Pul, kredit va banklar


-mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
 
 


17-mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari
 
 
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika 
17.2. Xalqaro valyuta jamg’armasi 
17.3. Jahon banki 
17.4. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 
17.5. Mintaqaviy moliya – kredit institutlari 
17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari  
 
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika 
 
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi 
o’z ichiga ko’plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik 
moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo’lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya  – 
kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo 
moliyaviy  masalalarni  muhokama  etish,  moliya  –  kredit  siyosati  bo’yicha 
tavsiyalar  va  maslahatlar  berish  hamda  moliyaviy  yordam  ko’rsatish  bilan 
shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta – kredit va moliya 
muammolari  va  umuman,  iqtisodiyotda  statistik  va  ilmiy  –  tadqiqot  ishlarini 
amalga oshiradi.   
Ushbu  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  zamonaviy  xalqaro  moliyaviy 
institutlari  deb  yuritiladi.  Ularning  vujudga  kelishi,  tashkil  topishi  va 
rivojlanishining  asosiy  sababi  jahon  xalqaro  iqtisodiyotining  taboro  globallashib 
borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).  
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy – iqtisodiy 
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama – qarshiliklarni bartaraf etish, 
yumshatish hamda ularning o’zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.  
Dunyoda  global  ahamiyatga  ega  bo’lgan  xalqaro  moliyaviy  institutlar 
tarkibiga,  BMTning  hayrxoxligida  tashkil  etilgan,  ixtisoslashtirilgan  Xalqaro 
valyuta  jamg’armasi    (XVJ),  Jahon  banki  guruhi,  Butunjahon  savdo  tashkiloti 
kiradi.  Bu  ixtisoslashtirilgan  xalqaro  moliyaviy  institutlar  Birlashgan  millatlar 
tashkiloti  (BMT)ning  faoliyati  bilan  bog’liq  xalqaro  moliyaviy  va  iqtisodiy 
masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi. 
   BMTning  ixtisoslashtirilgan  muassasasi  –  iqtisodiy  kengash  –  Evropa, 
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va 
Lotin  Amerikasi  komissiyalari  Osiyo  taraqqiyot  banki  (OTB)  va  Amerikalararo 
taraqqiyot  banki  (ATB)ni  tashkil  etilishiga  vositachilik  qilgan.  Maxsus 
jamg’armalar bu tashkilotlarni to’ldirib turadi. 
«Marshall  rejasi»ning  amalga  oshirilishi  munosabati  bilan  1948  yilda 
tuzilgan  Evropa  iqtisodiy  hamkorligi  tashkiloti,  keyinchalik  Evropa  to’lov 
ittifoqining  tashkil  etilishiga  yo’naltirilgan  (1950  –  1958  yillar),  1960  yilda  esa 
iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotiga  (IXTR
67
,  Parij)  almashtirilgan. 
Hozirda  bu  tashkilot  o’z  ichiga  32  mamlakatni  oladi,  uning  vazifalariga  – 
                                                           
67
OESR – Organizatsiey ekonomicheskogo sotrudnichestvo i razvitiya. 
 


tashkilotga  a’zo  mamlakatarda  iqtisodiy  o’sishga  ko’maklashish,  moliyaviy 
barqarorlikka  qaratilgan  siyosatni  ishlab  chiqish,  xalqaro  savdoni  rivojlantirish, 
diskriminatsion  qarama  –  qarshiliklarni  cheklash,  rivojlanayotgan  mamlakatlarga 
yordam  ko’rsatish  kabilar  kiradi  IXRT  ramkasida  100  ga  yaqin  qo’mita  faoliyat 
kursatadi. 
Ularning  tarkibiga  Noqonuniy  yo’l  bilan  topilgan  daromadlarni 
legallashtirishga  qarshi  kurash  gruppasi  (FATF)  ham  kiradi.  Bu  tashkilot  1989 
yilda  tashkil  etilgan  va  IXRTga  a’zo  mamlakatlar  bilan  hamkorlikda  noqonuniy 
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.  
IXRTning maqsadi – erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo 
mamlakatlarni  iqtisodiy  rivojlantirishga  va  moliyaviy  barqarorlashtirishga 
ko’maklashashishdir.    IXRT  –  o’ziga  xos  klub  bo’lib,  yiliga  2  marta  sanoati 
rivojlangan  mamlakatlar  uchun  fikrlar  almashish  va    iqtisodiy  siyosatni 
muvofiklashtirish,  valyuta  –  kredit  va  moliya  siyosatni  samaradorligini  oshirish, 
ilmiy  –  tadqiqot  ishlarini  tashkil  etish,    jahon  iqtisodiyotining  ekonometrik 
andozalari  asosida  halqaro  qiyoslash  va  bashoratlarni  ishlab  chiqish  borasida 
yig’ilib turadi.  
Kreditor  mamlakatlarning  Parij  klubi  –  rivojlangan  mamlakatlarning 
norasmiy  tashkilotidir.  Bu  erda  mamlakatlarning  davlat  qarzlari  bo’yicha  to’lov 
muddatlarini  boshqarish  muammolari  muhokama  kilinadi.  Bir  tomonlama 
moratoriyadan qochish maqsadida (to’lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlarni 
qayta ko’rib chiqish  shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma – yuz» bitimlar olib 
boradi.  Klub  faoliyati  1956  yilda  tashkil  etilgan  bo’lib,  Argentina  kreditorlari 
Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to’g’ri keladi.  
Parij  klubining  majlislarida  XVJ,  Jahon  banki  va  boshqa  yirik  moliyaviy 
institutlardan kuzatuvchilar  ishtirok  etishadi va ko’pincha  tashqi  qarzlarning  joriy 
yilda to’lanishi lozim bo’lgan qismi ko’rib chiqiladi. 
Xususiy  bank  –  kreditorlarning  norasmiy  London  klubi  1976  yildan 
faoliyatini  boshlagan  bo’lib,  qarzdor  mamlakatlarning  xususiy  tashqi  qarzlarini 
tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi 
bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.  
1970  –  yillardan  boshlab  davlatlaro  moliyaviy  –  iqtisodiy  muammolar 
dastlab  “ettilik”,  keyinchalik  Rossiiya  Federtsiyasi  qo’shilgandan  so’ng 
“sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo’shilgandan keyin 
“o’nlik”  davlat  va  hukumat  rahbarlari  darajasida  hal  etilishi  yo’lga  qo’yildi. 
“O’nlik” mamlakatlar rahbarlari yig’ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta – kredit 
masalalariga  qaratiladi  va  “har  kim  o’zi  uchun”,  ya’ni  markazga  intilish 
tendentsiyalariga  qarama  –  qarshi  bo’lgan  halqaro  hamkorlik  va  liberalizm 
tamoyillari asosida ish ko’rishga intiladi.  
Halqaro  moliya  institutlari,  Halqaro  xisob  –  kitoblar  (HHKB,  1930  yil) 
bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan.  
Bu  davlatlararo  institutlar  mamlakatlarga  kreditlar  berish,  jahon  valyuta 
tizimining  amal  kilish  tamoyillarini  ishlab  chiqish,  halqaro  valyuta  –  kredit  va 
moliya  munosabatlarini  davlatlararo  tartibga  solish  bilan  shug’ullansada,  ularni 
tashkil  etilishining  tub  sabablaridan  biri  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  siyosiy 


mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy 
iqtisodiyotda  vujudga  kelayotgan  muammolarni  minatqa  va  xalqaro  darajada 
echish masalalariga qaratilgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga 
quyidagi omillarni keltirish mumkin. 
33. Xalqaro  iqtisodiyotda  moliyaviy  barqarorlikni  ta’minlash  borasida 
kuchlarni umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish. 
34. Davlatlararo  valyuta  va  moliya  –  kredit  siyosatini  tartibga  solish 
yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish. 
35. Hamkorlikda  jahon  valyuta  va  moliya  –  kredit  siyosati  yuzasidan 
strategik taktikani ishlab chiqish. 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin