investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib
turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya
va amaliyotda keng tarqalib
ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi mazkur
atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha
loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim
ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega
bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda mazkur
sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar:
yalpi ichki mahsulot, daromad, foyda,
iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning oshishi va shu
kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi barcha holatlar
uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni
baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida,
loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli
tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga
erishishga qaratilgan
boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi.
Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish mumkin:
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar (maqsad) bilan
bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim vazifa (“Loyihalarni
boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir, masalan,
katta korxona (tolkoviy slovar Webster).
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va mexanizmlar
ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni
sifatida qaratilish
mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: