Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə90/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Qaltiroq (Tiki). Bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.
Sababi: Tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina, tish, gijja, revmatik xoreya va boshqa kasalliklarning asorati.
Belgilari: bola ko`zini ixtiyorsiz pirpiratadi, boshini qimirlatadi, burnini tortadi, qo`l-oyoqlari bilan tartibsiz harakatlar qiladi.Bola hayajonlanganda, charchaganda, unga qo`pol muomula qilinganda qaltiroq va tartibsiz harakatlar kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bolalar poliklinikasining psixo-nevrorolog, revmatolog, lor, stomatolog shifokorlari maslahati asosida davolash tadbirlari o`tkaziladi.
Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish.
1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish.
2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak.
3.Bolaning fe`l-atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona, murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy-pedagogik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.Bolani shikastlanishlardan saqlash.
5.Bolada gripp, angina, tish, quloq, gijja, xoreya, ichak va boshqa kasalliklarning belgilari sezilishi bilanoq mutaxassis shifokorlarga ko`rsatish va davolatish.
Ko‘rish a`zosi funksiyasi buzilishi.
Odamda ko`rish a`zosi funksiyasining turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan eng ko‘p uchraydigani yaqindan ko‘rish va uzoqdan ko‘rishdir.
Yaqindan ko‘rish (miopiya). Bunda odamning ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Bu holat ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Miopiya holati tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi.
Sababi. 1.Nasldan orttirilgan miopiya; 2.Hayotda orttirilgan miopiya.Buning sababi yorug‘lik kam joyda o‘qish, yozish va ko`rish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish, ko‘rish gigiyenasi qoidalariga amal qilmaslik. Ko‘z pardalari va nervlarining yallig`lanish kasalliklari, “A” vitamini “A” ning ovqat tarkibida uzoq vaqt davomida yetishmasligi.
Belgilari: Odam uzoqdagi buyumlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Shu bois ko`rish uchun ikkala ko`zini qisib qaraydi. O‘qish, yozish, rasm chizish, tikish va boshqa ishlarda ham ko`zini qisib qarashga majbur bo`ladi. Buning natijasida ko`zining ichida, boshining chakka, peshona sohalarida og‘riq paydo bo`ladi.
Miopiya 3 darajada bo‘lib, dioptriya ko‘rsatkichida o‘lchanadi.
Miopiyaning 1-darajasi yengil bo`lib, 1, 2, 3 DPT (dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi;
Miopiyaning 2-darajasi o‘rtacha bo`lib, 4,5,6 DPT (dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi;
Miopiyaning 3-darajasi kuchli bo`lib, 7 va undan yuqori DPT dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi.
Ko`zning ko`rish o`tkirligi Golovin jadvali yordamida aniqlanadi.Amaliy mashg`ulotda bajariladi.
Miyopiya yaqindan ko`rish (ko`rish o`tkirligini pasayishi) maktabgacha yoshdagi bolalarning 10 foizida, maktab yoshidagi bolalarning 20 foizida uchraydi.
Tibbiy yordam: 1.Vrach tavsiya qilgan bir tomoni qavariq (shishali) ko‘zoynakdan foydalanish.
2.Tarkibida A1,B2 vitaminlar bo‘lgan ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda qabul qilish (sut va sut mahsulotlari, baliq moyi, ikra, sariyog‘, tuxum sarig‘i, jigar, sabzi, o‘rik, no‘xat, loviya, qovoq), shuningdek vrach maslahatiga ko‘ra A, B2 vitaminlarini qabul qilish.
3.Ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarni bajarganda yorug`likning yetarli bo`lishi va ko‘rish gigiyenasi qoidalariga rioya qilish.
Oldini olish: Ko‘rish gigiyenasiga amal qilish:
- ish, o‘qish, yozish joylarida yorug‘lik yetarli (100 - 150 lyuks) bo‘lishini ta`minlash;
- yorug‘lik chap tomondan tushishiga e’tibor berish;
- stol ustidagi elektr lampasidan foydalanganda, uning usti soyabon bilan to‘sib qo`yiladi (chunki haddan tashqari kuchli yorug‘lik nuri ko‘zning to‘r pardasidagi retseptorlarni o‘ta qo‘zg‘atib, ko‘zning tez toliqib qolishiga sabab bo‘ladi);
- o‘qiganda, yozganda daftar va kitob ko‘zdan 35 - 40 sm masofada bo‘lishi kerak (bolalarda esa har bir bolaning o`zini 2 qarichiga teng bo`lishi kerak);
- o‘quv - yozuv, chizmachilik, tikish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganda har 15 minutdan keyin yarim - bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash kerak (ko‘z ichidagi bosim pasayib, ko‘z dam oladi);
- transportda o‘qimaslik;
- A va B2 vitaminga boy ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda iste’mol qilish;
- ko‘zni chiniqtirish - yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, merganlik kabi sport turlari bilan shug‘ullanib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin