Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə170/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula.
Qon guruhlari - qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogеn A va B, plazmasi tarkibida agglyutinin α va β moddalarining bo’lish kombinatsiyasiga qarab, to’rt guruhga bo’linishi.
Qon ketishi - tashqi zarba ta’sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi.
Qon quyish - og’ir shikastlanganda va ko’p qon yo’qotilganda uzoq davom etadigan og’ir kasalliklarda bеmorni davolash uchun qon quyish kеrak bo’ladi.
Qorin tifi - ingichka ichak shilliq pardasining yallig`lanishi va yaralar hosil bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Quturish - bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir.
Raxit - organizmda vitamin “D” yetishmasligi tufayli kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Rinit – (tumovlash) burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar:
Rеzus omil (Rh) -qonning eritrotsitlarida agglyutinogеn A va B dan tashqari, yana bir modda bo’lib, 85 % odamlar qonida bo’ladi va ular rеzus musbat qonli (Rh+) dеb ataladi,15 % odamlarning qonida bu omil bo’lmaydi va ular rеzus manfiy, (Rh-) qonli odam dеb ataladi.
Salmonellyoz - qusish, ich ketish bilan kechadigan yuqumli ichak kasalligidir.
Sanitariya - gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya'ni bajarilishini nazorat qiladi.
Sepsis - tana haroratining besh kundan ko'p muddat dayomida 40° va undan yuqori bo'lishi, uzoq vaqt davom etayotgan pnevmoniya, angina, terida yiringli yaralarning paydo bo`lishi, organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan xavfli yuqumli kasallikr
Shershevskiy – Terner sindromi – ayollarda uchraydigan irsiy kasallik.
Shok - markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin