Qayd raqami


INFEKSIYANING TARQALISH YO’LLARI VA ULARNI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə51/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

INFEKSIYANING TARQALISH YO’LLARI VA ULARNI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI. IMMUNITET. ICHAK INFEKSIYALARI.


Reja:
1.Yuqumli kasalliklar. Infeksiya. Endemiya, epidemiya, pandemiya. Immunitet
2.Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya. Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya
3.Qorin tifi. Ichburug`
4.Salmonellyoz. Ovqatdan zaharlanish.
5.Botulizm
6.Yuqumli gepatit


Tayanch iboralar


Yuqumli kasalliklar -Odam organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasallik deyiladi.
Infeksiya - yuqumli kasallikni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar.
Endemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning ma'lum bir chegaralangan hududda, ya'ni ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi.
Epidemiya - qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning o'zida tarqalishi.
Pandemiya - qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi.
Immunitet - odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya'ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Dezinfeksiya - mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish.
Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashish.
Deratizatsiya - kemiruvchilarga qarshi kurashish tadbiri.
Gigiyena - yunoncha "gigiyeya"-"sog`liq haqya etaman" demakdir.
Sanitariya - gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya'ni bajarilishini nazorat qiladi.
Epidemiologiya - yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, ayrim hududlarning aholisi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o'rganadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin