Referat sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi


Mutafakkir allomalar o’z asarlarida yuksak axloq va odob timsoliga aylangan komil inson obrazlarini yaratganlar



Yüklə 20,49 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2022
ölçüsü20,49 Kb.
#77245
növüReferat
1   2   3
Mustaqil ta’lim 2

Mutafakkir allomalar o’z asarlarida yuksak axloq va odob timsoliga aylangan komil inson obrazlarini yaratganlar.
Barkamol avlod tarbiyasini azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelganligi haqida yuqorida to’xtalgan edik va bularga ko’plab dalillar keltirish mumkin. Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida fozil kishi modeli yaratilgan. Fozil kishiga qo’yiladigan talablar, uning ona- Vatan uchun jonini ham ayamasligi xislatlari, sharqona nazokat, mehr va ehtiroslariga ega bo’lishlari haqidagi fikrlar bobolarimizning yuksak ma’naviyatli ekanligini asoslaydi.
Beruniy inson kamolotida axloqiy tarbiyaning o’rni muhim ekanligini ta’kidlaydi va o’zining «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as - Saidana», «al – qonuni al – Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida pedagogik fikrlarini bildiradi.
Allomalar yaratgan asarlardagi ilmiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’rifiy fikrlari o’zining umumbashariyligi bilan ham ahamiyatlidir. Ibn Sino o’z asarlarida teran fikrli shaxs uchun ahamiyatli bo’lgan mantiqqa kirish, bilish jarayonini anglash, tafakkurning asosiy tushunchalari orqali nutqni yuzaga keltirish, ma’lum fikrlar asosida hukm chiqarish va uni ifodalay olish, xulosalarga kelish va ularning o’ziga xos shakllari, isbotlash va uning qoidalari mohiyatini yoritib berishga harakat qiladi. Jumladan, mantiq ilmiga bag’ishlangan «Hay ibn Yakzon» shaxs aqliy tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini o’rganadi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos tarzda bayon etiladi.

Yüklə 20,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin