning ustunlik
qiluvchi sifatining shakllanishiga olib keladi. Erogen zonalarga
muvofiq tortish, tutib qolish, bostirib kirish va qo‘shilish mo-
duslari mavjud. Bolalar tarbiyachida zonalar va ularning mo-
duslari, deb ta’kidlaydi E.Erikson, bolaning ilk tanaga oid taj-
ribasiga ahamiyat beruvchi har qanday madaniy tizimning diqqat
markazida turadi. Z.Freyddan farqli ravishda E.Erikson uchun
organ modusi — psixik rivojlanish uchun dastlabki nuqta, turt-
kigina, xolos. Qachonki jamiyat o‘zining shaxsiy institutlari (oila,
maktab va boshqalar) orqali ushbu modusga alohida mazmun
berarkan, uning ahamiyatini «begonalashuvi», organdan ajralish
va axloq modalligiga aylanishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, mo-
duslar orqali psixojinsiy va psixoijtimoiy rivojlanish amalga
oshiriladi.
Moduslarning tabiat aqli bilan shartlangan xususiyatlari shun
dan iboratki, ularning ishlashi uchun boshqa obyekt yoki inson
zarur. Demak, bola hayotining dastlabki kunlarida «og‘zi orqa
li yashaydi va sevadi», ona esa «o‘z ko‘kragi orqali yashaydi va
sevadi». Ovqatlantirish vaqtida bola hamkorlikning ilk tajribasini
oladi: uning «og‘iz orqali olish» qobiliyati ona tomonidan javob-
ga uchraydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, E.Erikson uchun oral zona emas,
balki o'zaro harakatning nafaqat «og‘iz orqali», balki butun «sen
sor zonalar orqali olish qobiliyati»dan iborat oral usuli muhim.
E.Erikson uchun og‘iz — bolaning faqat uning rivojlanishidagi
eng birinchi pog‘onasidagina olamga munosabati fokusidir. Organ
modusi — «olish» o‘zining kelib chiqish zonasidan ajraladi va
112
boshqa sensor hissiyotlar (taktil, ko‘rish, eshitishga oid va bosh-
qalar)ga tarqatiladi, buning natijasida axloqning psixik modalligi
— «so'rish» shakllanadi.
Z.Freyd kabi go‘daklik yoshining ikkinchi bosqichini E.Erik
son tishlarning yorib chiqishi bilan boglaydi. Shu lahzadan bosh-
lab, «so‘rish» qobiliyati ancha faol va yo‘naltirilgan bo‘ladi. U
«tishlash» modusi bilan xarakterlanadi. Begonalashgancha mo
dus o‘zida passiv olishni siqib chiqarib, bola faolligining barcha
turlarida namoyon bo‘ladi. «Dastlab taassurotlarni o‘z-o‘zidan
bo‘ladigan kabi ko‘rinishda qabul qilishga tayyor bo‘lgan ko‘zlar
fokusni to‘g‘rilash, ajratish va ancha xira fondan obyektni «ush-
lab olish»ga, uni kuzatishga o‘rganadilar, — deb yozadi E.Erik
son. — Shunga o‘xshab, quloqlar ahamiyatli tovushlarni tanish-
ga, ularning tarqalishini cheklash va ularga yo‘nalish bo‘yicha
izlovchi o‘girilishni boshqarishga, xuddi shunday qo‘llar ham
maqsadli yo‘nalgan holda cho‘zilishga, panjalar esa «qattiq tutib
olish»ga olganadi». Modusning butun sensor zonalarga tarqali-
shi natijasida axloqning ijtimoiy modalliligi — «buyumlarni olish
va tutib turish» shakllanadi. U qachonki bola o‘tirishni bosh-
laganida namoyon boladi. Barcha bu yutuqlar bolaning o‘zini
alohida shaxs sifatida ajratishiga olib keladi.
Ego o‘xshashlikning bu birinchi shaklining rivojlanishi barcha
keyingilari kabi rivojlanish inqirozi bilan birga boradi. Bola hayo-
tining birinchi yili oxirida uning ko‘rsatkichlari: tishlarning yo
rib chiqishi, o‘zini alohida shaxs sifatida anglashning o‘sishi,
onaning kasbiy mashg‘ulotlar va shaxsiy qiziqishlarga qaytishi
natijasida «ona — bola» ikkiligining zaiflashuvi tufayli umumiy
zoliqish. Bu inqiroz agar bola hayotining birinchi yilini oxirida
bolaning olamga bo‘lgan asosli ishonchi va asosli ishonchsizligi
o‘rtasidagi nisbat birinchisi foydasiga yuzaga kelsa, oson yengib
o‘tiladi. Go‘dakda ijtimoiy ishonch belgilari yengil ovqatlantirish,
chuqur uyqu, ichaklarning me’yoriy ishlashida namoyon bola
di. E.Erikson fikriga kola, dastlabki ijtimoiy yutuqlarga bolaning
o la xavotir yoki jahl qilmasdan onasini kolinm ay qolishiga im-
113
kon berishga tayyorlikni ham kiritish mumkin, chunki onaning
mavjud bolishi bolaga ichki ishonch bolsa, uning yana paydo
bolishi oldindan aytiladigan hodisa boladi. Aynan shu doimiy-
lik, uzluksizlik va tadrijiylik kichkina bolada shaxsiy tenglikning
boshlanglch tuyg‘usini shakllantiradi.
Olamga ishonch va ishonchsizlik oltasidagi nisbat dinamika-
si yoki E.Erikson so‘zlari bilan aytganda, «dastlabki hayotiy taj-
ribasidan chiqarilgan ishonch va umid miqdori», ovqatlantirish
xususiyatlari bilan emas, balki bolani parvarishlash sifati, go‘dakka
g‘amxo‘rlikda namoyon boladigan onalik mehri va nazokati bilan
belgilanadi, bunda muhim shart onaning o‘z harakatlariga ishon-
chi hisoblanadi. «Ona o‘z bolasida o‘zining madaniyatida mav
jud bolgan hayotiy uslub doirasida unga butkul shaxsiy ishonch-
ning qattiq tuyg'usi bilan bolaning ehtiyojlari haqida ta’sirchan
g‘amxo‘rlikni o‘zida birlashtiradigan murojaat turi bilan ishonch
tuyg‘usini bunyod etadi», — deb ta’kidlaydi E.Erikson.
E.Erikson turli madaniyatlarda «ishonchning turli sxemalari»
va bola parvarishining turli an’analarini aniqladi. Bir xil madani-
yatda ona hissiy jihatdan juda noziklikni namoyon etadi, go‘dakni
qachonki u yiglab, qaysarlik qilganida yolgaklamay, ovqatlantira-
di. Boshqa madaniyatda aksincha, tarang qilib siqib yolgaklanadi,
bolaga «uning o‘pkasi kuchli bolishi uchun» chinqirish va yiglash-
ga qo‘yib beriladi. Parvarishning bu usuli, E.Erikson fikriga kola,
rus madaniyatiga xos. Bu bilan, deydi E.Erikson, rus millatiga
mansub odamlarning o‘ziga xos ifodaliligi tushuntiriladi. Dehqon
oilalarida qabul qilinganidek, tarang siqib yolgaklangan bola ni-
gohlari orqali olam bilan aloqa qilishning asosiy usuliga ega. Bu
an’analarda E.Erikson jamiyatning o‘z a’zosini qanday kolishni
istashi bilan chuqur aloqani aniqlaydi. Xullas, bitta hind qabilasida
E.Erikson onaning qachonki bola uning ko'kragini tishlaganida,
bolani kuchli yiglashga yetgunicha boshiga urishini payqagan.
Hindlar bunday usulni yaxshi ovchini tarbiyalashga ko‘maklasha-
di, deb hisoblaydilar. Bu misollar E.Eriksonning insoniy mavjud
bolishlik uyushtirishni bir-birini toldirishi zarur bolgan uchta
114
jarayoniga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi fikrini yaqqol tasdiqlay-
di: bu — tanani tarkibiy qismi bolgan organik tizimlarni (soma)
ierarxik uyushtirishning biologik jarayoni; egosintez (psixika) vo-
sitasida individual tajribani uyushtiruvchi psixik jarayon; o‘zaro
boglangan odamlarni madaniy uyushtirishning ijtimoiy jarayoni
(etos). Erikson har qanday insoniy turmush hodisalarni bir butun-
likda tushunish uchun barcha shu uchta yondashuv zarur ekanini,
ayniqsa, ta’kidlab oladi.
Ko‘pgina madaniyatlarda bolani muayyan vaqtda ko'krak-
dan ajratish qabul qilingan. Ma’lum bolganiday, klassik psixo-
analizda, bu hodisa oqibati butun umrga tatiydigan eng chuqur
bolalar jarohatlaridan biri sifatida qaraladi. Biroq, E.Erikson bu
hodisani bunchalik fojiaviy baholamaydi. Uning fikriga kola,
asosli ishonchni ovqatlantirishning boshqa shakllarida ham
qollab-quvvatlash mumkin. Agar bolani qolga olsalar, uni teb-
ratsalar, jilmaysalar, u bilan gaplashsalar, bolada bu bosqichning
barcha ijtimoiy muvaffaqiyatlari shakllanadi. Bunda ota-onalar
bolani majburlash va taqiqlash yollari bilan boshqarmasliklari
zarur, ular bolaga «o‘zlari u bilan hozir qilayotganlarida qanday-
dir qiymat borligiga chuqur va deyarli organik ishonch»ni bera
olishlari lozim. Biroq hatto o la yoqimli holatlarda ham frus-
tratsiyani chorlovchi taqiq va cheklovlardan qochib bolmaydi.
Ular bolada rad etilganlik tuyg'usini qoldiradi va olamga asosli
ishonchsizlik uchun asosni yuzaga keltiradi.
Shaxs rivojlanishining ikkinchi bosqichi E.Erikson fikriga
k o la bolaning o‘z avtonomligi va mustaqilligini shakllani
shi hamda himoya qilishidan iborat. U bola yurishni boshlagan
lahzadan boshlanadi. Bu bosqichda lazzat olish zonasi anus bilan
bogliq. Anal (orqa teshikka oid) zona ikkita qarama-qarshi mo-
dusni yaratadi — tutib turish modusi va bo'shashish modusi.
Jamiyat bolani tozalikka olgatishga alohida ahamiyat bergancha
bu moduslarning ustunlik qilishi, ularning o‘z organidan ajrali-
shi va saqlash hamda yo‘q qilish kabi axloq modallariga aylanishi
uchun sharoit yaratadi. Jamiyat tomonidan unga berilgan qiymat
115
«Sfinkterli nazorat» uchun kurash natijada o‘zini harakatga soluv-
chi imkoniyatlarini egallash, o‘zining yangi, avtonom «Men»ini
tasdiqlash uchun kurashga aylanib boradi. Mustaqillikning o‘sib
boruvchi tuyg'usi yuzaga kelgan olamga asosli ishonchga zarar
yetkazmasligi zarur.
Ota-ona tomonidan nazorat bu tuyg‘uni bolaning go£yoki
o‘zining yangi imkoniyatlari kuchini sinab ko‘rayotgandek o‘sib
boruvchi istaklari — talab qilish, o‘zlashtirish, parchalashni chek-
lash orqali saqlab qolish imkonini beradi.
«Tashqi qat’iylik bolani hali mashq qilinmagan farqlash
tuyg‘usi, uning ehtiyotkorona tutib turish va qo‘yib yuborishga
layoqatsizligi tomonidan potensial anarxiyadan muhofaza qiladi»,
— deb yozadi E.Erikson. Bu cheklovlar, o‘z navbatida, salbiy uyat
va shubha tuyg‘ulari uchun asos yaratadi.
E.Erikson fikriga k o la uyat tuyg‘usining paydo bo‘lishi o‘z-
o‘zini anglashning yuzaga kelishi bilan bogliq, chunki uyat sub-
yektning butkul hamma kolishi uchun qo‘yilganligi va uning
o‘z holatini tushunishini ko‘zda tutadi. «Uyatni his qilayotgan
kimsa butun olamni uni kolmasligi, uning «yalang‘ochligi»ni
sezmasligiga majburlashni istagan bolardi, — deb yozadi E.Erik
son, — u butun olamning k o l bolishini istardi. Yoki, aksincha,
o‘zi ko‘rinmas bolib qolishni istaydi». Bolani yomon qiliqlari
uchun jazolash va uyaltirish uni «olam nigohi unga qadalgan»li-
gi tuyg‘usiga olib keladi. «Bola butun olamni unga qaramaslikka
majburlashni istagan bolardi», biroq bu mumkin emas. Shuning
uchun uning yomon qiliqlarini ijtimoiy ma’qullamaslik bolada
«dunyoning ichki ko‘zi» — o‘z xatolari uchun uyatni shakllantira-
di. E.Erikson so‘zlariga k o la «shubha uyatning ukasidir». Shub
ha shaxsiy tana old va orqa tomonlarga ega ekanini anglash bilan
bogliq. Orqa bolaning o‘zini kolishi amalga oshmaydigan tomon
va uning avtonomiyaga intilishini cheklashi mumkin bolgan but
kul boshqa odamlarning irodasiga bo‘ysundirilgan. Ular bolaning
o‘zigagina qoniqish va yengillik beradigan ichaklarning va
zifalarini «yomon» deydilar. Shu yerdan insonning kelgusidagi
116
hayotida orqada qoldiradiganlari shubha va irratsional qo‘rquv
uchun asos bo‘ladi.
Mustaqillik tuyg‘usining uyat va shubhaga qarshi kurashi
boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish va o'zinikida qat’iy tu-
rish, o‘z-o‘zini ifodalash erkinligi va uni cheklash qobiliyat
lari o‘rtasida nisbat o‘rnatishga olib keladi. Bosqich oxirida bu
qarama-qarshiliklar o‘rtasida harakatli muvozanat shakllanadi. U
agar ota-onalar va yaqin kattalar bolani o‘ta boshqargancha uning
avtonomiyaga bolgan intilishini bostirganlarida ijobiy b o la
di. «Ijobiy o‘z-o‘zini baholashni saqlab qolishda o‘z-o‘zini na
zorat qilish tuyg‘usidan xayrixohlik va faxrning barqaror tuyg‘usi;
o‘z-o‘zini nazorat qilishning yo‘qolishi va begona tashqi nazorat-
dan barqaror shubhalanish va uyatga moyillik tuglladi», — deb
ta’kidlaydi E.Erikson.
Bostirib kirish va kirishish moduslari shaxs rivojlanishining
uchinchi — infantil-genital bosqichida axloqning yangi modal-
liligini yaratadi. «Borliqqa quvvatli ko‘chib olish vositasida,
boshqalar tanasiga jismoniy hamla qilish vositasida, boshqa
odamlarning qulogl va qalbiga tajovuzkor tovushlar vositasida,
noma’lumga xos qiziquvchanlik vositasida bostirib kirish, E.Erik
son ta’rifi bo‘yicha shundayki, maktabgacha yoshdagi bola o‘z
axloqiy reaksiyalarining bitta qutbda, boshqa qutblarida u atrof-
dagilarga nisbatan ta’sirchan, tengdoshlari va kichkina bolalar
bilan nozik va g‘am xol munosabatlarni olnatishga tayyordir». Z.
Freydda bu bosqich fallik yoki Edip nomlanishini olgan. E.Erik
son fikriga kola, bolaning o‘z genitaliyasiga qiziqishi, o‘zining
jinsiy mansubligini anglashi va qarama-qarshi jinsdagi ota-
onalar bilan munosabatda ota (ona) o ln in i egallashga intili-
shi — bola rivojlanishining bu davrdagi xususiy lahzasidir. Bola
z o l ishtiyoq bilan va faol atrof olamni olganadi; tasavvurdagi,
modellashtirilgan vaziyatlarni yaratgancha, o‘yinda, bola teng
doshlari bilan birgalikda «madaniyatning iqtisodiy etosi»ni, ya’ni
ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlar
tizimini o‘zlashtiradi. Buning natijasida bolada kattalar bilan
117
birgalikda real faoliyatga kirishish, kichkinalik rolidan chiqish
istagi shakllanadi. Biroq kattalar bola uchun hamma narsaga qo-
dir va aql bovar qilmaydigan bolib qoladilar, ular uyaltirishlari va
jazolashlari mumkin, qarama-qarshiliklarning bu tugunida faol
tadbirkorlik va tashabbuskorlik sifatlari shakllanishi zarur.
Tashabbuskorlik tuyg‘usi, E.Erikson fikriga kola, barchaga
baravar taalluqli xarakterga ega. «Tashabbuskorlik so‘zining o‘zi,
— deb yozadi E.Erikson, — ko‘pchilik uchun amerikacha va tad
birkorlik alomatiga ega. Shunga qaramay, tashabbuskorlik har
qanday harakatning zaruriy jihati hisoblanadi va tashabbuskor
lik odamlarga hamma narsada — nima bilan shug‘ullansalar va
nimani olgansalar, mevalarni yiglshdan boshlab, erkin tadbirkor
lik tizimi bilan tugagunga qadar zarurdir».
Bolaning tajovuzkor axloqi o‘z ortidan tashabbuskorlikning
cheklanishi va aybdorlik hamda xavotirlilik tuyg‘usining pay
do bolishini boshlab keladi. Xullas, E.Erikson bo‘yicha axloqqa
yangi ichki bosqichlar — vijdon va o‘z xayollari hamda harakatlari
uchun axloqiy mas’uliyat joylanadi. Rivojlanishning aynan shu
bosqichlarida boshqa hech birida bolmagandek, bola tez va
z o l ishtiyoq bilan o‘qiydi. «U konstruksiyalash va rejalashtirish
maqsadlari uchun boshqa bolalar bilan birgalikda harakatlani-
shi, birlashishi mumkin va buni istaydi hamda u o‘z o‘qituvchisi
bilan muloqotdan foyda olishga intiladi, shuningdek, har qanday
ideal prototipdan o‘zib ketishga tayyor boladi», — deb ta’kidlay
di E.Erikson.
Shaxs rivojlanishining psixologik tahlil «latent davr», E.Erik
son esa — «psixojinsiy moratoriya vaqti» deb ataydigan toltinchi
bosqichi bo‘lg‘usi katta odamning mehnatga oid faoliyatning
texnik va ijtimoiy asoslariga olganishi uchun infantil jinsiylik-
ning muayyan mudroq bosganligi va genital yetukliknig kechiki-
shi bilan xarakterlanadi. Maktab sistematik kolinishda bolani
bo‘lg‘usi mehnatga oid faoliyat to‘glisidagi bilimlarga jalb qila
di, maxsus uyushtirilgan shaklda «texnologik tarzda» madani-
yat uzatadi, mehnatsevarlikni shakllantiradi. Bu bosqichda bola
118
o‘qishni xush ko‘radi va birmuncha fidokorlik bilan ushbu jam i
yatga mos keladigan texnika turlariga o'qiydi.
Bu bosqichda bolaga solinadigan xavf — notenglik va tolaqon-
li emaslik tuyg‘usidan iborat. E.Erikson fikriga ko‘ra, «bola bu
holatda qurollar olamida o‘zining uquvsizligidan umidsizlikni
boshidan kechiradi va o‘zini o lta darajasi yoki notenglikka max-
kum inson sifatida ko‘ra boshlaydi». Agar muvaffaqiyatli holatda
ota va ona figurali, ularning bola uchun ahamiyatliligi ikkinchi
planga o‘tadi, o‘zini maktab talablariga muvofiq emaslik tuyg‘usi
paydo bolganida oila yana bola uchun boshpana bo‘ladi.
E.Erikson ta’kidlaydiki, rivojlanuvchi bola har bir bosqich
da o‘zi uchun hayotiy muhim bo‘lgan shaxsiy asoslanganlik
tuyg‘usiga kelishi kerak va uni mas’uliyatsiz maqtov yoki muruv-
vatli ma’qullash qoniqtirmasligi zarur. Uning egotengligi o‘zi
erishgan yutuqlar hayotning mazkur madaniyat uchun ahami
yatli sohalarida namoyon bolishini tushungan taqdirdagina real
kuchga ega boladi.
Shaxs rivojlanishida beshinchi bosqich eng chuqur hayotiy in-
qirozni xarakterlaydi. Bolalik yakuniga yetdi. Bu katta hayotiy
bosqichning yakuni egotenglikning dastlabki yaxlit shakllarining
shakllanishi bilan xarakterlanadi. Rivojlanishning uchta chizigl
bu inqirozga olib keladi: bu shiddatli jismoniy o‘sish va jinsiy
yetilish («fiziologik inqilob»); «boshqalar ko‘z o‘ngida men qanday
kolinaman», «men o‘zim bilan nimani aks ettiraman» kabi savol
lar bilan tashvishlanish; egallangan malakalar, individual qobili-
yatlar va jamiyat talablariga javob beruvchi o‘z kasbiy iste’dodini
topish zaruriyati. Tenglikning o‘smirlik inqirozida rivojlanish
ning barcha olalgan kritik lahzalari yana kolariladi. 0 ‘smir endi
barcha eski vazifalarni ongli tarzda va ichki ishonch bilan hal qili
shi zarur, aynan shunday tanlov o‘zi va jamiyat uchun ahamiyat
li. Shunda olamga ijtimoiy ishonch, mustaqillik, tashabbuskorlik,
o‘zlashtirilgan malakalar shaxsning yangi yaxlitliligini yaratadi.
O'spirinlik yoshi — rivojlanishning tenglikni asosiy inqirozi
to‘g‘ri keladigan birmuncha muhim davridir. Undan keyin «kat-
119
talarga oid tenglik»ni egallash, yoxud rivojlanishda to‘xtalish,
ya’ni «tenglik diffuziyasi» keladi.
Qachonki yosh inson jamiyatda o‘z o ln in i topishga (sinab
ko‘rish va xatolar sodir etish yoli bilan) intilganida o‘spirin-
lik va kattalarga oid holat oltasida masofani E.Erikson «psixik
moratoriy» deb nomladi. Bu inqirozning o‘tkirlig ancha erta kri-
zislar (ishonch, mustaqillik, faollik va boshqalar)ning yechilgan-
lik darajasi bilan bolganiday, jamiyatning butun ma’naviy muhi-
tiga ham bogliq. Bartaraf etilmagan inqoroz tenglikning keskin
diffuziyasi holatiga olib keladi, o‘spirinlik yoshining ijtimoiy
patologiyasi asosini tashkil etadi.
E.Erikson bo‘yicha tenglik patologiyasi sindromi: infantil dara-
jaga regressiya va imkoni boricha kattalik maqomini egallashni
orqaga surish istagi; glra-shira, biroq barqaror xavotirlilik hola-
ti; izolatsiya va ma’naviy qashshoqlik tuyg‘usi; doimiy ravishda
hayotni o‘zgartirish mumkin bolgan qandaydir holatda bolish;
boshqa jinsdagi shaxs bilan shaxsan muloqotda bolish va hissiy
ta’sir kolsatishga layoqatsizlikdan qo‘rqish; barcha tan olingan
jamoatchilik rollari — erkak va ayol rollariga qadar dushman-
lik va nafrat hissi («uniseks»); amerikacha va barcha xorijiy irrat-
sional ustunlikka nafrat («biz yo‘q bo‘lgan joyda hammasi yaxshi»
tamoyili bo‘yicha). So‘nggi holatda salbiy tenglikka, o‘z-o‘zini tas-
diqlashning yagona usuli sifatida «hech kimniki bo‘lish»ga intilish.
E.Eriksonning o‘spirinlik davriga taalluqli bir necha muhim
kuzatishlarini qayd qilamiz. Bu yoshda yuzaga keluvchi oshiq-
lik, E.Erikson fikri bo‘yicha, dastlab jinsiy xarakter kasb et-
maydi. « 0 ‘spirinlik oshiqligi ahamiyatli darajada dastlab kim-
dir — boshqa odamning noaniq obraziga shaxsiy proeksiyasi yoli
bilan o‘z tengligini aniqlashga urinish va uni aks etgan ham
da aniqlashtirilgan kolinishda o‘z ko‘zi bilan kolishdir, — deb
hisoblaydi E.Erikson. — Mana nima uchun o‘spirinlik oshiqligi
kolinishi ko‘p hollarda gap-so‘zlarga sabab boladi». Shaxs rivoj
lanishi m antigl bo‘yicha odamlarga muloqotda tanlovchanlik va
ijtimoiy kelib chiqishi, didi yoki qobiliyatlari bilan farqlanuvchi
120
barcha «begonalar»ga nisbatan shafqatsizlik xosdir. «Ko‘pincha
kostyumning maxsus qismlari yoki o‘ziga xos imo-ishoralar
«o‘ziniki»ni «begonalar»dan ajratishga yordamlashuvchi belgi
sifatida vaqtinchalik tanlanadi... bunday chidamsizlik qiyofasizlik
va qorishmalardan farqli ravishda o‘z tengligini his qilishi uchun
muhofaza hisoblanadi», — deb yozadi u.
Egotenglikning shakllanishi yosh insonga rivojlanishning ol-
tinchi bosqichiga o‘tish imkonini beradi, bu bosqich mazmu-
ni — umr yo‘ldoshini izlash, boshqalar bilan zich hamkorlik qi
lish istagi, o‘zining ijtimoiy guruhi a’zolari bilan yaqin do‘stona
aloqalarga intilishdan iborat. Yosh inson endi o‘zining «Men»ini
yo‘qotish va qiyofasizlikdan cho‘chimaydi. Avvalgi bosqich yu-
tuqlari ungan, deb yozadi E.Erikson, «o‘zining tengligini bosh
qalar bilan aralashtirishga tayyorlik va istash» imkonini beradi.
Axloqning asosiy modalliligini toliq egallash atrofdagilar bilan
yaqinlashishga intilish asosi bolib xizmat qiladi. Endi rivojlanish
mazmunini qandaydir organ modusi belgilamaydi, balki barcha
kolib chiqilgan moduslar yangi, oldingi bosqichda paydo bolgan
egotenglikning yaxlit mahsulotga bo‘ysunadi. Yosh inson yaqin-
likka tayyor, u o‘zini aniq ijtimoiy guruhlarda boshqalar bilan
hamkorlikka qodir, hatto agar bu kelishuvlarning ahamiyatli qur-
bon qilishni talab etsa-da, bunday guruhli mansublikka qat’iy
amal qilish uchun yetarlicha yetuk kuchga ega.
Bu bosqichning xavfli tomoni shundaki, u o'zida yolglzlik,
to liq yaqinlikni talab qiluvchi aloqalardan qochishni aks ettira-
di. Bunday buzilish, E.Erikson fikriga kola, «fe’l-atvorning kes-
kin muammolari»ga, psixologik buzilishlarga olib kelishi mum
kin. Agar psixik moratoriy bu bosqichda ham davom etsa, unda
yaqinlik tuyg‘usi olniga masofa saqlash, o‘z «hududi»ga, o‘zi-
ning ichki olamiga hech kimni qo‘ymaslikka intilish yuzaga kela
di. Bu intilishlar shaxsiy sifatlarga — ajralib yashash va yolglzlik
tuyg‘ulariga aylanishi mumkinligi xavfi bor.
Tenglikning bu salbiy tomonlarini yengib olishga muhabbat
yordam beradi. E.Erikson o'spiringa emas, ayniqsa, o‘smirga
121
emas, balki yosh insonga nisbatan «asl genitallik» to‘g‘risida
gapirish mumkin, deb hisoblaydi. E. Erikson eslatib o‘tadi, Freyd
ning «genital muhabbat» farqlashini dalil qilib keltirgancha mu-
habbatni jinsiy qiziqish sifatida tushunilmasligi kerak. E.Erik
son muhabbatning etuk tuyg‘usi paydo bo‘lganida va mehnatga
oid faoliyatda hamkorlikning ijodiy muhiti o‘rnatilganda rivoj
lanishning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyorligini ko‘rsatib
o‘tadi.
Yettinchi bosqich inson hayotiy yo‘lining ulg‘aygan bosqichida
markaziy bosqich sifatida ko‘rib chiqiladi. E.Erikson bo‘yicha
shaxs rivojlanishi uning butun hayoti davomida davom etadi. (Es
latib o‘tamiz, Z.Freyd uchun «inson o‘z bolaligining jamiyat to
monidan doimiy ravishda cheklovlarni his qiladigan o‘zgarmas
mahsuli bo‘lib qoladi!») Shaxs rivojlanishi bolalar tomonidan
o‘zining boshqalarga kerakliligi subyektiv tuyg‘usini tasdiqlay-
digan ta’sir sharofati bilan davom etadi. Unumdorlik va nati-
ja (naslning davom etishi) bu bosqichda shaxsning asosiy tav-
sifnomasi sifatida yangi avlod tarbiyasi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikda,
mahsuldor mehnat faoliyati va ijodkorlikda ro‘yobga chiqadi.
Inson nimaiki qilsa, o‘zining «Men»idan bir qismini qo‘shadi
va bu shaxsiy boyishga olib keladi. «Yetuk inson, — deb yoza
di E.Erikson, — kerakli bo‘lishga ehtiyojmand bo‘ladi va yetuk-
lik g‘amxo‘rlik qilish kerak bo‘lgan o‘z zurriyotlari tomonidan
rahbarlik qilish va rag‘batlantirishga muhtoj bo‘ladi». Bunda gap
faqat o‘z bolalari to‘g‘risida borishi shart emas.
Aksincha, agar rivojlanishning noxush vaziyati yuzaga kelgan
holatda qoloqlik va sustlik, shaxsiy ma’naviy qashshoqlikka olib
keladigan o‘ziga nihoyatda yuqori e’tiborni jamlash paydo bo‘ladi.
Bunday odamlar o‘zlariga o‘zlarining shaxsiy va yagona farzan-
di sifatida qaraydilar. Agar sharoit bunday tendensiyaga qulaylik
tug'dirsa, unda shaxsning jismoniy va psixologik jihatdan nogi-
ronlashuvi boshlanadi. Agar oldingi bosqichlar oqimida kuchlar
nisbati omadsiz tanlov foydasiga hal bo‘lsa, demak u avvalgi bos-
qichlarning barcha bilan tayyorlangan.
122
Takrorlanmas individuallikning bolagi joylangan boshqalar
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ijodiy imkoniyat, buyumlar yaratish
istagi o‘z-o‘zini yeb bitirish va shaxsiy inqirozga yuz tutishning
ehtimoliy shakllanishini bartaraf etishga yordamlashadi.
Hayotiy yo‘lning sakkizinchi bosqichi egotenglikning yan
gi tugallangan shakllariga erishish bilan xarakterlanadi. Qay
tarzdadir odamlar va buyumlarga nisbatan g‘amxollikni namo
yon qilgan va hayotning ajralmas qismi bo‘lmish muvaffaqiyat
hamda umidsizliklarga moslashgan, bolalar ota-onasi va buyum
lar hamda g‘oyalar yaratuvchisida — faqat unda sekin-asta barcha
yetti bosqich mahsuli — shaxs yaxlitligi aks etiladi. E.Erikson bun
day qalbga oid holatning bir necha tarkibiy qismlarini ta’kidlay
di: bu tartib va mazmunlilikka o‘zining sodiqligida o‘sib boruv
chi shaxsiy ishonch; bu qanday baho evaziga erishilishidan qat’i
nazar yashab olgan hayotning ma’naviy mazmuni va jahon miq-
yosidagi tartibni boshdan kechirish kabi postnarsistik muhabbat;
bu o‘z hayotiy yolini yagona kerakli va almashtirishga muhtoj
bolmagan sifatida qabul qilish; bu yangi, oldingisidan farqli, o‘z
ota-onasiga bolgan muhabbat; bu olgan vaqt tamoyillari va har
xil turdagi faoliyatga ularning insoniy madaniyatda qay tarzda
namoyon bolishlariga k o la ko‘ngil qo‘ygan munosabatdir. Bun
day shaxs egasi alohida odamning hayoti faqat tarixning yagona
bolagi bilan yagona hayotiy siklning tasodifiy bir-biriga mos keli-
shi va bu fakt oldida olim ning o‘z kuchini yo‘qotishini tushuna-
di. Donishmand hind, asl jentelmen va vijdonli dehqon bu shax
siy bir butunlikning yakuniy holatini to liq darajada idrok etadi
va uni bir-biridan bilib oladi.
Rivojlanishning bu bosqichida E.Erikson olim oldida hayotga
chetlashgan qiziqish sifatida ta’rif bergan oqillik vujudga keladi.
Aksincha, bu shaxsiy integratsiyaning yo‘qligi olim qolquviga
olib keladi. Umidsizlik yuzaga keladi, shaxsiy yaxlitlikka boshqa
yollar bilan erishish niyatida hayotni yangidan boshlash uchun
nihoyatda kam vaqt qolgan. Epigenez davomida asosiy vazifalarni
hal qilishda ijobiy va salbiy tendensiyalarning kurashi natijasida
123
shaxsning asosiy «yaxshi fazilatlari» shakllanadi. Biroq modo-
miki ijobiy tuyg‘ular doimo mavjud bolarkan va bir-biriga qar
shi turarkan, unda «yaxshi fazilatlar» ham ikki qutbga ega b o la
di. Demak, asosli ishonch asosli ishonchsizlikka qarshi UMID
— YIROQLASHISHni; uyat va shubhaga qarshi avtonom-
lik - IRODA - TA’SIRCHANLIKni; aybdorlikka qarshi
tashabbuskorlik - MAQSADGA INTILUVCHANLIK - LO-
QAYDLIKni; shaxsiy tolaqonli emaslikka qarshi mehnatsevarlik
— KOMPETENTLILIK — INERSIYAni; tenglik diffuziyasiga
qarshi tenglik - SADOQAT - VOZ KECHISHni; yolglzlikka
qarshi yaqinlik - MUHABBAT - ODAMOVILIKni; o‘z-o‘zini
yeb bitirishga qarshi natija — G ‘AMXO‘RLIK — RAD ETISHni;
hayotga qiziqishni yo‘qotishga qarshi egointegratsiya — OQILLIK
— NAFRATni tug‘diradi.
E.Erikson Z.Freydning izdoshi. AQSHning 200 yilligiga
baglshlab nashr qilingan «Mashhur amerikaliklar lug‘ati»da u
«Freyddan keyin psixoanalitik an’anada ishlaganlar ichida ijodiy
munosabatda birmuncha yorqin» shaxs sifatida tilga olingan.
D.N.Lyalikov ta’kidlaganidek, E.Eriksonda birmuncha qadrli-
si — bu uning ta’limotidagi asosiy maglz, ya’ni shaxsiy va gu
ruhli tenglik, psixik moratoriya tushunchalarini ishlab chiqqani,
tenglikning o‘spirinlik inqirozi to‘glisidagi ta’limotidir. E.Erik
son o‘zini Freyd konsepsiyasini kengaytirgan, uning doirasidan
chiqqan deb hisoblaydi.
Birinchidan, u urg‘uni «UNDAN» «MENGA» ko‘chirdi.
E.Erikson so‘zlari bo‘yicha uning «Bolalik va jamiyat» kitobi —
«Men»ning jamiyatga munosabati to‘g‘risidagi psixoanalitik ishdir.
E.Erikson anglanmagan motivatsiya g‘oyasini qabul qiladi, biroq
o‘z tadqiqotlarini asosan ijtimoiylashuv jarayoniga baglshlaydi.
Ikkinchidan, E.Erikson bola rivojlanadigan yangi tizimni kirita-
di. Z.Freyd uchun bu uchburchak: bola-ona-ota. E.Erikson rivoj-
lanishni «Men» rivojlanadigan tarixiy reakllikni ta’kidlagancha
ijtimoiy munosabatlarning hiyla keng tizimida kolib chiqadi. U
oila a’zolari va ijtimoiy-madaniy reallik oltasidagi munosabatlar
124
dinamikasiga taalluqli. Uchinchidan, E.Erikson nazariyasi vaqt
va uning o‘zi mansub bolgan jamiyat talablariga javob beradi.
E.Eriksonning maqsadi — psixologik hayoti inqirozlarni bartaraf
etish uchun genetik imkoniyatlarni aniqlaydi. Agar Z.Freyd o‘z
ishlarini patologik rivojlanish etiologiyasiga bag‘ishlagan bo‘lsa,
unda E.Erikson asosiy e’tiborni psixoanalitik nazariyaga yan
gi yo‘nalish bergancha psixologik inqirozlarni muvaffaqiyatli hal
qilish shartlarini o‘rganishga jamladi.
E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‘lining epigenetik
konsepsiyasi deb nomlanadi. Ma’lumki, epigenetik tamoyil embri-
onal rivojlanishni olganishda foydalaniladi. Shu tamoyilga ko‘ra
barcha o‘sayotgan narsa umumiy rejaga ega. Bu umumiy rejadan
kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. Shu bilan birgalik
da, ularning har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yo-
qimli davrga ega. Barcha qism rivojlanib, funksional yaxlitlikni
shakllantirmaguncha shunday davom etadi. Biologiyada epigene
tik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalarning yuzaga kelishida
tashqi omillarning rolini ta’kidlaydi. E.Erikson nuqtayi nazari
bilan bosqichlarning izchilligi - biologik yetilish natijasi, bi
roq rivojlanish mazmuni inson mansub bo‘lgan jamiyat undan
nimani kutishi bilan belgilanadi. E.Erikson bo‘yicha har qanday
odam, u qanday madaniyatga mansub bolmasin, bu barcha bos-
qichlarni o‘tashi mumkin, hammasi uning hayoti qanday davom-
lilikka ega ekani bilan bogliq.
Amalga oshirilgan ishlarni baholagancha E.Erikson uni
davrlarga bolishni shaxs nazariyasi sifatida kolib chiqib bolmay-
di. Uning fikriga kola bu faqat bunday nazariya yaratishga kalit,
xolos.
Erikson sxemasining diagonali (6-jadvalga qarang) shaxs rivoj
lanishi bosqichlarining ketma-ketligini kolsatadi, biroq uning
shaxsiy so‘zlari bo‘yicha u tezlik va jadallikda variatsiya uchun
bo‘shliq qoldiradi.
«Epigenetik diagramma bir-biriga bogliq bolgan bosqichlar
tizimini sanab o lad i va garchi individual bosqichlar kam yoki
125
ko‘p izchillik bilan tadqiq etilgan yoxud kam yoki ko‘proq mu
nosib tarzda nomlangan bo‘lsa-da, bizning diagrammamiz tad-
qiqotchiga ularni o£rganish qachonki bosqichlarning bor tizimini
yaxlit holda inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib bera
di... Diagramma uning barcha bo‘sh kvadratlarini fikrlashga un-
daydi». Shunday qilib, E.Erikson so‘zlariga ko‘ra «epigenez sxe-
masi metodologiya va frazeologiya qismlarini kelgusida o‘rganish
uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning global
shaklini nazarda tutadi».
E.Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi
Kerkegorning: «Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, bi
roq uni boshidan yashash kerak», — degan so‘zlari bilan yakun-
lash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |