Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154
Pul, kredit va banklar

 Metall  pullar  tizimi  sharoitida  metall  qanday  shaklda  bo‘lishidan  qa’tiy 
nazar,  to‘lov  vositasi  sifatida  qabul  qilindi.  Metall  pullar  tizimi  ikkiga  bo‘linib, 
birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.  
Bimetallizm–  bu  pul  tizimida  davlat  qonuniy  jihatdan  to‘lov  vositasi  ikkita 
metallni  (odatda  oltin  va  kumush)  chegaralanmagan  miqdorda  erkin  zarb qilishga 
ruxsat beradi.  
O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi:  
 –  birinchidan,  parallel  valyuta  tizimi,  ushbu  metall  pullar  o‘rtasidagi 
munosabat  ularning  bozor  bahosidan  kelib  chiqqan  holda  stixiyali  ravishda 
o‘rnatildi; 
 –  ikkinchidan,  ikkiyoqlamali  valyuta  tizimi,  metall  pullar  o‘rtasidagi 
munosabat  davlat  tomonidan  belgilandi  va  shuning  asosida  oltin  va  kumush 
tangalar zarb qilindi
 –  uchinchidan,  «oqsoq»  valyuta  tizimi  –  ushbu  tizimda  oltin  va  kumush 
tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq 
holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab 
kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini 
amalga oshirmaydi. 
Muomalada  ikkita  metall  pulning  vazifasini  bajargan  paytda  ular  o‘rtasida 
bahoni  aniqlashda  muammolar  va  ziddiyatli  holatlar  vujudga  keldi.  Shu  bilan 
birga,  pul  tizimining  bimetllizm  shakli  beqaror  va  bir  –  biriga  o‘zaro  qarama  – 
qarshi  edi.  Shuningdek,  rivojlangan  tovar  –  pul  munosabatlari  sharoiti  talablariga 
yetarli darajada javob bermas edi.    


Pul  tizimining  bimetallizm  shakli  hukm  surgan  davri  asosan  XVI  –  XVII 
asrlarga  to‘g‘ri  keladi.  Yevropa  mamlakatlarida  1866  yillarda  bimetallizm  pul 
tizimini  saqlab  qolish  maqsadida  kumushning  qiymatini  oltinga  nisbati  rasmiy 
belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 
15,5:1  nisbatda  o‘rnatildi.  XIX  asrning  o‘rtalarida  ushbu  tenglik  o‘rtasida  farq 
kengayib  22:1  tartibda  belgilandi.  Buning  natijasida  oltin  va  kumush  tangalar 
muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy  – iqtisodiy 
yagona umumekvivalent vazifasini bitta  metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. 
Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin