BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING BILIM, KO\'NIKMA VA MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN MATERIALLAR TAYYORLASH.
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN MATERIALLAR TAYYORLASH. Reja:
O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari.
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholashjarayoni.
Reyting tizimi va uningsamaradorligi.
Tadqiqot natijalaritahlili.
O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazishva baholashmezonlari.
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholashjarayoni.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo’lib kelmoqda. Zero Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “Ilg’or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv shu jumladan, tabaqalashgan dasturlar amaliyoti joriy etiladi”1, deb ta’kidlanadi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo, tahsil oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi. Shuning uchun ham o’quvchilarning mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlarini o‘stirishda ta’limning interfaol usullaridan keng hamda o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o‘quvchilarda mehnat ta’limiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, o’qitish ishlarining natijalarini nazorat qilish hamda baholashga yangicha usularni joriy etish kabilar yetarlicha o‘z aksini topmay qolmoqda. Shuning uchun umumta’lim maktablarida o‘quv uslubiy ishlarni takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning faol usullaridan foydalanish, o‘qitishning hamda sinov-nazorat ishlarini o‘tkazishni maqbul shakllaridan oqilona foydanish yo‘llarini izlab topish dolzarb masalaga aylanibbormoqda.
Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga erishish yo’lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarini mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda o‘z samarasini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarida o‘quv tarbiyaviy jarayon unumli mehnatni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, malakali, unumli mehnat o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olish jarayonida shakllangan bilim, malaka va ko‘nikmalariga asoslangandir.
O‘quv tarbiyaviy jarayon – boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ustoz va o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni son va sifat jihatdan haqqoniy baholash o‘quv-tarbiyaviy jarayonda olingan natijalarga qarab o‘zgartirishlar kiritib borish bilan birga o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.
O‘quvchilarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlariga baho berishdan oldin yana bir bor bilim, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlarini qarabchiqaylik.
Bilim – nazariy va amaliyot faoliyat natijasida o‘rgangan, esda saqlab qolingan, fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir.
Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur-yuzaki, moslashuvchan, andozali, mustahkam va mustahkam bo‘lmagan turlariga bo‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosilbo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) yetarli darajadagi xususiyatlarni, texnika va texnologiyalar hodisasini va ularning obyektiv munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasi va boshqalarning to‘g’ridan-to‘g’ri amaliy faoliyatiga kiritilganligini bildiradi.
Malaka - bu o‘quvchilarning avtomatik ravishda amalga oshirilgan holda birorta ishni bajarish qobiliyatidir.
Ko‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bo‘lib, bu ko‘nikma, o‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi.
Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni mufavvaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsning shaxsiy-psixologik sifat belgisidir.
Qobiliyat tug’ma bo‘lmasdan uning ko‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, o‘rganishga, tarbiyaga bog’liqdir. Qobiliyatning tug’ma ko‘rinishi uning
qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo‘lgani uhun bular rivojlantirilsa, to‘g’ri yo‘lga solinsa, qobiliyat yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyat o‘zaro bog’liq bo‘lib, ularni alohida-alohida baholash juda murakkab. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash ustozning, o‘qituvchining uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quv sharoitida har harbir o‘quvchini diqqat bilan ko‘zatib o‘rganib borish va faoliyatni baholashzarur.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash, o‘quv jarayoning eng muhim va zaruriy qismlaridan bo‘lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:
bolalar tomonidan o‘zlashtirayotgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni nazoratqilish;
bilimlarni sifatinianiqlash;
o‘quv dasturida belgilangan materiallarni ongli, izchil va mustahkam o‘zlashtirib olishga undash.
Bu masalalar ta’limiy ahamiyatga molikdir. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o‘quvchilar o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga, izchil ishlashga, ongli intizomga, qiyinchiliklarni yengish, o‘zida irodaviy sifatlarni o‘stirishga, o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan talabchan bo’lishga o‘rgatib boradi. Bu masalalar esa katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O‘quvchilar bilimini tekshirish bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimni sifatini aniqlash, ularni o‘quv dasturida belgilangan materiallarni izchil va puxta o‘zlashtirib olishga da’vat etish vositasidir. O‘qituvchi bilimlarni tekshirish orqali o‘quvchining o‘quv materialini qanday idrok etib tushunganligini, qanday fikr yuritayotganligini, dasturda belgilangan o‘quv materiallarni qay darajada o‘zlashtirib olganligini aniqlaydi hamda keyingi o‘quv materiallarni o‘rganish, ta’lim sifatini yaxshilash yo‘llarini belgilaydi. Shu bilan birga o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini o‘rganish va tekshirish ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini, tirishqoqligini, o‘ziga talabchanligini, bilimga, fanga bo’lgan qiziqishini bilishga imkon beradi. Shuningdek, bolalarning xotirasi, bililish qobiliyatlarining qaydarajada usganligi, ularning mustaqil ishlashga ko‘nikma va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi. Tekshirish vaqtida o‘quv materiallari esga olinadi va o‘quvchilarni sezish, idrok qilish, fikrlash qobiliyatlari ham usib boradi.Bu jarayonda o‘quvchilar keng fikr yuritishga, o‘quv materiallarni asoslashga, mulohaza yuritish, isbotlashga o‘rganadilar.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning yana bir muhim tomoni shundaki, ana shu jarayonda o‘quvchilarning bilimlari va bajargan ishlaridagikamchiliklarsezilibqoladivanihoyatmazkurkamchiliklarnibartarafetish choralaribelgilanadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash darsning barcha qismlariga singib ketadi. Shunday ekan, u o‘quvchi bilimidagi kamchiliklarni to‘ldirishga, o‘rganilayotgan masalaning asl mohiyatini anglashga yorda beradi va o‘rganilayotgan materialni tushunishga keng imkoniyat yaratadi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga va butun sinf jamoasiga izchil ta’sir tadi, individual ishni sinf jamoasi ishi bilan qo‘shib olib boradi.. tajribali o‘qituvchilar o‘quvchi bilimini baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga suyanadilar va o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etadilar. Bunda o‘qituvchi sinf o‘quvchilari diqqatini faollashtiradi, o‘rtoqlarining javobiga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Shuningdek, o‘z bilimlarini mustahkamlashga, o‘z bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‘quvchini o‘z vaqtida vijdonli, rostguy bo‘lishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bilimga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining materialni o‘zlashtirish saviyasi, bola tafakkurining o‘sish darjasi, zenining rivolanishi kabi xususiyatlarini hisobga oladi: o‘quvchilarning ishlash sur’ati, qobiliyati, o‘qishga ishtiyoqi, nutqning o‘sish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda uchraydigan qurqoqlik, uyatchanlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga ortiqcha baho berish, ishonmaslik, shoshqaloqlik, kamgaplik xususiyatlari bartaraf etiladi.. buning natijasida ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining uyg‘unligita’minlanadi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda o‘quvchilarda o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyqtsizliklariga nisbatan munosabat shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish
istagi tug’iladi. Baho unda hamisha o‘quvchi sifatida, shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil qiladi. O‘quvchining o‘ziga nisbatan bu munosabatni, bu tuyg’ularni o‘qituvchi uning hatti-harakatlaridagi irodalilik, jamoatchilik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarni shakllantirish borasida ustalik bilan ishlatadi
Umuman olganda ta’lim – tarbiya jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligini nazorat qilish muhim o’rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:
Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasianiqlanadi.
Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini o’stirish funksiyasi.
Nazorat jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi.
Ta’limfunksiyasi.
Nazoratning tarbiyaviyfunksiyasi.
Nazoratning baholashfunksiyasi.
Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni o’yg’otish, jonli fikrlashga o’rgatuvchilikfunksiyasi.
Ma’lumki, nazorat asosan uch turga bo’linadi. Ular: joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so’nggi nazorat turi ham bor.
Nazorat turi testlar, yozma ishlar va og’zaki savol – javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
ta’lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkoniniberadi;
bir vaqtning o’zida bir guruh yoki ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish mumkin;
hamma ta’lim oluvchilarda bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoityaratiladi;
test natijalarini ta’lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshirishmumkin;
turli guruhdagi ta’lim oluvchilar bilimini solishtirish, qo’llanilayotgan metodning samaradorligini aniqlashmumkin;
ta’lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarda aniqlashmumkin.
Boshqa o’quv predmetlari qatori mehnat ta’limi darslarida ham o‘quvchilar ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalrni egallashlari kerak. O‘qitishdagi muhim ishlardan biri dars va amaliy mashg’ulot jarayonida o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, uni to’g’ri baholash hisoblanadi. O‘z bilimining boshqalar tomonidan to‘g‘ri haqqoniy baholanishiga ishonch hosil qilgan o‘quvchida o‘quv faoliyatiga nisbatan qiziqish, o‘ziga nisbatan esa ishonch ortadi. Aksincha o‘quvchining bilimini baholashda nohaqlikka yo’l qo’yilsa, asta-sekin uning o’qishdan ko‘ngli soviy boshlaydi, o‘qishga nisbatan befarqlik alomatlari yuzaga keladi.
Ma’lumki turli o‘quv predmetlarni o‘qitishda o‘quv dasturlaridan va fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilar bilimiga turlicha talab qo‘yiladi. Hozirgi kunda o‘quvchilar bilim darajasini yangidan-yangi usullari qo‘llanilmoqda.
Ko‘zatishlarda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, aksariyat o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda kopgina qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ko‘p hollarda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzu bo‘yicha egallagan bilim hamda mehnat ko‘nikmalarini aniqlash va baholash eskicha usullarda, ya’ni oddiygina savol-javob tarzida olib borilishi ulardagi fanga bo’lgan qiziqishni susaytirib qo’ymoqda. Darsni strukturaviy tuzilishiga ko‘ra, o‘qituvchi hamma bosqichlarni o‘z vaqti, me’yyorida o‘tib ulgurishi kerak. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilar bilimini baholashga bo’lgan imkoniyatni cheklaydi. Darsning asosiy qismi – “Yangi mavzu bayoni”ga 30-35 daqiqa ajratiladi, natijada mustahkamlash va o‘quvchilar bilim darajasini baholashga uncha ko‘p vaqt qolmaydi. Bu esa o‘quvchilarga berilgan saboq natijalarini aniqlashning yangi, kam vaqt talab qiladigan usullarni qo‘llashni taqazo etadi. Shuning uchun biz mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar bilimini baholashning qo‘yidagi usulini taklif qilmoqchimiz. Buning uchun o‘quvchilar orasida ”Siz necha ballga loyiqsiz?” mavzusidagi didaktik o‘yin tashkil etiladi. O‘yin shartiga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilarga“Hurmatli o‘quvchilar, hozir har biringiz o‘tilgan mavzular bo‘yicha ikkitadan savlolni o’ng tomoningizda o‘tirgan o‘rtog’ingizga berasiz. Savollarni to’g’ri, lo‘nda va o’rinli bo‘lishiga e’tibor bering. O‘yinimiz qoidasiga ko‘ra, savol bergan kishi o‘rtog’ini yozgan ishini, ya’ni javobini tekshirib boradi. Sizlar ikki imkoniyat: savollarga to‘g‘ri javob yozish va tekshirishda uchtadan ortiq asosli (izohlangan) hatto kamchiliklarni aniqlash orqali baholanasiz”1, - deb tushuntiradi. (Izoh oxirgi o’ng qatorda o’tirgan o‘quvchilar keyingi darsda o‘rinlarini almashtirib oladilar yoki ularga o‘qituvchi boshqa vazifa berishi ham mumkin).
Savollar berilgach, ularga javob topish paytida sinfxonada osoyishtalik ta’minlanadi. O‘yin shartiga ko’ra, o‘quvchilar bir-birlarini bezovta qilmasliklari uchun yordam bergan o‘quvchining balidan chegirilishi haqida ogohlantiriladi. Shu tariqa o‘ng tomondagi o‘quvchining javobi savol bergan o‘quvchi tomonidan tekshirib baholanadi. O‘z navbatida, o’yin shartiga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyatini ikki ishda: berilgan javobning to‘g‘riligi va uni tekshirish natijalariga ko‘rabaholaydi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarini baholashning usullaridan biri testdir. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga ikki xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bu usulda test materiallari variantlar bo‘yicha sinf o‘quvchilariga teng yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Bir xil variantdagi o‘quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o‘quvchilarni nazorat qilishni ikkita a’lochi o‘quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan tastlarni tekshirish yig‘ishtirib olinib, almashtirilib tarqatiladi. Javoblar ikkita o‘qituvchi tomonidan beriladi. Sinfdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o‘z-o‘zini boshqarishi va natijalarini baholashga 10-15 daqiqa vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlar darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda 100 foiz o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirib, baholashgaerishiladi.
O‘quvchilarning bilimi mazkur usullar orqali baholanganda unchalik ko’p vaqt sarflanmaydi. Aksincha, kam vaqt ichida ko‘proq o‘quvchilarning bilim darajalarianiqlanadi. O‘quvchi ikki imkoniyatdan manfaatdor bo’lganligi uchun o‘zidagi fikrlash qobiliyatini namoyon qilishga intiladi, baholashning o‘quvchilarning ishtirokida odilono o’tkazishga erishiladi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘zgalar faoliyatiga xolisona baho berish, o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish hamda tuzatish kabi sifatlarni shakllantirishga ko’maklashadi.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashdan maqsad o‘quvchilar bilimining sifatini, rivojlantirish darajasini ta’minlash va ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, bilim olishga qiziqishini takomillashtirishdir.
Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar:
Uning vazifalarini to‘g‘ritushunish;
Ta’lim jarayonida uning rolini asossiz ko‘taribyuborish;
Tekshirish va baholashning darsda asosiy maqsadga aylanibqolishi;
Bilimlarni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foydalanish; O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashda bu jarayon nazorat qiluvchi,ta’lim-
tarbiya beruvchi muhim funksiyani bajarishni unutmaslik kerak.
Bu nazorat uchun asosiy funksiya bo‘lib, ta’lim beruvhi va tarbiyachi yordamchi funksiyadir. Biroq tekshirish maqsadi va ko‘rinishi turlicha bo‘lganda, bu uch funksiya turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshirishning yakuniy imtihon shaklini oladigan bo‘lsak (uni o‘tkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin), bunda nazorat qilish funksiyasi ustunlik qiladi (ta’limga vaqtqolmaydi).
O‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib borilsa, bu holat ta’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya berish funksiyasi ham ustun bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi, ba’zi o‘quvchilarni sistemali ishlashga o‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, ularning ruhiy xususiyatlariga (irodasini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash va h.k.) ta’sir etishga harakat qiladi, me’yyoridan ortiqcha o‘ziga bino qo‘yish holatlarida bahoga qat’iy yondoshib ish ko‘riladi. Umuman olganda, baho xolis (ob‘ektiv) bo‘lishi bo‘lsa-da, biroq o‘z tabiatiga ko‘ra hamisha noxolis (subyektiv)dir.
Ushbu funksiyalarga muvofiq o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning aniq usullari tanlanadi.
O‘quvchining fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl usullari qo‘llaniladi: og’zaki baholash, yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash shular jumlasiga kiradi.
Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:
o‘qituvchi o‘quvchi bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotdabo‘ladi;
o‘quvchining bilimini chuqurroq anglash uchun qo‘shimcha savollar berish imkoniyatitug’iladi;
og’zaki javob o‘quvchini og’zaki nutqini mashq qilish va faol fikrlashga undaydi.
Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligi, qo‘shimcha o‘rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so‘rash paytida o‘quvchining bilimini o‘zlashtirish masalasida o‘qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar bartarafetiladi.
Yozma baholashning yaxshitomonlari:
yozma tarzda berilgan javob o‘quvchi o‘quv materialni o‘zlashtirib olganiga hujjatli dalilbo‘ladi;
o‘quvchi o‘z fikrlarini qog’ozda ifodalash uchunamaliyotdir;
ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat o‘quvchining bilimiga obyektivbaho qo‘yishga imkoniyatyaraladi.
Og’zaki va yozma baholashga xos jiddiy nuqsonlar:
o‘quvchining bilimiga qo‘yiladigan baholarga subyektivlik alomati ko‘proq. Baho ko‘pincha boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib qo‘yilishi ham mumkin. Imtihon oluvchilar bitta og’zaki javob yoki bitta yozma ishga turlicha javob qo‘yishlarimumkin;
imtihonda o‘quvchi biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o‘quv predmeti dasturi mazmunini bilgani uchunqo‘yiladi;
besh balli baho balli shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkonbermaydi;
og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va asosli baholashni ta’minlayolmay