Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə27/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
BT GO`M 22

Shamollar.Yer sharining turli joyi turlicha isiydi va oqibatda bosim ham turlicha boladi. Yuqori bosimli yerlardan havo bosimi past joylarga oqadi. Yer yuzasida atmosfera bosimining bir xil bo‘lmasligi natijasidagi havo harakatiga shamol deyiladi.Ikki joy orasidagi havo bosimining farqi qanchalik katta bo‘lsa,shamol shunchalik tez va kuchli esadi. Odatda, shamolning tezligi bir sekundda necha metr(m\sek) yoki bir soatda necha kilometr (km\soat) yo‘l bosganligi yoki ball bilan (0ball dan-12ballgacha) ifodalanadi.Tezligi 11balldan (sekundiga 25km)oshgan shamol ancha hafli bo‘ladi.Yer yuzida bunday kuchli shamollar Antraktida sohillarida ko‘p esadi,shamolning yillik o‘rtacha tezligi sekundiga 22m ga sutkalik maksimal tezligi esa sekundiga 90m ga yetishi mumkin. Shamolning yo‘nalishi flyuger,tezligi va kuchi anemometr degan asbob yordamida o‘lchanadi.
Atmosferadagi suv va uning rejimi. Bug`lanish. Atmosferaning quyi qismida 12000 kub km suv bugi bolib bu planetamizdagi suv miqdorining tahminan 0,001 % ini tashkil etadi.
Planetamiz yuzasidagi suvning buglanishi avvalo tempratura shamollarga hamda osimliklarga bogliqdir. O`rta hisobda Yer yuzasidan bir yilda 1000 mm, jumladan okean sathidan 1240 mm quruqlik yuzasidan esa 480 mm namlik buglanadi.
Tropiklarda issiq va quruq iqlimli chollarda eng kop bir yilda 3000 – 4000 mm namlik buglanishi mumkin. Aksincha, sovuq iqlimli Arktika zonalarida buglanish miqdori bir yilda 100 mm dan oshmaydi. Amudaryoning quyi qismida esa yiliga 2000 mm namlik bugalanadi.
Buglanish miqdorining ozgarishiga shamol ham tasir etadi shamol nam havoni boshqa tomonga surib uning orniga quruq havo olib keladi. Tezligi sekundiga 0,25 m bolgan shamol ham buglanishni 3 marta oshiradi. Shuningdek ormonli otloqli yerlarda yalang yerlarga nisbatan buglanish 3 marta ortiq boladi.
Havo suv buglarining malum miqdori qabul qila oladi yani yuta oladi songra havo toyinadi. Aksincha toyinmagan havo sovitilsa u toyinadi: bug quyuqlashib (kondentatsiyalashib) suv tomchilari hosil boladi. To`yinmagan havoning toyingan havo holatiga otish tempraturasi shudring nuqtasi deyiladi.
Havo namligi. Havodagi namlik miqdori absolyut namlik va nisbiy namlik tushunchalarida ifodalanadi. Absolyut namlik – malum vaqtda havoda bolgan suv buglarining miqdoridir. Absolyut namlik tempratura tasirida yoki quruqlik yuzasining xolati (suv tog chol bodiy va hokozo) tasirida ozgarib turadi. Agar ekvatorda bir kubometr havo tarkibida 25 mm tropiklarda 20 mm chollarda 4,5 – 5,5 mm absolyut namlik bolsa qutb olkalari sohillarida 2 – 3 mm namlik bor holos. Agra yer yuzasida (Yevropada) absolyut namlik 6,66 mm bolsa 1000 m balandlikda 0,52 mm 10000 m balandlikda esa 0,02 mm namlik bor holos. Demak yuqoriga kotarilgan sari havoda absolyut namlik kamayib boradi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin