Loyihaning nomi: Salomatlik aksiyasi Loyihaning maqsadi



Yüklə 3,46 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#157989
calomatlik makola


O`zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Navoiy shahri 16-AFCHO`IM ning 8-“D” sinf o`quvchisi Qo`chqorova Azizaning odam umrini uzaytirish maktab davridan gerentologiya fanini rivojlantirishga yo`naltirilgan
’’Salomatlik aksiyasi” loyihasi

Loyihaning nomi: Salomatlik aksiyasi
Loyihaning maqsadi:
-O `quvchi yoshlarni kelajakka ishonch hamda kasbiy ko`nikmalarni shakllantirish;
-Hozirgi vaqtda inson salomatligini saqlash va ularning umri davomiyligini uzaytirish;
- Gerentologiya fanini maktab davridan boshlab rivojlantirishga o`z hissamizni qo`shish;

Loyihaning shiori:Kelajakda har tomonlama komillik sari intilish va inson salomatligini saqlashda faol bo`lish;
Loyihaning tayorlash rejasi:
1.Ustozimizdan salomatlik saqlash inson umrini uzaytirishga doir bilimlarni o`zlashtirish.

2.Buning uchun darsdan bo`sh vaqtlarimizni to`g`ri tashkil etish;
3.Loyiha uchun guruhimiz o`quvchilari bilan birga kerakli jihozlarni tanlash hamda ota-onalarimizdan yordam olish;


4.Loyihaning kundalik daftarini tashkil etish hamda ustozlarimizning qon bosimlarini nazorat qilib borish orqali ularning salomatliklarini nazorat qilib, tavsiyalar berish;

“Salomatli aksiyasi” loyihasi haqida:
Loyihaning nomi: Salomatlik aksiyasi
Bugungi kunda inson salomatligini saqlash muhim chunki,sog`lom odamda sog`lom fikr bo`lib,jamiyatda o`z o`rnini topadi va shu jamiyat rivoji uchun o`z hissasini qo`sha oladi.
Men ham tabiiy fanga yo`naltirilgan sinfda tahsil olaman.Ustozimiz Samadova Maqsuda bizni kasbga yo`llash odam salomatligini saqlash bo`yicha juda ko`p yo`nalishlar borligidan ogoh etib keladilar.Ayniqsa odam salomatligi va umr davomiyligini uzaytirish juda muhim va biz uchun qiziqarli.
Biz maktabimizda ustozimiz bilan “Salomatlik aksiyasi”ni o`tkaza boshladik.
Loyiha maktablarda va bog`chalarda hamda boshqa korxonalardalarda turli yo`nalishlarda olib borilishi mumkin.
Buning uchun shu korxonalar va maktablarda ishchi xodimlar va ustozlarning salomatligiga va yurtimiz kelajagiga befarq bo`lmagan hamda Vatanni jon dildan sevuvchi va uning kelajagi ravnaqi sog`lom insonlar faoliyatida nomoyon bo`lishini anglovchi insonlarni qamrab olib,atrofdagi kishilarning og`ir holatlarga olib keluvchi kishi umrini qisqarishiga sabab bo`luvchi omillardan ogoh etadilar.
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi inson uchun uning baxtli hayot kechirishi uchun ekan,bu sayi harakatlarning barchsi sog`lom teran fikrda bo`lgan insonlar mehnati orqali amalga oshadi.Bas, shunday ekan biz yoshlar, kelajakdagi kasbiy ko`nikmalarmizni maktabdan boshlasak,ozgina bo`lsa ham jamiyat taraqqiyotiga hissa qo`shsak kelajakda ham o`z kasbimizni ustasi,nafaqat yurtimizga butun dunyo xalqlarining salomatligi yo`lida xizmat qiluvchi insonlar bo`lib yetishamiz deb ishonaman.
Loyihamizni maktabimizda boshlab yobordik va kundalik daftar tashkil etdik navbatchi o quvchilar ustozlar hamda ishchi xizmatchilarni qon bosimlarni o`lchaydi hamda doimiy va favqulotdagi bosimni yozib boradi.
Har necha kunda qanday sababga ko`ra bosim o`zgarishi sodir bo`layotganini boshlang`ich holatda aniqlaydilar.Bundan natijalar quyidagicha
Birinchidan: Har bir kishi o`z salomatligigiga e`tiborli bo`lishi;
Ikkinchidan:Qon bosimining ko`tarishi va bunga befarq bo`lish,insult yurak ishemiya,arterosekleroz,yurak infarkti,butun organizm ayniqsa bosh miya sohasining qon bilan ta`minlanish holatining buzilishiga olib kelishi mumkinligi hamda inson umri davomiyligiga uning ishga layoqatliligini kamaytirishi,dars samaradorligi,o`quvchilar bilim darajasiga ham ta`sirini ko`rsatishi mukinligini anglaydilar.
Uchunchidan: Salomatlikni nazorat qilish hamma zamonlarda ham o`zini oqlagan sog`lom insonlar jamiyat tayanchi bo`lib xizmat qilgan.
To`tinchidan: Inson umrini uzaytirish bo`yicha gerentologiya fani rivojiga o`zimizning kichik hissamizni qo`shish.Bu fan inson umrini uzaytishni o`rganadi.
Biz nafaqat nazariy bilim olayapmiz,balki,shu bilimlarimizni amaliyotga qo`llashni ham o`rganayapmiz.
O`z salomatligini asrash har birimizning ma`suliyatli burchlarimizdan biridir.
























Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin