Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchiva kesimvazifalarida keladi:
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchiva kesimvazifalarida keladi:
__Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.).
__Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).
Payt ravishi.
Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi.
Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.
Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.).