darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari poten-
sialini belgilaydi.
Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun
zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar:
— sifat jihatdan o‘zgarish va yanada mukammalroq bosqich-
ga ko‘tarilish;
— rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y
bergandan
so‘ng, avval mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarni to‘laligicha ortga
qaytarishning iloji yo‘qligi);
— progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir so-
hadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz
berishi mumkinligini bildiradi);
— notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o‘zgarishi,
miqdor o‘zgarishi bilan almashadi);
— zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bolga-
nida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda,
sifat jihatdan yaxshi
natija bermasligi. Masalan, bola emaklashdan tik turib yurishga
o ‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkin-
ligi ham kuzatiladi);
— rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanish-
lar paydo bo‘lganda, avval o‘zlashtirilgan ko‘nikm alar yo‘qolib
ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolina-
di);
— barqarorlik ko‘rsatkichi.
Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik,
ontogenetik va funksional.
Filogenez psixikasi - insoniyat tarixida insonning psixik
shakllanishi va biologik evolutsiyasi.
Ontogenez
psixikasi — individning butun um ri davomida psi
xologik tuzilishining shakllanishi.
Funksional rivojlanish psixikasi — psixologik funksiyalar, yan
gilanishlar,
yangi intellektual, perseptiv, mnemik, aqliy funksi-
yalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik taraqiqiyatoing bir qis-
mi hisoblanadi.
//
' f •'
17
... о
m o / / i
-i
Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari
m e ’y o riy
va
individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojla
nish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni
tavsiflaydi. Aksariyat hollarda m e’yor borasida,
psixologik va
shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual
rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishi-
ni anglatadi.
Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri — psixologik yosh-
dir. U individning ontogenezdagi obyektiv, tarixiy va xronologik
jihatlarini belgilaydi.
Shunday qilib, ushbu bobda psixologiyaning tarmoqlaridan
biri bo‘lgan yosh
psixologiyasining predmeti, obyekti, umumiy,
nazariy va amaliy vazifalari, psixik taraqqiyot determinatsiyasi
hamda fanning asosiy tushunchalari bo‘lmish, rivojlanish va psi
xologik yosh tushunchalariga to‘xtalib o‘tdik.
Dostları ilə paylaş: