Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə59/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Virusning B turi har 3-6 yilda,kam hollarda, har 2-3 yilda epidemiya sifatida bir nechta mamlakatlarda tarqalib 2,5-3 oy davom etadi, shu davrda mazkur mamlakatlarning 20-25 foiz aholisi kasallanadi.
Virusning C turi vaqti-vaqti bilan ba'zi mamlakatlarning chegaralangan hududlaridagina qisqa muddatga tarqaladi. Bunda aholining oz qismi kasallanadi.
Gripp virusi sovuq sharoitda tez ko`payadi.Shu sababli grippning aholi orasida tarqalishi va epidemiyani vujudga keltirishi asosan kuz-qish fasllarida kuzatiladi. Epidemiyalar o'rtasidagi davrda viruslar butunlay yo'qolib ketmaydi, balki kuchsizlangan holda odam, hayvonlar, qushlar organizmida saqlanib, vaqti-vaqti bilan chegaralangan hudud aholisi o'rtasida grippning sporodik (yakka-yarim) tarqalishini yuzaga keltirib turadi. Bunda virus asosan turli sabablarga ko'ra organizmi zaiflashgan odamlarda, bolalar va keksalarda kasallikni yuzaga keltiradi.
Gripp virusi sog' odamga bemor yo'talganda, aksirganda havo-nafas yo'li orqali, bemorning qo'li, sochig'i, idish-tovoqlari va boshqa buyumlari orqali yuqadi.
Grippning belgilari virus yuqqanidan keyin bir necha soatdan, 1-2 kun davomida, kasallikning yashirin davri o'tgach vujudga kela boshlaydi: tana harorati +38-40 darajagacha ko'tariladi.Bemor varaja qiladi, yuzi, ko'zlari qizaradi, boshi og`riydi. Tananing hamma muskullari, qo'1-oyoqlar, bel zirqirab og'riydi. Umumiy darmonsizlik, ko'p terlash, ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Grippning og'ir turida tana harorati +39-41 darajagacha ko'tariladi. Keksalarda nafas olish, yurak ishi qiyinlashadi, hansiraydi, arterial qon bosimi pasayadi, bemorning lablari, barmoqlari ko'karadi, ko`ngli ayniydi, qusadi.Yosh bolalarda tana harorati +39 darajadan oshganda lablarining pirpirashi, qo'l-oyoqlarning qaltirashi, umumiy tirishish holati yuzaga kelishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Bemor uyida alohida xonaga yotqiziladi. Buning iloji bo'lmasa, xonaning bir tomoni choyshab (shirma) bilan to'siladi. Mahalliy vrach taklif etiladi va uning maslahati bo'yicha davolash-parvarish tadbirlari amalga oshirilishi lozim. Bemor 6-10 kun ko'rpa-to'shakda yotishi kerak. Shu muddatga u ishdan, maktab va bog'chadan ozod etiladi.
2.Bemorni parvarish qiluvchi shaxs og'iz-burniga 4 qavatli dokadan tikilgan bog'ich (maska) tutadi. Xonaning eshik dastalariga 4 qavatli doka o'rab, u 0,5 foizli xloramin eritmasi bilan kuniga 3 marta namlab turiladi. Har 2 soatda derazani ochib, xona havosi yangilanadi, uning harorati +22 -24 darajadan past bo'lmasligi kerak. Xona burchaklariga kosalarga piyozni yupqa to'g'rab qo`yilsa, undan ajraladigan fitonsid moddasi bemorning nafas a'zolaridan ajraladigan viruslarni zararsizlantiradi. Kuniga 2-3 marta isiriq tutatish ham viruslarni zararsizlantiradi.
3.Virusning toksinini (zaxarini) organizmdan tezroq chiqarib yuborish uchun qaynoq choyga asal (qiyom, shakar) eritib, limon solib, oz-oz, tez-tez, kun davomida iloji boricha ko`p miqdorda iste'mol qilish. Shuningdek, meva suvi, sabzi va lavlagi sharbati foydalidir.
4.Parhez taomlardan ma'quli oshqovoq, sabzi, sholg'om solib tayyorlangan tovuq sho`rvadir. U yetarli energiyaga ega bo'lishi bilan birga, qaynoq tovuq sho`rva burun bo'shlig'ida to`planib qolgan shilimshiq suyuqlikni tashqariga ajralishini yaxshilab, tumovni bartaraf etadi. Nafas olishni osonlashtiradi.
5.Panadol 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta, 3-4 kun. Bolalarga suspenziya shaklida.
6.Koldreks 1-2 tabletkadan kuniga 4 marta. Bolalarga yoshiga qarab.
7.Bosh og'rig'i, tomoq, qo'1-oyoq va tanadagi og'riqlarni yo'qotishda, tumovga barham berishda qizil qalampir yaxshi foyda beradi.Bir stakan qaynoq choyga chorak choy qoshiq maydalangan qizil qalampirni aralashtirib, choy qaynoq holda iste'mol qilinadi.
8.Tana haroratini tushirishda paratsetamol tabletkasi yaxshi yordam beradi. Harorat 39° C va undan yuqori bo'lganda analgin 1-2 ml, dimedrol 1 ml birga qo'shib muskul orasiga yuboriladi. Shuningdek, ovqatga ishlatiladigan kuchsiz sirka (uksus) ga teng miqdorda 70 % lik spirt yoki aroq aralashtirib, iliq holda badanga surtiladi.
9. Interferon - ampuladagi poroshok 2 ml qaynagan iliq suv quyib eritiladi. Burunning ikki tomoniga 5 tomchidan, bolalarga 2-3 tomchi kuniga 5 marta 2-3 kun davomida tomiziladi.
10.Grippning oldini olishda emlash (vaksinatsiya qilish) ning ahamiyati beqiyosdir. Birinchi navbatda bolalar, keksalar, homilador ayollar, sog`lig'i ojiz odamlar emlanishlari lozim.
11.Virusga qarshi dorilardan remantadin tabletka 0,05 (2 tab. kuniga 3 marta, 3 kun). Oila a'zolariga virus yuqishning oldini olish uchun 1 tabletka kuniga 1 marta, 5 kun.
12.Burun bitishi (tumov) da 1 foizli mentol moyi burunga tomiziladi. Galazolin-tomchi, shuningdek, yangi tayyorlangan lavlagi suvi,Aloe suvi-tomchi, Oksalin mazi-burun ichiga surtiladi, Efedrin-2-3 % , yosh bolalarga-1% -2 tomchi burunga tomiziladi.
13. Balg'am ajralishini osonlashtirish uchun balg'am ko'chiruvchi miksturalar, bromgeksin tabletkasi, pertussin.
14. Uyqu buzilishi, bezovtalanishda valeriana - 20 tomchi.
15. Antigrippin - poroshokdan kuniga 2 marta (tarkibida analgin, dimedrol, askorbin kislota, rutin).
16. E, A, C, B1, B2, RR vitaminlari organizmning immunitet (himoya) xususiyatini oshiradi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin