1-2-sinfda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faollashtirish ustida ishlash metodikasi reja


Oʻquvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda qiziqarli masalalarni echish usullarini qoʻllash



Yüklə 59,92 Kb.
səhifə6/8
tarix20.04.2023
ölçüsü59,92 Kb.
#101216
1   2   3   4   5   6   7   8
1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH (1)

2.2 Oʻquvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda qiziqarli masalalarni echish usullarini qoʻllash
Masalalarni tasvirlash usuli. Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini ta‘kidlashga va ular oʻrtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish koʻnikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli-masalani tasvirlashdir. Bolalarning narsalarning chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir. Dastlabki 1-2 ta masalani oʻqituvchining oʻzi tasvirlab chizadi.
Oʻqituvchi doskaning ichiga 5 ta qoʻziqorin va uning oldiga bitta qoʻziqorin solingan savatchaning rasmini chizdi. Bolalar oʻqituvchi qanday maslalni chizganini topganlaridan kiyin oʻzlari hohlagan narsalar haqida masala tuzadi. Bolalarni masalaning javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida bosh qotirish kerak, oʻqituvchi tez chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganini topadilar. Ular qaysi rasm boʻyicha masala tuzish mumkin, qaysi rasm buyicha.masla tuzib boʻlmasligini, nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan sonlar koʻrsatilishi kerakli haqida ishonch hosil qilinadi oʻzaro tekshirish olib borilsa yaxshi boʻladi. Ayirishga oid masala tuzishda koʻpincha ikkita rasm chizishga toʻgʻri keladi, birida kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayiruvchi chiziladi.
Masalan: birinchisida 6 ta archa, ikkinchisida 5 ta archa chiziladi.
Bolalarga hisoblash usulini oʻrgatish. Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va uni asoslab berishga oʻrganib olganlaridan kiyin ularni hisoblash usullri bilan tanishtirish mumkin. Ular qoʻshish va ayirishni 1 ni qoʻshib va ayirib oʻrganib olishlari kerak. Bolalar ushbu usullarni egallab borishda qoʻshni sonlar oʻrtasidagi bogʻlanish va munosabatlarni tushunishga hamda sonlaming birliklaridan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. Arifmetik amasllarni oʻrgatish jarayonidagi mashgʻulotning bir qismi sonlarni solishtirish va sonlarning birliklaridan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga oʻrgatadi. Bolalarga hisoblash usullarini qanday oʻrgatish mumkin? Rasm buyicha quyidagi masalani tuzishni taklif etish mumkin. Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash usullaridan farq qila bilishga oʻrgatish uchun qoʻshishda+ “ga” ayirishda –“dan” qoʻshimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga arifmetik amallarni takrorlaydilar. Shunday kiyingi ular masala savoliga javob beradilar. Dastlab bolalar koʻrsatma material asosida keyinroq miyada sonlarning toʻgʻri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar hamda ular masala oʻrtasidagi bogʻlanish va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar.
Yil oxirida bolalar masala tuzishga undagi shart va savolni farq qila bilishi, berilgan sonlarni ajratib olishni, ular oʻrtasidagi miqdoriy munosabatlar aniqlashini arifmetik amallarni toʻgʻri toʻplashni va ifoda etishni hisoblash usullaridan foydalanib harakat natijasini topishni va masala savoliga toʻliq javob berishni bilishlari kerak.
Arifmetik masalalar echish.
Masala echishda “ qoʻshish “ “ ayirish” “ barobar” matematik atamalaridan foydalanish zarur. Bolalar “ yozishni” mashq qiladilar.
1-2 bola mustaqil “ yozganlarini “oʻqib beradilar.
“3 ta sharga 1 ta shar qoʻshilsa 4 ta shar boʻladi”.

Kim masalani echadi? 3ga 1 ni qoʻshish kerak.


Lolada nechta shar boʻldi? 4 ta
Doskada 3 oʻquvchi barobar 4 deb aytishadi.
Bolalar koʻpincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir necha baliq solib quyishdi. Bu masalani echish mumkinmi? Yoki 4 ogʻayni bitta tom tagida yashaydi. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada eng kamida ikkita son ishtirok etishi uqtiriladi. Geometrik figuralar
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirishning asosiy vazifasi koʻpburchaklar bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchaklar koʻpburchaklarning turlari sifatida qaraladi. Dastur mazmuni shunday tuzulganki uni oʻzlashtirish natijasida bolalarning koʻpburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari kengayadi. Bu bolalrada elementar matematik tafakkurni oʻstirishga imkon beradi. Figuralarning moddalari bilan shugʻullanish jarayonida bolalarning koʻpburchakning ba‘zi bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Koʻp burchaklar tomonlari burchaklari tengligi bilan aniqlanadi.
Birinchi tanishishda koʻrish, siljitish, paypastlash usullaridan kiyin son va oʻlchashdan foydalanadilar. Avval umumiy belgilari: tomonlari, burchaklari, burchak uchlari koʻrsatilishi lozim. Bularni bolalar birinchi mashgʻulotlardayoq oʻzlashtirib oladilar. Faqat nuqtalar qoʻyib ularni birlashtirib, koʻpburchaklar chizganda qiynaladilar. Xususiyatlarini oʻrgana borish davomida uning yangi xususiyatlari ochila boradi: ularning 4 ta tomoni, 4 ta burchagi, 4 ta burchak uchi bor.
Group 103708
Oʻlchash asosida bolalar oʻzlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglikni) aniqlaydilar. Oʻlchov asosida bolalar oʻzlari yangi xususiyatlar (teng va notenglikni) aniqlaydilar. Oʻlchov birligi qilib qogʻoz tugmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma, toʻgʻri turtburchak uchun ikkita tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma xil koʻpburchaklar boʻlishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar hosil qiladilar. Koʻpburchaklarning xossalarini aniqlaydilar. Bunda ayniqsa koʻpburchaklardan uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar hosil qilishga koʻp e‘tibor berish kerak.


Yüklə 59,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin