1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH (1)
Boshlangʻich sinf (1-sinf )oʻquvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatishda topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, asosli xulosa chiqara olish har bir oʻqituvchi oldidagi muhim vazifalardan biri. Bu vazifalarni amalga oshirishda qiziqarli topshiriq, mantiqiy va nostandart masalalarning oʻrni katta. Boshlangʻich sinf matematika kursida qiziqarli mantiqiy topshiriqlardan foydalanilsa, bu oʻquvchilarning (xatto past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni ham) darsga boʻlgan qiziqishlari va faolligini oshiradi. Agar oʻquvchilarning yosh xususiyatiga moslab mantiqiy masalalar berilsa, ularda ijodkorlik, hayotiylik, maqsadga intilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Chunki bunday qiziqarli va mantiqiy masalalar yechimini toʻgʻri amal bilan aniqlab boʻlmaydi va ular ustida ishlash, yechimni topish uchun topshiriqdagi har bir soʻzga, e’tibor berib, uning hayotga amal qilgan oʻrnini bilib, unga asoslanib yechgan oʻquvchigina toʻgʻri yechimni aniqlashi mumkin. Agar oʻquvchi masala oʻqilayotganda topshiriqdagi biror detalga e’tibor bermasa bu uni notoʻgʻri yechim yoʻliga olib boradi. Qiziqarli mantiqiy masalalar oʻquvchilarni mana shu noma’lumni topishga intilish davrida hayotiy hodisalar bilan bogʻlanishga, masala yechimini topishga qiziqishga majbur qiladi. Agar masalada gap borayotgan fikr yoki mulohaza chuqur mushohada qilinsa, oʻquvchi masala yechimini toʻgʻri aniqlaydi. Ya’ni u masalada fikri yuritilayotgan predmet hayotda qayerda ishlatiladi, qanday ishlaydi, qanaqa foyda va zarari bor va qanday tuzilganligini bilib, ular ustida erkin fikrlay olishi kerak. Oddiy koʻringan bunday masalalar yechimi hech qachon birdaniga aniqlab boʻlmaydi. U oʻzida sirli jumboqni yashiradi. Buni yechish uchun oʻquvchi ijodkor va bilimdon boʻlishi kerak. Masalada yashiringan ajoyib sirni oʻquvchi topsagina uni aniq va toʻliq yecha oladi.
Soʻngi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan deyarli barcha dastur hamda darsliklar asosiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bunga sabab boʻlgan eng katta omil shunda ediki, bizning milliy oʻquv dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning koʻzga koʻringan ta’lim jarayonlari natijalariga tenglasha olmasligi edi.
Darsliklarda oʻquvchilarrni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydigan misol va masalalar bilan boyitilish hozirda amalga oshirilayotgan jarayonlardan biri boʻlib kelmoqda. Oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini shakllantirish masalasi bilan ularda toʻgʻri, aniq, qisqa matematik nutqni oʻstirish masalasi uzviy ravishda boʻglangan boʻladi. Bu boshlangʻich ta’limning muhim vazifalaridan biri. Mantiqiy masalalarni yechish oʻquvchilarda uzviy ravishda mustaqillikni oʻstirish bilan birga oʻqitish jarayonida qiziqishlarini oshiradi. Bunda tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar oʻquvchilardan ma’lum darajada izlanish talab qilsa-da, u bola kuchi yetadigan darajada boʻlishi kerak. Matematik mashgʻulotlarda bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashgʻulotlar oʻquvchilardan mustaqil kuzatishlar oʻtkazishni, qaralayotgan hodisalar narsalar va shu kabilarni taqqoslash, solishtirishni talab qiladi. Matematika fani boshlangʻich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi koʻrsatib boriladi. Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Darsda oʻquvchilarni qiziqtiruvchi mantiqiy topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki oʻquvchilar bunday topshiriqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar. Oʻquvchilarni koʻproq faollashtirish uchun koʻpgina oʻquvchilar foydalana oladigan, ular sevgan ertak qahramonlarini “jalb qilish” usuli katta ahamiyatga ega.
Oʻquvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarar ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuritib, ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Mulohazaning real (chin) yoki yolgʻon ekanligini aniqlaydi, ya’ni ham mantiqiy ham tanqidiy fikr yuritadi.
Shu oʻrinda oʻquvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantirib borish muhim ekanligini aytib oʻtish kerak. Tanqidiy fikrlashga oʻrgatish oʻquvchilarning muvaffaqiyatlarga erishishidagi asosiy omil boʻlib, boshlangʻich sinf matematika darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda yangi pedagogik texnalogiyalar va didaktik oʻyinlardan, muammoli savol va topshiriqlardan, turli xil rasm va boshqotirmalardan dars davomida oqilona hamda bolaning yosh va individual xususiyatlariga e’tibor bergan holda foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Hozirgi kunda oʻqituvchilarimizning raqamli texnologiyalardan dars mashgʻulotlarida toʻgʻri foydalana olishi va oʻquvchilarga bilim berishida raqamli ta’lim muhitini tashkil eta olishi kerak. Buning natijasida oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil oʻrganishi, shaxsiy oʻrganishga moslashishi va oʻzini ustida ishlashi kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Zamonaviy inson uchun zarur boʻlgan kompetentsiyalarni tasniflashga urinayotgan xalqaro tashkilotlar raqamli, axborot va ilmiy savodxonlikning ahamiyati haqida gapirishadi. Koʻpincha bu turdagi savodxonlik bir -birini toʻldiradi. Tanqidiy fikrlash texnalogiyasining gʻoyalari oʻquvchilarni tabiatan izlanuvchanligi, dunyoni oʻrganishga intilishi, jiddiy masalalarni koʻrib chiqish va oʻziga xos gʻoyalarni ilgari sura olishidir. Bu borada oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilarni tinimsiz oʻrganishga undaydigan samarali fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan oʻychan yordamchi boʻlishdir.
Tanqidiy fikrlashning muhim afzalligi shuki, u e’tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarini va yolgʻon argumentlarni aniqlashtiradi va fosh etadi. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidir. Tanqidiy fikrlash gʻoyamizni mustahkamlaydi, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikr bilan ta’minlamaydi.
Quyidagi mantiqiy topshiriqlarni I-IV sinf oʻquvchilari bilan matеmatika darslarida bajarish tavsiya etiladi. Bunday turdagi mantiqiy topshiriqlar oʻquvchilarni mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
1-topshiriq: Xoʻroz tarozida ikki oyogʻida turgan holda oʻlchanganda 3 kg chiqdi. Xoʻroz bir oyoqda turgan holda oʻlchanganda ^cha kilogramm kеladi? (Javob: 3 kg)
2-topshiriq: Daraxt shoxida 9 ta chumchuq qator turibdi. Toʻrtinchi chumchuq uchib kеtdi. Daraxt shoxida ^chta chumchuq qoldi? (Javob: 8 ta)
3-topshiriq: 500 mеtr masofaga yugurish musobaqasida 5 ta sportchi qatnashdi. Har bir sportchi qancha masofaga yugurgan? (Javob: 500 m)
4-topshiriq: Stolda 70 dona qogʻoz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qogʻozni sanash mumkin. Bu xolda 50 ta qogʻoz sanab olish uchun necha soniya vaqt ketadi? (20 soniya. 10 soniyada birinchi oʻntasi, keyingi oʻn soniyada ikkinchi oʻntasi sanaladi. Stolda esa 50 ta qogʻoz qoladi.)
5-topshiriq: Bitta tayoqning 2ta uchi boʻlsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi boʻladi?
3 Akramjon Oʻktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda oʻqitish va oʻrganishning mavjud imkoniyatlari. Oʻquvchilarning raqamli dunyoda oʻrganish konsepsiyasi boʻyicha savodxonligini rivojlantirish. -topshiriq: Nodirning opa-singillari nechta boʻlsa, shuncha akalari bor. Uning singlisi Umidaning akalari opalaridan uch marta koʻp. Oilada nechta oʻgʻil va qiz bor?
Ushbu ijodiy topshiriqni oʻquvchi faqatgina mantiqan fikrlab yecha oladi. Bunda oʻquvchi quyidagicha mushohada qilishi mumkin: Nodirning opa-singillari soni uning akalari soniga teng. Uning singlisi Umidaning akalari soni opasi sonidan uch marta koʻp. Demak, Umidaning 1 ta opasi va 3 ta akasi bor ekan. Oilada 3 ta oʻgʻil va 2 ta qiz bor.
Xulosa qilib aytganda, hayotdan olingan turli mantiqiy masala-topshiriqlar oʻquvchiga zavq bagʻishlaydi. Oʻquvchi topshiriqni yechish yoʻllarini qidiradi. Bunday topshiriqlar oʻquvchining nafaqat matematik bilim va malakalarini mustahkamlaydi, balki uning mantiqiy tafakkurini oʻstiradi, oʻquvchini izlanishga, topqirlikka, maqsad sari intilishga da’vat etadi.
Bunga oʻxshagan mantiqiy topshiriqlar darslikda koʻp uchraydi. Ular oʻquvchilar diqqatini darsga qaratishga va ularning ijodiy faoliyatlarini oshirishda katta yordam beradi.