1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH (1)
1-2-SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH USTIDA ISHLASH METODIKASI Reja: Kirish
Asosiy qism
Bob. Boshlangʻich sinfda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faolligini oshirish metodikasi
1.1 Boshlangʻich sinflarda misollar yechishning ahamiyati va ularga qoʻyiladigan talablar
1.2 Boshlangʻich sinf (1-sinf )oʻquvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish
1.3. Oʻquvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda matnli masalalardan foydalanish usullari
II BOB. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini matematika oʻqitish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish usullari
2.1 Oʻquvchilar fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda mashqlar sistemasi va testlar majmualaridan foydalanish
2.2 Oʻquvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda qiziqarli masalalarni yechish usullarini qoʻllash
2.3 1-sinlar uchun hayotiy masalalar yechish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Hozirgi paytda maktablarda boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika boʻyicha bilimlar berish bilan birga ularga oʻrganilayotgan bilimlarni asosli va puxta boʻlishini ta‘minlash, ularni qoʻllay olish koʻnikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qoʻllashlari uchun zarur koʻnikma va malakalarni shakllantirish boshlanqich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan oʻquv jearayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,ularning toʻplagan tajribasiga asoslangan masalalarni echish usullariga va ularni qoʻllashga oʻrgatish oʻziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta‘lim mazmuni va oʻrganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, oʻzaro aloqadorlikda va oʻquvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qoʻshgan holda oʻqitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qoʻllash oʻqitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlangʻich ta‘limda matematika oʻqitishning asosiy maqsadlaridan biri ham oʻquvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida oʻquvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlangʻich sinflarda arifmetik amallar tushunchasini mohiyatini va hisoblash usullarini etkazish uslubiyatini ishlab chiqish oʻz ichiga oʻquvchilarda umuman boshlangʻich matematika asosiy tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qoʻllay olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishni oladi.
Bunga sabab quyidagilar:
1.Boshlangʻich ta‘limda matematika oʻqitish arifmetik amallar va tushunchalar mohiyatini ochish orqali, hayotiy mazmunli mashq va misollardan keng foydalanish va shu asosda mantiqiy biri-biriga bogʻlangan tushunchalar, ta‘riflar, qoidalar va xulosalarni keltirib chiqarish oʻquvchilar matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Boshlangʻich ta‘limda matematika oʻrganishda har bir amalning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi matnli mashqlar va ularni oʻquvchilar ha1yotiy tajribasi bilan bogʻlab taklif etish uzviylikka ega, bu esa oʻquvchilarning fanga qidiqishlarini oshirish bilan birga fikrlash qobiliyatlarini rivojlanishi uchun asos boʻladi. Shuningdek umumiy fikrlash usullari va koʻnikmalarni rivojlantirishga ta‘sir koʻrsatadi.
3.Boshlangʻich ta‘limda matematika oʻqitishda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish arifmetika materiallari mazmuni, oʻrganilayotgan asosiy tushunchalar va ularga doir masalalarni echish koʻrgazmali tasavvurlar bilan birga mantiqiy fikrlashni, asoslash va amaliy qoʻllanishni talab etadi.
Shularni hisobga olib ushbu malakaviy bitiruv ishi boshlangʻich sinflar matematika darslarida boʻlish tushunchasini oʻqitish uslublari oʻrganishga va bu borada uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga bagʻishlangan.
Boshlangʻich sinflar matematika darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlangʻich sinflar matematika darslarida koʻpigan tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib oʻqitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida koʻrgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qoʻllanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni echishda oʻquvchilar da fikrlash koʻnikmalarini gakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan oʻzaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun oʻquvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qoʻllash usullarini oʻrganish dolzarb vazifa hisoblanadi.