Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Jismoniy kuch ishlatish



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
O

29-modda. Jismoniy kuch ishlatish 
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Milliy gvardiya harbiy 
xizmatchilarining (xodimlarining) zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning 
bajarilishini ta’minlamasa, ular quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma 
(guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang 
usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi: 
jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda; 
jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etishda gumon 
qilinayotgan shaxslarni ushlashda va olib borishda; 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga 
qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda 
maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham 
jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega. 
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari 
ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan 
voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan 
ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya 
harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda 
tahdid etib, hujum qilinganligi hollari mustasno. 
30-modda. Maxsus vositalarni qo‘llash 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) maxsus vositalarni: 
fuqaroga yoki Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) 
qilingan hujumni qaytarishda; 
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka barham berishda; 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qarshilik 
ko‘rsatilishiga barham berishda; 
jinoyatni sodir etishi chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol 
ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda; 
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda; 
ushlab turilgan shaxslarni olib borish va qo‘riqlashda, shuningdek 
qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf 
etish maqsadida; 
zo‘ravonlik ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, 
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod 
qilishda; 
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi 
ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarga 
chek qo‘yishda; 
haydovchisi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) 
to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda; 


17 
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir 
etgan shaxslarni aniqlashda; 
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayrihuquqiy xatti-
harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib 
qo‘yishda qo‘llash huquqiga ega. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi maxsus 
vositalarni: 
a) rezina tayoqlarni, shikastlantiruvchi qurolni, qo‘lkishanlarni yoki 
boshqa bog‘lash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, ta’sirlantirish 
xususiyatiga ega bo‘lgan vositalarni, xizmat hayvonlarini quyidagi hollarda: 
fuqaroga yoki Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) 
qilingan hujumni qaytarishda; 
jinoyatga barham berishda; 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qarshilik 
ko‘rsatilishiga barham berishda; 
jinoyatni sodir etishi chog‘ida ko‘rib qolingan yoki uni sodir etganidan 
keyin darhol yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda; 
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda; 
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, 
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod 
qilishda; 
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda; 
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining 
harakatlanishini to‘sishda; 
b) maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar, muhofaza 
qilinadigan obyektlarni (hududlarni) va shaxslarni himoya qilish, 
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining 
harakatlanishini to‘sish vositalarini quyidagi hollarda: 
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda; 
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining 
harakatlanishini to‘sishda; 
v) chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalarini quyidagi 
hollarda: 
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, 
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod 
qilishda; 
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda; 
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining 
harakatlanishini to‘sishda; 
g) zirhli mashinalar, maxsus mashinalar, suv bilan zarba beruvchi 
mashinalar va katerlarni quyidagi hollarda: 
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda; 
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, 
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod 
qilishda; 


18 
davlat hokimiyati va huquq-tartibot organlari vakillariga nisbatan kuch 
ishlatish bilan bog‘liq ommaviy tartibsizliklarga hamda ruxsat etilmagan 
mitinglarga chek qo‘yishda qo‘llash huquqiga ega. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda 
o‘qotar qurolni qo‘llash ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni 
qo‘llash huquqiga ega. 
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari 
ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum 
bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni, shu jumladan 
shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli 
qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy 
xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, 
guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. 
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy 
a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, 
bundan odam qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy 
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga 
haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. 
Milliy gvardiya ta’minotida turgan maxsus vositalarning ro‘yxati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin