Qurilish iqtisodiyoti


Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 326 Kb.
səhifə9/18
tarix02.12.2023
ölçüsü326 Kb.
#171289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1-мавзу маъруза

Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning rivojlanish istiqbollari

Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilari sifatida odatda bajaradigan vazifalariga ko`ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar ishtirok etadilar.
Sarmoyador(investor) - obyekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag`lar hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti. Investor investitsiya natijalarini tasarruf qilishga to`liq yuridik huquqlarga ega.
Amalda biz ko`pincha quyida ko`rsatilgan ikki turdagi sarmoyadorni ko`rishimiz mumkin:
Birinchi turdagisi biznesni yaratish va rivojlantirishda manfaatdor bo`lgan ta`sischi va hamkorlar. Ular biznesga muhim masalalar yuzasidan ovoz berish yoki uni bevosita boshqarish orqali ta`sir qilishni xohlashadi. Bular amaliy hamkorlardir (lekin ular faol bo`lmasligi ham mumkin). Bunday hamkorlar uchun an`anaviy mushoraka shartnomasi mos keladi. Bunda ular korxona (biznes) ta`sischilari sifatida biror bir mamlakatning qonunchiligi doirasida faoliyat olib borishlari mumkin.
Ikkinchi turdagilari, bo`sh (erkin) mablag`lari bo`lganligi, hamda taklif qilinayotgan biznes loyihaning daromadlilik darajasi ularni qoniqtirgani uchun ma`lum muddatga (ya`ni vaqtincha) mablag` kirituvchi sarmoyadorlardir. Odatda bunday sarmoyadorlar biznes faoliyatga aralashishmaydi, ularni asosan muntazam ravishda to`lab turiladigan foydadagi ulush (dividendlar) qiziqtiradi. Ko`pincha biznes faoliyat uchun aylanma mablag` kerak bo`ladi, shuning uchun tadbirkorlar shu turdagi sarmoyadorlarning mablag`larini ma`lum muddatga jalb qilishni istashadi. Aynan shu turdagi investitsiyalar uchun mudoraba shartnomasi juda qo`l keladi, chunki bunda, sarmoyador bilan ma`lum bir muddatga kelishiladi va shu investitsiya muddati tugashi bilan u biznesdan chiqib ketaveradi (yoki yangi kelishuvga asosan biznes hamkorlikni davom ettiraveradi).
Shuningdek, u investitsiyalarni (kapital qo`yilmalarni) jalb qilish shaklini belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni ishtirokchilari bilan bo`ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga oshiradi. Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, xaridori bo`lishi, shuningdek, bevosita quruvchi funksiyasini bajaradi.

Yüklə 326 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin