Pul, kredit va banklar


Bretton Vuds tizimining barham topishi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Pul, kredit va banklar

Bretton Vuds tizimining barham topishi  
(1968 – 1971 yy.) 
 
Evropada  dollar  massasining  ortib  borishi  va  AQShda  oltin  zaxiralarini 
kamayishi,  London  va  Tsyurixdagi  erkin  oltin  bozorlarida  oltinning  untsiyasi 
uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish AQShga qiyinchiliklar tug’dira 
boshladi. Mamlakatlar o’rtasida Bretton – Vuds tizimining qoidalari kelishilganda 
ushbu narx (oltinning bir untsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil 
etgan.  Amerika  fuqarolariga  1934  yilda  oltinga  egalik  qilish  ta’qiqlangan  bo’lib, 
boshqa  davlat  fuqarolari  oltin  quyma  va  oltin  tangalarga  qonuniy  egalik  qilishi 
mumkin  bo’lgan.  Ularning  dollarni  oltin  bilan  so’ndirish  imkoniyati  faqat  erkin 


bozorda  35  dollarga  sotish  orqali  amalga  oshirilgan.    Amerikadagi  inflyatsiya 
darajasining  o’sishi,  dollarning  yanada  qadrsizlanishi  natijasida  AQSh  to’lov 
balansidagi kamomad o’sdi, oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin bozorda faol 
ravishda oltin xarid qilar edi. O’z navbatida AQSh, London va Tsyurix erkin oltin 
bozorlaridagi  oltin  narxini  belgilangan  miqdorda  ushlab  turish  uchun  qisqarib 
borayotgan oltin zaxirasidan berishga majbur bo’ldi.    
Erkin  oltin  bozoridagi  dollarga  bo’lgan  ishonchsizlik,  1968  yilning  mart 
oyida  AQSh  tomonidan  mavjud  pul  tizimga  o’zgartirishlar  kiritishiga  olib  keldi. 
Ya’ni,  amaldagi  tizimni  saqlab  qolish  maqsadida,  oltinni  erkin  bozoridagi 
faoliyatini  to’xtatish  zarur  degan  xulosaga  keldi.  Shunday  qilib,  “ikki  pog’onali 
oltin  bozori”:  oltinni  erkin  bozori  –  mustaqil  va  mamlakatlar  Markaziy 
banklarining  oltin  hisob  –  kitoblari  –  mustaqil  faoliyat  yurita  boshladi.  AQSh 
taklifiga  binoan  oltinning  erkin  bozor  bahosini  belgilangan  35  dollar  miqdorida 
xarid qilinishi rad etildi. Shu bilan birga, barcha davlatlar oltin untsiyasi uchun 35 
dollar miqdorni abadiy belgilangan narxda bo’lishiga kelishib oldi.  
Mamlakat  Markaziy  banklari  va  Hukumatlari  “tashqi”  (erkin)  bozordan 
oltinni  sotish  va  sotib  olishdan  bosh  tortdi,  natijada  oltin  Markaziy  banklar 
o’rtasidagi hisob – kitoblarda hisob birligi (1 untsiya = 35 doll) sifatida qo’llanila 
boshladi.  Oltinning  erkin  bozori  ham  umumiy  pul  tizimiga  aloqasi  bo’lmagan 
holda rivojlandi.  
Ikki pog’onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, AQShni yangi 
zaxira  qog’ozlarini  joriy  etish  to’g’risidagi  fikrini  ilgari  surdi  va  maxsus  xuquq 
beruvchi  birlik  (SDR)ni  muomalaga  kiritish  maslasi  ko’rildi.
66
  Amerika  bunday 
birlikni kiritish orqali oltinning o’rnini bosuvchi yangi qog’oz pul shaklidagi jahon 
valyutasini joriy etish bo’lgan. SDRni amaliyotga joriy etish va uni emissiya qilish 
xuquqini Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va uni 
jahon  valyutasiga  aylantirish  xususida,  ilgari  surilgan  tizimni  barpo  etish  orqali 
AQSh  boshqa  davlatlar  bilan  birlashgan  holda  pul  taklifini  yanada  oshirish 
imkoniyatiga ega bo’lar edi. Bu tizimni joriy etish, albatta dunyo iqtisodiyotining 
izdan chiqishiga jiddiy xavf tug’dirdi.  
SDR  amaliyotini  tarqalishiga  qarshilik  ko’rsatayotgan  G’arbiy  Evropa  va 
qattiq  valyutaga  ega  bo’lgan  mamlakatlar  AQSh  valyuta  zaxiralarining  sezilarsiz 
miqdorini tashkil etgan.    
Qog’oz  pullar  nazariyasini qo’llab –  quvvatlagan  Milton  Fridman  ham  o’z 
qarashlarida jahon valyuta tizimidan oltinni butunlay bekor bo’lishini ilgari surgan. 
Ya’ni,  Bretton  –  Vuds  tizimi  joriy  etilganda,    AQShning  etakchi  ekspertlari 
sanoatda  dollarga  talab  ortishi  natijasida  oltin  narxini  10  dollargacha  pasayishini 
taxmin  qilishgan.  Lekin,  ushbu  tizimni  mukammal  ishlashi  uchun  dollar 
inflyatsiyasini  belgilangan  me’yorda  saqlash  lozim  edi.  1973  yilning  boshlariga 
kelib, oltinning bir untsiyasi 125 dollargacha ko’tarildi.  
Bundan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  AQShning  taklifiga  asosan  ikki 
pog’onali  oltin  bozorining  yaratilishi,  Bretton  –  Vuds  tizimining  faoliyat  yuritish 
muddatini bir necha yilga cho’zishga xizmat qildi. Chunki, inflyatsiyaning o’sishi 
                                                           
66
 Special drawing rights. 


oqibatida  Amerikaning  to’lov  balansi  kamomadi  ortib,  oltin  zaxiralari  qisqarib 
bordi.  Evropa  Markaziy  banklari  hisobvarag’larida  esa,  “evrodollar”lar  miqdori 
ortib  bordi.  O’z  navbatida  erkin  oltin  bozorida  dollar  massasini  ortishi,  oltin 
narxini ortishiga va dollarga bo’lgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. Endilikda, 
oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan edi. Bu o’z navbatida 
avvaliga  erkin  oltin  bozori  faoliyatini,  keyinchalik  Bretton  –  Vuds  tizimini 
batamom to’xtashiga olib keldi.   

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin