Pul, kredit va banklar


Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   154
Pul, kredit va banklar

Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti 
 (1945 – 1968 yy.) 
 
Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  keyin  AQSh  tomonidan  yangi  pul  tizimi 
taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu – Xemshir shtatining Bretton – Vuds 
shahrida  bo’lib  o’tgan  xalqaro  konferentsiyada  kelishildi  va  1945  yilning  iyul 
oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan 
Bretton – Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan 
farqli  jihatlari  ko’p  emas  edi.  Shu  nuqtai  nazardan,  ushbu  pul  tizimi  ham 
kamchiliklardan  holi  emas  va  navbatdagi  moliyaviy  tartibsizliklarni  kelib 
chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 
                                                           
65
 Hull C. Memoirs. New York, 1948. Vol. I. P.81.  Шунингдек: Gardner R. Sterling – Dollar Conspiracy. Oxford: 
Clarendon Press, 1956. P. 141. 


Bretton  –  Vuds  pul  tizimining  eski  oltindeviz  standartidan  amaldagi  farqi 
shunda  ediki,  uning  asosini  ikki  “tayanch  valyuta”(funt  va  dollar)  emas,  balki 
yagona  dollar tashkil etib, 35 dollar 1 untsiya oltingan tenglashtirilgan. Shu bilan 
birga,  amaldagi  tizimni  20  yillardagi  oltindeviz  standartidan  farqli  jihatlari, 
amerika  fuqarolari  dollardagi  hisob  –  kitoblarni  oltin  bilan  so’ndirish 
imkoniyatining yo’qligi va dollardagi hisob – kitob qilish xuquqi xorijiy davlatlar 
va  banklarga  berilganligini  e’tirof  etish  lozim.  Ya’ni,  jahon  pulini  (oltin)  dollar 
bilan  so’ndirish  vakolati  faqat  davlat  organlariga  berildi.  Shu  jihatdan  Bretton  – 
Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga 
qurildi.  
AQShda  moliyaviy  piramidaning  asosini,  faqatgina  xorijiy  davlat 
xukumatlari  talab  qilish  xuquqiga  ega  bo’lgan  oltin  tashkil  etgani  holda, 
muomalada  ta’minlanmagan  dollarlar  mavjud  bo’lgan.  Boshqa  davlatlarda 
moliyaviy  piramidaning  asosini,  valyuta  zaxirasi  sifatida  saqlanayotgan  dollar 
tashkil  etgani  holda,  muomalada  ta’minlanmagan  milliy  valyutalar  amal  qilgan. 
Bunday  moliyaviy  piramidani  tashkil  etish  uchun  AQShda  etarlicha  imkoniyatlar 
mavjud  edi.  Chunki,  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  AQSh  da  to’plangan  juda 
katta miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll.), ularga moliyaviy piramida qurish 
imkonini  bergan.  Bretton  –  Vuds  tizimi  amaliyotga  joriy  qilinishi  bilan  Evropa 
davlatlari  valyutalarining  dollarga  nisbatan  kursi  oshirildi.  Masalan,  Buyuk 
Britaniya  funt  sterling  kursi  urushgacha  bo’lgan  vaqtdagi  qiymatga,  ya’ni  4,86 
dollarga  tenglashtirildi.  Funtning  sotib  olish  qobiliyatiga  nisbatan  qaralganda  esa, 
uning  qiymati  pastroq  bo’lgan.  Ta’kidlash  joizki,  1945  yilda  dollar  kursi  sun’iy 
pasaytirilishi  va  boshqa  davlatlar  valyutalarining  kursi  dollarga  nisbatan  sun’iy 
oshirilishi natijasida “dollar tanqisligi” yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga 
kelgan “dollar tanqisiligi”ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan 
Evropa  mamlakatlariga  moliyaviy  yordam  ko’rsatildi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
Evropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun’iy pasaytirilishi natijasida 
AQSh to’lov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan.  
Bretton  –  Vuds  tizimida  Amerika  hukumatiga  shunisi  aniq  bo’ldiki,  ushbu 
tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu 
nuqtai nazardan, urushdan keyingi davrda inflyatsiyani rag’batlantirilishi AQShda 
davlat siyosatiga aylandi.  
1950  yillar  boshida  dollar  inflyatsiyasi  natijasida  xalqaro  savdo  oqimi  o’z 
yo’nalishini o’zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, 
aksariyat  Evropa  mamlakatlari  (G’arbiy  Germaniya,  Shveytsariya,  Frantsiya, 
Italiya)ning  valyutalari  yanada  mustahkamlandi.  Inflyatsiya  darajasi  yuqori 
bo’lgan  Buyuk  Britaniyada  esa  mamlakatdan  dollarni  chiqishini  oldini  olish 
maqsadida  funtni  2,40  dollargacha  devalvatsiya  qilindi.  Evropa  va  Yaponiyada 
ishlab  chiqarishning  barqaror  rivojlanishi  AQSh  to’lov  balansida  kamomadni 
yuzaga  kelishiga  sabab  bo’ldi.  Inflyatsiyani  cheklashda  oltin  tanga  standartining 
klassik  yondoshuvchanligi  o’zining  xususiyatini  butunlay  to’xtatishi  bilan  birga, 
Bretton  –  Vuds  tizimining  qoidalari  G’arb  davlatlariga  doimiy  dollar  zaxiralarini 
ko’paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni 
talab etgan.  


Shu  tariqa  1950  –  1960  yillarga  kelib,    G’arbiy  Evropa  mamlakatlari  va 
Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi 
tizim  tashkil  etilganda  dollar  kursi  sun’iy  baholanganligidan  sarosimaga  tushdi. 
Chunki  dollarning  sotib  olish  qobiliyatining  tushishi,  G’arb  davlatlarida  dollarga 
bo’lgan ehtiyojni pasaytirdi.  
Bretton  –  Vuds  tizimi  Evropa  mamlakatlari  iqtisodiyoti  uchun  “tuzoq” 
sifatida  qaraldi  va  qarama  –  qarshiliklar  ortdi.  Frantsiya  nomidan  Oltindeviz 
standartini  yoqlab  va  amaldagi  tizim  qoidalariga  qarshi  fikrlar  bilan  davlat 
moliyaviy  maslahatchisi  de  Gollya  Jak  Ryueff  chiqdi.  Amerika  siyosatchilari  va 
iqtisodchilari  yuzaga  kelgan  qarshiliklarga  e’tibor  bermay,  Evropa  dollarni 
“tayanch  valyuta”  sifatida  qabul  qilganligini  ta’kidladi.  Ularning  fikriga  ko’ra, 
Evropa  aynan  Bretton  –  Vuds tizimini  amal  qilishi  natijasida  iqtisodiy  tanglikdan 
chiqish  muammosini  hal  etgan.  Davlatlar  o’rtasidagi  kelishuvga  asosan  boshqa 
mamlakatlarda  dollarning  inflyatsiya  darajasi  ortishidan  qat’iy  nazar,  AQSh 
yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi.  
Evropada  oltinning  bir  untsiyasi  uchun  35  dollarga  teng  bo’lgan  miqdori 
saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Evropada dollar massasini ortib ketishi, uning 
oltinga  va  evropaning  “qattiq”  valyutalariga  nisbatan  qadrsizlanishiga  hamda 
Amerikadan  oltinni  chiqib  ketishiga  sabab  bo’ldi.  Buning  natijasida  AQShning 
oltin  zaxiralari  25  mlrd.  dollardan,  9  mlrd.  dollargacha  kamayib  ketdi.  Evropa 
mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni oltin bilan so’ndirish 
talabini  qondirilmasligi  oqibatida  Bretton  –  Vuds  tizimining  izdan  chiqish  xavfi 
tug’ilgan edi. Lekin, Evropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy holat ham 
AQShni  pul  taklifini  oshirishdan  qaytarmadi.  Shu  tariqa  60  yillarning  oxirida 
Evropada  80  mlrd  dollardan  ortiq  “evrodollar”  nomini  olgan  pullar  paydo  bo’ldi. 
Evropada  muomalada  bo’lgan  dollarni  oltin  bilan  so’ndirish  talabini  to’xtatish 
maqsadida  AQSh  siyosiy  bosim  o’tkaza  boshladi.  1930  yilda  oltindeviz 
standartining  inqirozga  yuz  tutishida  ham  Buyuk  Britaniya  va  Frantsiya  o’rtasida 
shunday vaziyat yuzaga kelgan.  
Ta’kidlash  joizki,  iqtisodiy  qonunlarni  aylanib  o’tish,  AQSh  inflyatsiyani 
hisobga  olmagani  kabi,  mamlakatda  ijtimoiy  –  iqtisodiy  salbiy  oqibatlarga  olib 
keladi.  Shu  tariqa  1968  yilda  Amerika  tomonidan  taklif  etilgan  “abadiy  va 
buzilmas” Bretton – Vuds tizimi emirila boshladi. 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin