Qayd raqami


Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya)



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə91/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya). Bunday bola va katta odam yaqindagi buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, uzoqdagi buyumlarni ko`radi.Chunki, uning ko`z soqqasi qisqaroq (yupqaroq, yapaloqroq) bo`lib, yaqindagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi.Uzoqdan ko`rguvchi odamlarning ba`zilarida esa ko`z gavhari do`ngligi (qalinligi) kamaygan bo`ladi.
Sababi: Bolalarda tug`ma bo`ladi. Ayrim keksa yoshdagi odamlarda hayot jarayonida yuzaga keladi.
Tibbiy yordam: 1.Bola ko`rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishi sezilgan zahoti oftalmolog shifokoriga murojaat qilish kerak.
2.Bunday bolaga ikki tomoni bo`rtgan (do`mboq) ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etiladi.
Daltonizm. Bu o`ziga xos funksional holat bo`lib, bola, shuningdek, katta odam ko`zining ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo`ladi.U qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi.Bu holat ko`zning ichki to`r pardasida joylashgan rang sezuvchi kolbachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta`sirida qo`zg`aladigan nervlarning bo`lmasligidir.
Sababi: Kasallik nasldan beriladi.Tibbiy yordamning iloji yo`q.
Maslahat. Bunday bola va katta odam transport boshqarishi, rassom bo`lishi mumkin emas. U transport serqatnov ko`chalarda piyodalab yurishi ham xatarlidir, ya`ni svetafordan o`tishida unga kimdir yordam berishi kerak bo`ladi. Chunki u svetoforning qizil, yashil ranglarni farqlay olmaydi.
Ko`z g`ilayligi. Tug`ma va orttirilgan turlarga bo`ladi.
Sababi: Tug`ma g`ilaylik onaning homiladorlik vaqtida uning va homilaning yuqumli virusli kasalliklar bilan kasallanishi, shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.
Orttirilgan funsional g`ilaylik – bolaning turli xil kasalliklar bilan og`rishi, bir tomonlama ko`krak emishi, beshikka har xil o`yinchoqlar osish sabab bo`ladi.
Belgilari. Ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning kerakli nuqtaga qarataolmaydi.
Tibbiy yordam: 1.Ko`z shifokori (oftolmolog) tavsiyasi bilan ko`zoynak taqadi.
2.Ko`zoynak taqish natijasida g`ilaylik bartaraf etilmasa, 2-3 yoshdan keyin operatsiya yo`li bilan davolanadi.
Konyunktivit – ko`z soqqasi va qovoqni biriktiruvchi shilliq parda (konyuktiva) ning yallig`lanishi.
Sababi: Gigiyena qoidalari buzilishi tufayli ko`zga mikroblar, viruslar tushishi, fizik va kimyoviy moddalar ta`siri, “A” vitamin yetishmovchiligi.
Belgilari: ko`z shilliq qavati qizaradi, og`riq, qadalish seziladi, ko`zdan yosh oqadi. Qovoqlar qichishadi, bemor yorug`likka qaray olmaydi, uyqudan uyg`onganda kipriklar bir-biriga yopishib qoladi.
Tibbiy yordam: interferon ampulasi 2 ml iliq suvda eritilib, 2 tomchidan 3-marta ko`zga tomiziladi, sulfatsil natriy (albutsid) 30%li 2 tomchidan 3 mahal tomiziladi.Florenal, yoki oksalin 0,25 % li malhamlari pastki qovoqqa 3 mahal qo`yiladi, yopishgan kipriklar furatsillin eritmasi (1:5000) bilan yoki qaynatilgan suvni sovutib yuviladi, tuzalguncha kitob o`qimaslik, yozmaslik, televizorga qaramaslik tavsiya qilinadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin