2. Koinot va galaktika tushunchalari.
Galaktika (yunoncha: Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 milliarddan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Gallaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo.y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxminan 2–1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. Gallaktikaning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (Gallaktika ekvatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel XVIII asrda gallaktikani izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va gallaktikaning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda gallaktikaga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida va Oʻzbekiston Milliy universiteti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.
Gallaktika massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi gallaktikaning oʻzagida boʻlib, gallaktika uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. Gallaktikaning aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shimoliy qutbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, janubiy qutbi esa Haykaltarosh yulduz turkumida joylashgan. Gallaktika oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610"m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi Gallaktikaning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22–1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa G.miz oʻrtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.
Gallaktikaning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. G. tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. Gallaktikamizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. Gallaktika tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa G. asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obʼyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida. joylashib, G.ning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obʼyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning G. spiral galaktika-lar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, G.ning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning G. simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi G.miz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obʼyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obʼyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obʼyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil G.miz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.
G. markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. G. markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. G.miz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.
Galaktika yulduzlar, yulduz qoldiqlari, yulduzlararo gaz-chang va qora moddadan iborat katta, gravitatsiya bilan bogʻlangan tizimdir.[2] „Galaktika“ soʻzi yunoncha galaksias (grekcha: γαλαξίας) dan olingan boʻlib, „sutli“, degan maʼnoni bildiradi (Somon Yoʻlining toʻkilgan sutga oʻxshashidan). Galaktikalar turli xil: yulduzlari soni 10 milliondan (107)[3] oshmaydigan mitti galaktikalardan to yuzlab trillion (1014) yulduzlarga ega bahaybat galaktikalargacha maʼlum.
Galaktikalarda turli miqdorda yulduz tizimlari, klasterlari va yulduzlararo bulut topiladi. Ushbu jismlar orasida siyrak gaz-chang va kosmik nurlar boʻladi. Qora modda aksariyat galaktikalarning massasining 90 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Kuzatuvlar shuningdek deyarli barcha galaktikalar markazida oʻta katta qora tuynuklar borligidan dalolat bermoqda. Somon Yoʻli markazida kamida bitta shunday jism mavjud.
Galaktikalar tarixan ularning shakliga binoan turkumlarga ajratilgan. Keng tarqalgan shakl elliptik galaktikadir, uning profili ellipsni eslatadi. Spiral galaktikalar esa spiralsimon disk shaklidadir. Noaniq yoki gʻayrioddiy shakllilar notoʻgʻri galaktika deyiladi, bunday shaklga ular qoʻshni galaktikalar taʼsiri tufayli kelgan.
Kuzatiladigan olamda 170 milliarddan (1,7 × 1011) ortiq galaktika mavjud. Aksariyat galaktikalar diametri 1 000 - 100 000 parsek va bir-biridan millionlab parsek (megaparsek) uzoqlida joylashgan. Galaktikalararo fazo juda siyrak gazdan (~1 atom/m3) iborat. Koʻpchilik galaktikalar galaktika guruhlariga yigʻilgan, ular esa oʻz navbatida superklasterlarga toʻplangan. Eng katta miqyosda galaktikalar iplarga jamlangan va nihoyatda keng boʻshliq bilan oʻralgandir.
Galaktika ichida ekanligimiz va olamda boshqa galaktikalar ham borligini tushunib yetish tungi osmondagi Somon Yoʻli va boshqa tumanliklarga aloqador kashfiyotlar bilan parallel kechgan.
Koinot — fazo, olamning astronomik taʼrifi; koʻpincha fazoviy apparatlar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va sayyoralararo stansiyalar orqali oʻrganiladigan yaqin koinot nazarda tutiladi. Bugungi kunda koinotning sarhadlari toʻla toʻkis oʻrganila olingan emas. Koinotdagi borliqning asosini vodorod tashkil etadi. Vodorodning turli omillar natijasida qayta ishlanishi (yuqori harorat va gravitatsiya (tortishish kuchi)) natijasida turli koʻrinishdagi galaktikalar va ularning tarkibida yulduz (quyosh sistemalari) vujudga keladi. Koinotning qariyb ~85 foiz massasi qora teshiklar va Ulkan qora teshiklarga toʻgʻri keladi.
Koinot — makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda koinot deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi koinot hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va boshqalarning ishlari koinot haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning koinotdagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. XIX asrda rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va boshqa olimlar koinotni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻddi. Faqat XX asrning 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obʼyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi. Koinotni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga olib keldi. Mas, Yer, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yuldoshlarishn foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik — tabiiy muhit, yer resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik va boshqa masalalarni oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi — Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obʼyektlarni kuzatish imkonini beradi. 1963-yilda kashf qilingan kvazarlar bundan ham uzoqda joylashgan. Koinotning oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi.
Koinotdagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq koinotda oʻta zich tabiatli ("qora oʻra"), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obʼyektlar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi faol galaktikalar).
Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil etadi.
Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari hamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin — millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin.
Ilgari koinotdagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va boshqalar) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion linzalar kashf qilindi. Koinot massasining asosiy qismi galaktikada toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |