Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə168/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Maxsus parvarish - muayyan kasalliklar, ya’ni jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi.
Miopiya - ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`lishi yoki ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi oqibatida buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushishi tufayli, uzoqdagi buyumlarni yaxshi ko‘ra olmaslik.
Monogen nasl kasalliklari – bolaning chaqaloqlik davridayoq namoyon bo`ladigan galaktozemiya, fenilketonuriya, gemofiliya, albinizm, daltonizm va boshqa irsiy kasalliklar.
Muzli xaltacha - qon oqayotganda, shikastlanishning boshlang‘ich davrida, to`qima orasiga qon quyilishini oldini olish uchun, tana harorati yuqori bo‘lganda qo‘llanadi.
Nafas olish - dam tashqi muhitdan kislorodga boy havoni o`pkasiga qabul qilib, karbonat angidrid gazi bilan to`yingan havoni o`pkasidan chiqarib turishi.
Nefrit - buyrak to‘qimasining yallig‘lanish kasalligi.
Nevrosteniya nevrozi - ko`pincha o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqib, injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.
O`tkir appenditsit – ko`richakning chuvalchangsimon o`simtasini yallig`lanishi tufayli vujudga keladigan o`tkir jarrohlik kasallikdir.
O’pka shishiqon tomirlari devori orqali qonning suyuq qismi sizib o‘tishi tufayli o`pka shishadi.
O’pkadan qon ketishi – ko‘krak qafasi devori va o‘pka to‘qimasining jarohatlanishi, o‘pka silining kaverna (yemirilish) hosil qilgan turi, o‘pka raki, o‘pka abssessi va gangrenasi, bronxoektaziya kabi o‘pkaning og`ir kasalliklarining asorati tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat.
O’tkir enteritingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin