Qon guruhini aniqlash texnikasi



Yüklə 157,38 Kb.
səhifə7/7
tarix28.09.2023
ölçüsü157,38 Kb.
#150055
1   2   3   4   5   6   7
qon olish tehnikasi

III. Xulosa
Oramizda har bir inson umri davomida bir marta bo‘lsa ham kasalxonada qon tahlili topshirgan bo‘lishi aniq. Qon tahlili inson salomatligining ayni vaqtdagi holatini aniqlashdagi muhim va birlamchi omillardan sanaladi. Bu avvalo inson organizmidagi shakar darajasini aniqlash uchun ham kerak.
Mutaxassis qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan kichik tig‘ va bir nechta naychalarni ish jarayoniga xozirlaydi. Keyin esa shifokor nomsiz barmoqning uchini qattiq kuch bilan bosib turgan holatda undan qon olishga kirishadi va naychani kerakli miqdordagi qonga to‘ldirib oladi.
Yana bir necha daqiqadan keyin esa dahshatli daqiqalar ortda qoladi - barmog‘ingizdagi paxta bo‘lagini qattiq ushlab turgan bir vaqtda nima uchun tahlillarning aynan mana shu barmoqdan olinishi haqida o‘ylab qolasiz.
Aslini olganda, shifokorlarning aynan nomsiz barmoq borasidagi tanlovlari bejizga emas. Buning uchun kerakli ko‘rsatmalar ham, asosli sabablar ham yetarlicha. Ularning biri xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq.
Gap shundaki, inson tanasi va terisiga yetkazilgan harqanday zarar, jumladan igna yoki kichik tig‘ yordamida teshilgan joy ham zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tibbiyotdan yaxshi ma’lumki, insonning qo‘l va oyoqlari orqali tanaga tushgan infeksiya nisbatan juda tez tarqaladi.
Agar tanaga infeksiya tushib qoladigan bo‘lsa, uni aynan qo‘l yoki oyoqda, shunindek barmoqning o‘zidayoq rivojlanishdan to‘xtatish osonroq bo‘lar ekan.
kkinchi muhim sabab shundan iboratki, nomsiz barmoqdagi jarohatlar boshqalariga nisbatan tezroq tiklanadi.
Ushbu nozik jihat esa o‘z navbatida qon orqali zaharlanish ehtimolini avtomatik ravishda kamaytira oladi. Bundan tashqari, u inson qo‘llaridagi eng kam ishlaydigan barmoqdir, ushbu jihat ham jarohatning qayta tiklanishida kattagina ahamiyatga ega.
Qon guruhi I (0) bo’lgan shaxsda, qarama-qarshi jinsdagi juftining qon guruhidan qat’iy nazar, IV (AB) qon guruhiga ega farzand tug’ilishi mumkin emas. Huddi shu qoida IV (AB) qon guruhi bo’lgan ota onalarga ham tegishli, ularning farzandlarining qon guruhi I(0) bo’lmaydi. Lekin juda kam hollarda bu ham istisno bo’lishi mumkin, agar A va B genlar h-gen tomonidan bostirilsa (ehtimol boshqa genlar tomonidan), bu holat Bombey fenomeni deb ataladi.
Nasl surish qoidasi orqali ota-onasining qon guruhlari II (A0) va III (B0) bo’lgan bolalarning qon guruhini oldindan aytish eng qiyin hisoblanadi. Ularning farzandlarida har to’rtta qon guruhidan bittasi bo’lishi mumkin.
Jadvalda ko’rsatilgan qon guruhining naslga o’tishi ehtimollik darajasi elementar kombinatorial hisobdan olingan.Rezus omil naslga retsessiv-dominant tip orqali o’tadi. Musbat rezus dominant xususiyatdir, manfiy esa retsessiv.
Rh+ fenotipi gomozigota va geterozigota genotiplarida (++ yoki + -) o’zini ko’rsatadigan bo’lsa, Rh- fenotip faqat gomozigota genotipida (—) namoyon bo’ladi.Rh- va Rh- juftlardan faqatgina Rh- ga ega farzand dunyoga keladi. Rh+ va Rh- juftliklar, shuningdek, Rh+ va Rh+ juftliklardan ota-onaning genotipiga qarab, Rh+ yoki Rh- li farzand yoki faqatgina Rh+ li farzand dunyoga kelishi mumkin.

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. O.A. Rukavish 2017

2. Umumiy Xirurgiya kanspekt amaliy mashg’ulot 2021

3. Gematologiya Abdulqodirov K.M.

4. Stuklov N. 2018



5. Oripov , Karimov- Umumiy Xirurgiya 2008

6. mt.sammu.uz
Yüklə 157,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin