Elektronika va avtomatika fakulteti malakaviy amaliyot hisoboti axborotlarga



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/4
tarix15.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#130690
  1   2   3   4
Amaliyot hisoboti


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
I
SLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI



ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI



MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI

AXBOROTLARGA ISHLOV BERISH VA BOSHQARISH TIZIMLARI KAFEDRASI

Amaliyotda Bo`lgan Korxona: “Kogon porloq yo’l trans MCHJ”


Guruh:_______________


Bajardi:_______________
Tekshirdi:_______________
Toshkent 2023 yil
MUNDARIJA



  • Kirish

  • Texnika xavfsizlik qoidalari

  • Kogon porloq yo’l trans MCHJ haqida ma’lumot

  • Zamonaviy ATdan xizmat ko’rsatish korxonalarida foydalanish

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda shu sohaga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 20-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois bu soxadagi mavjud qator muammolarning hal etilishi masalalari haqida so‘z yuritiladi. Bugungi zamonaviy axborot texnologiyalari asrida jamiyatning har bir soxasida kompyuter grafikasi va multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda biror bir ishlab chiqarish jarayonini vizuallashtirish yordamida reklama qilish yoki oldindan taxminiy ko‘rish yo‘li bilan jarayon haqida tasavvur hosil qilish juda ommalashgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarish sanoatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yangilik emas. Axborot texnologiyalari jamiyatning har bir sohasida keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, bugungi kunga kelib sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Sanoatning kimyo, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bog’liq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko’zda tutadi. Avtomatlashtirish sistemalarni ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish-ko’p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj-sozlash ishlari, shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish sistemalarining ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi. Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik sistemalarning turli ko’rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo’lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemaning avtomatlashtirish sistemalarining montaj qilish sozlash va ishlatish masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo’ladigan tilda ifodalash kerak. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va komanda liniyalarini va manba liniyalarini o’tkazish sohasida tushuncha yagona bo’lishi kerak. Yangi sanoat ob’yektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish loyiha asosida amalga oshiriladi. Loyihalar esa zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatishning hammasi raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Yillar davomida masofadan ko‘rsatilmagan xizmatlar sanoqli kunlarda onlayn shaklga o‘tkazildi. Universitetda 3-yil davomida olgan nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotga joriy qilish, hamda o’z nazariy bilimlarimizni amaliyot bilan uyg’unlashtirishda malakaviy amaliyotlarning ahamiyati kattadir.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin