Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə52/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Qorin tifi - ingichka ichak shilliq pardasining yallig`lanishi va yaralar hosil bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Ichburug` - yo'g'on ichakning pastki qismi shilliq qavatining yallig'lanishi, yaralar hosil bo`lishi bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Salmonellyoz - qusish, ich ketish bilan kechadigan yuqumli ichak kasalligidir.
Ovqatdan zaharlanish - stafilakokk, enterakokk, protey kabi mikroblar bilan zararlangan va kimyoviy moddalar bilan zaharlangan taomlarni iste'mol qilish tufayli qusish va ich ketish bilan kechadigan kasalliklar.
Botulizm - botulin mikrobi bilan zararlangan konserva, kolbasa, pishloq mahsulotlarini iste`mol qilish tufayli organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Yuqumli gepatit - jigar to`qimasining yallig`lanishi, jigarda ishlab chiqariladigan o`t suyuqligi tarkibidagi bilirubin moddasining qonga o'tishi tufayli terining sarg'ayishi va organizmining intoksikatsiyasi bilan kechadigan yuqumli kasallik.
1.Yuqumli kasalliklar. Infeksiya. Endemiya, epidemiya, pandemiya. Immunitet
Odam organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasallik deyiladi.
Yuqumli kasalliklarning turi juda ko'p bo'lib, ularning har birini maxsus mikroblar (bakteriyalar), viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar, zamburug`lar va boshqa mikroorganizmlar qo`zg'atadi.
Yuqumli kasallikni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikroorganizmlarning hammasini birlashtirgan holda infeksiya deyiladi. Shu bois, yuqumli kasallikning ikkinchi nomi infeksiyon kasallikdir.
Infeksiyon kasalliklarni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikrob (bakteriya) larning 1000 dan ortiq, viruslarning 200 dan ortiq turlari borligi aniqlangan.
lnfeksiyaning tarqalish yo`llari. Yuqumli kasalliklarni qo`zg`atadigan infeksiyon agentlar (mikrob, virus zamburug`, rekketsiya, spiroxeta, plazmodiy va boshqalar) quyidagi yo`llar orqali odamga yuqadi:

  • zararlangan havo (nafas a'zolari) orqali: gripp, sil, bo'g`ma, qizamiq, nizomiq va boshqa kasalliklar;

  • zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo`l bilan ta'omlarni iste'mol qilish orqali: qorin tifi, salmonellyoz, ichburug` (dizenteriya), yuqumli gepatitni "A" turi, gijja tuxumlari yuqadi;

  • odam tanasi jarohatlanganda, ya'ni teri kesilganda, qirilganda, kuyganida havo, suv, tuproqdagi, zararlangan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga kirish tufayli qoqshol, saramas, kuydirgi kasalliklari yuqadi;

  • jinsiy yo`l orqali OIV, zaxm, so`zak kasalliklari yuqadi;

  • kasallik yashirin kechayotgan bemor odamdan olingan qon yoki uning zardobi davolash maqsadida boshqa odamga quyilganda (OIV, gepatit B,C turlari) yuqadi;

- bir bemorga ishlatilib chala sterillangan yoki umuman sterillanmagan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblar, sartaroshlik asboblarini boshqa odamga ishlatish tufayli OIV, gepatit B,C va boshqa kasalliklar yuqadi;
- kasallangan hayvon va parranda mahsulotlarini yaxshi pishirmasdan iste'mol qilganda (go'sht, tuxum, sut kabilar) brutsellyoz, exinakokk, kuydirgi va boshqa kasalliklar yuqadi;
-kasallangan hashoratlar (bit, burga, kana, chivin kabilar) chaqqanda tepkili terlama, bezgak, gemorragik isitmalar va boshqa kasalliklar yuqadi;
- kasallangan mushuk, it, qoramol kabilarni ehtiyotsizlik bilan parvarish qilganda (zamburug'lar qo'zg'atadigan trixofitiya, mikrosporiya, parsha va boshqa kasalliklar) yuqadi;
- quturgan it, mushuk, qoramol, sichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilar tishlaganda, tindalaganda quturish kasalligi yuqadi.
Infeksiya tarqalishining oldini olishda amaliy analizlarining ahamiyati.
Ayrim odamlarga qandaydir yuqumli kasallikning mikrobi, virusi va boshqa infeksion agentlar yuqqanida u kasallanmasligi mumkin, yoki o`zi sezmagan holda kasallikning yengil shaklini o'tkazadi. Kasallik belgilari yuzaga kelmagani uchun, u odam davolanmaydi. Ammo, tomog`ida, ichaklarida, o`t haltasida, o'pkasida, qonida mikrob yoki virusni tashib yuradi va o'zi sezmagan holda, uzoq muddat davomida boshqa odamlarga infeksiyani yuqtiradi. Bunday holat ko'pincha gepatitning B, C turlarida, ich terlama, ichburug', sil, gijja, OIV va boshqa yuqumli kasalliklarda uchraydi.
Mikrob tashib yuruvchi bunday sog' odamlar bakteriya (virus) tashuvchi deyiladi. Ular yuqumli kasalliklarning tarqalishida, ya'ni epidemiologik jarayonda katta rol o'ynaydi. Shu sababli, hamma odamlar ishga qabul qilinishida, o'qishga kiruvchi abituriyentlar, o'quvchilar, bog'chaga qabul qilinuvchi bolalar tibbiy ko`rikdan o'tkaziladi.Tibbiy ko'rikda mikrob (virus) tashib yuruvchi odam aniqlansa, u davolangandan keyingina ishga, o'qishga, bolalar bog'chasiga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin