Qayd raqami


Nafas olish va qon infeksiyalari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə58/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Nafas olish va qon infeksiyalari.


Reja:
1.Gripp.
2.O`tkir respirator virusli kasalliklar
3.Gripp
4.Tepkili terlama
5.Sepsis
Tayanch iboralar


Gripp - varaja qilish, yuz, ko'zlar qizarishi, bosh og`rishi, tananing hamma muskullari, qo'1-oyoqlar, bel zirqirab og'rishi, umumiy darmonsizlik, ko'p terlash, ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladigan yuqumli kasallik.
Sil - nafas yo`llari orqali kirib, o'pkaning limfa tugunlari va shu joydagi o'pka to'qimasini yallig'lantirib, surunkali davom etadigan yuqimli kasallik.
Tepkili terlama - tana haroratining ko'tarilishi, terida qizil toshmalarning paydo bo`lishi, miya to'qimasi, yurak muskuli va boshqa hayotiy muhim a'zolarining zararlanishi bilan og'ir kechadigan yuqumli kasallik.
Sepsis - tana haroratining besh kundan ko'p muddat dayomida 40° va undan yuqori bo'lishi, uzoq vaqt davom etayotgan pnevmoniya, angina, terida yiringli yaralarning paydo bo`lishi, organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan xavfli yuqumli kasallikr.
Gripp. Tabiatda viruslarnnng 200 dan ortiq turi aniqlangan bo`lib, ularning ko'pchiligi odamda, hayvonlarda, parrandalarda turli xil yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadi. Gripp va o'tkir respirator virusli kasalliklar odamda uchraydigan hamma yuqumli kasalliklarning deyarli 50 foizini, yosh bolalarda esa bundan ham ko'prog`ini tashkil etadi. Keyingi uch-to'rt yil davomida bu guruh virusli kasalliklar qatoriga oldin ma'lum bo`lmagan atipik pnevmoniya, parranda va cho`chqa grippi ham qo'shildi.
O`tkir respirator virusli kasalliklar aholi o'rtasida tez tarqalish xususiyatiga ega bo'lib, sanoqli kunlar ichida minglab odamlarni kasallantiradi. Yosh bolalar hamda organizmi kuchsizlangan keksalarda kasallik og'ir o'tadi va hayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Shu bois, keyingi yillarda bu infeksiyalardan saqlanish, ularning oldini olish va zaruriyat taqoza qilganida birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish masalasi, nafaqat sog`liqni saqlash sohasi xodimlari uchun, balki hamma aholi uchun muhim vazifaga aylandi.
O`zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, respublika sanitariya epidemiologiya nazorat markazining gripp, o'tkir respirator virusli kasalliklar, atipik pnevmoniya, parranda va cho`chqa grippining oldini olishga qaratilgan tadbirlarini kuchaytirish to'g`risidagi Respublika Davlat Bosh sanitariya vrachining 2007-yil 31-iyuldagi 15-sonli qarorida aholi o`rtasida virusli respirator kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va tushuntirish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Epidemik gripp deb nom olgan odatdagi (mavsumiy) gripp virusining A, B, C turlari bo`lib, "A" turi qo'zgatadigan gripp epidemiyasi va pandemiyasi har 1-2-3 yilda takrorlanib, 1-1,5 oy davom etadi, shu davrda ko'plab mamlakatlarning 20-50 foizgacha aholisida kasallikni yuzaga keltiradi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin