Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Atmosfera haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə25/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
BT GO`M 22

Atmosfera haqida umumiy tushuncha. Planetamizni o‘rab olgan havo qobig‘iga atmosfera deyiladi.Yerning havo qobig‘i esa har xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat.Atmosferaning qalinligi 3000 km ga yetadi.Atmosferaning massasi esa gidrosfera massasidan 100 marta,litosfera massasidan 1000 marta kam bo‘lib, 5,15є 10 tonnaga teng.
Atmosfera planetamiz uchun ayniqsa,uning biosferasi (organik sfera)uchun,jonli organizmning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega.Bulardan tashqari,yerning havo qobig‘i planetamiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishidan, kechasi esa sovub ketishidan saqlovchi go‘yoki bir ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Atmosfera, shuningdek, Yerni kosmosdan keladigan ko‘plab meteorlardan saqlaydi:meteorlar atmosferada qizib yonib ketib,yerga yetib olmaydi.
Atmosferaning tarkibi.Atmosfera (yer yuzasi yaqinida )asosan azot(78,08%)va kislorod (20,95%)dan iborat bo‘lib unda kamroq miqdorda argon (0,93%),karbonat angidridan(0,03%),geliy,neon,ksenon,kripton,vodorod,ozon,
Ammiak,yod,va boshqa gazlar (0,01%)bor.
Atmosfera tarkibidagi gazlarning protsent miqdori uning quyi qismida o‘zgarmaydi.Faqat korbonat angidrid gazining miqdori sanoatlashgan katta shaharlarda bir oz ko‘proq, aksincha Arktika, Antraktida va okeanlar ustida bir oz kamroq bo‘ladi.
Atmosferaning tuzilishi. Quyidan yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosferadagi gazlarning tarkibi o‘zgarib, siyraklashib boradi.Shuning uchun atmosfera bir biridan gazlarning tarkibi, zichligi, temperaturasi jihatidan farqlanuvchi 5 ta asosiy qatlamga (sferaga) va 4 ta o‘tkinchi qatlamga (pauzaga) bo‘linadi.
Troposfera-atmosferaning eng pastki,quyi qismi;uning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km,o‘rtacha kengliklar ustida 11-12 km,e kvator ustida xatto 16-18 km.
Butun atmosfera massasining 80% qismi troposferada joylashgan.Atmosferadagi suv bug‘larining deyarli hammasi shu sferadadir.Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun
Mezosfera atmosferaning 50-60 km dan 80-85km gacha bo‘lgan qismini oladi.Bu qatlamda otmosfera bosimi kam,havo yer yuzasidagiga nisbatan 200 marta siyrak, temperatura esa yana past:-60, -80єC. Atmoferaning bu qismida tabiati yaxshi o‘rganilmagan kumush rang bulutlar juda mayda muz kristallaridan iborat bo‘lsa kerak,deb taxmin qilsalar, ba’zi olimlar esa juda mayda kosmos changlari to‘planishidan vujudga kelgan deb o‘ylaydilar.
Havo bosimi.Atmosferaning ogirligi Yerning ogirligiga nisbatan million marta kam bolsada lekin u yer yuzasini ancha katta kuch bilan bosib turadi. Yer yuzasida 1 kubometr havoning ogirligi 1 kg 300 gr keladi. Havo Yer yuzasining har bir kvadrat metr joyiga tahminan 10 tonna (togrirogi 10333kg) kuch bilan bosadi. Inson badanining yuzasi orta hisobda 1,5 kvadrat metr keladi. Demak har bir kishini havo 15 tonna kuch bilan bosib turar ekan. Bunday ogirlik har qanday kishini ham majaklab tashar edi, biroq kishi organizmi ichidagi bosim atmosfera bosimiga tengdir. Shu sababli insonlarda ichki bosim bilan tashqi (atmosfera) bosimi goyoki muvozanat holatida boladi. Atmosferaning bosimi okean sathida orta hisobda 76 sm (760 mm) balandlikdagi simob ustunining bosimiga barobardir. Bu normal bosim deb qabul qilingan. Odatda bosim barometr deb atalgan asos bilan olchanadi. Barometr simob toldirilgan uzun shisha naychadan iborat bolib uning yuqori uchi qalaylab berkitilgan; pastki uchi simob toldirilgan idish ichiga tushirilib qoyiladi. Atmosfera bosimi tasiri ostida simob nay ichida kotarilib turadi. Uning kotarilish balandligi atmosfera bosimiga bogliq. Barometraneroid esa metall kutichadan iborat bolib uning ichidagi havo tortib olingan. Havo bosimi ozgarishi bilan kutichaning ustki qismiga tasir etadi buni kuticha ichida harakat qiladigan strelka tsiferblat ustida millimetrlar hisobida korsatib beradi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin