Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   240
Ривожланиш психологияси

6.4. Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari
E.Erikson o‘zining birinchi yirik va o‘ta mashhur ishida 
yozgandiki, shaxsiy individuallilikni o£rganish XX asrning ik- 
kinchi yarmida XIX asr oxirida Z.Freyd vaqtidagi shahvoniyat- 
ga berilganlikni o'rganish qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday strate- 
gik masala bo£ldi. «Turli tarixiy davrlar, — deb yozadi u, — bizga 
insoniy shaxsning o‘z mohiyatiga ko‘ra ajralmas qismi yuzasidan 
turli jihatlarni vaqtga oid keskinlikda ko‘rish imkonini beradi».
6
-jadvalda E.Erikson bo‘yicha shaxs hayotiy yoMining bos­
qichlari taqdim etilgan.
Hayotiy siklning har bir bosqichi uchun jamiyat tomonidan 
oldinga suriladigan maxsus vazifa xarakterlidir. Jamiyat hayo­
tiy siklning turli bosqichlarida rivojlanish mazmunini ham bel- 
gilaydi. Biroq E.Eriksonga muvofiq vazifaning yechimi shaxs­
ning psixologiik harakatlantiruvchi rivojlanishda erishgan 
darajasi kabi u yashayotgan jamiyatning umumiy ma’naviy mu- 
hitiga ham bog‘liq.
Go‘daklik yoshining vazifasi — olamga asosli ishonchni 
shakllantirish, bir-biridan ajralganlik va begonalashish tuyg‘usini 
bartaraf etishdan iborat. Ilk yosh vazifalari — shaxsiy erkinligi va 
mustaqilligi uchun o‘z harakatlaridan kuchli shubhalanish va uyat 
tuyg‘usiga qarshi kurashdan iborat. 0 ‘yinli yoshning vazifalari — 
faol tashabbusning va ayni vaqtda o‘z istaklari uchun aybdorlik
108


hamda axloqiy mas’uliyat hissini boshdan kechirishning rivoj­
lanishi. Maktabda o‘qish davrida yangi vazifa — o‘z no‘noqligi va 
foydasizligini anglashga qarshi turuvchi mehnatsevarlik va meh- 
nat qurollari bilan muomala qila olish malakasining shakllanishi 
sodir bo‘ladi. O'smirlik va ilk o‘spirinlik yoshida dastlabki yax­
lit o‘zini va olamdagi o‘z o‘rnini anglash vazifasi; bu vazifani hal 
qilishdagi salbiy qutb — shaxsiy «Men»ini («bir xillik diffuziyasi») 
tushunishda ishonchsizlik paydo bo'ladi. 0 ‘sprinlikning oxiri va 
yetuklikning boshlanishidagi vazifalar — umr yo‘ldoshini izlash 
va yolg‘izlik tuyg‘usini bartaraf etuvchi yaqin do'stona aloqalarni 
o‘rnatishdan iborat.
Yetuklik davri vazifasi — insondagi ijodiy kuchning qoloqlik 
va turg‘unlikka qarshi kurashuvi. Keksalik davri hayotdan ehti- 
moliy ixlosi qaytish va o‘sib borayotgan umidsizlikka qarama-qar­
shi tarzda o‘zi, o‘z hayotiy yo‘li to‘g‘risidagi yakuniy yaxlit tasav- 
vurning shakllanishi bilan xarakterlanadi.
E.Erikson bo‘yicha bu har bir vazifaning yechimi ikkita oxir- 
gi qutb o‘rtasida muayyan dinamik nisbat o‘rnatishga olib kela­
di. Shaxs rivojlanishi — bu rivojlanishning keyingi bosqichiga 
o‘tishda so‘nmaydigan oxirgi imkoniyatlar kurashining natija- 
sidir. Rivojlanishning yangi bosqichidagi bu kurash yangi, ancha 
dolzarb vazifalar yechimi bilan bostiriladi, biroq tugallangan- 
lik hayotiy omadsizliklar davrida o‘zi haqida eslatadi. Har bir 
bosqichda erishilgan muvozanatlar o‘zida egotenglikning yangi 
shakllarini aks ettiradi va subyektni ancha keng ijtimoiy muhit- 
ga kirish imkonini ochadi. Bolani tarbiyalashda «salbiy» tuyg‘u- 
larning hamisha mavjudligi va butun hayot davomida «ijobiy» 
tuyg‘ularga dinamik zid a’zo bo‘lib xizmat qilishini unutmas- 
lik zarur.
Egotenglikning bir shaklidan boshqasiga o‘tish tenglik in- 
qirozini uyg‘otadi. E.Erikson bo‘yicha inqirozlar — bu shaxsning 
kasalligi, nevrotik buzilishlar ko‘rinishi emas, balki «progress (is- 
tiqbol) va regress (inqiroz), integratsiya va sustlik o‘rtasidagi tan- 
lov lahzalari», «aylanish punktlari»dir.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin