Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə30/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Savol va topshiriqlar :
1. Tarixiy xotira tushunchasini izohlang.
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida qaysi allomalarning yubileylari nishonlandi?
3. O‘zbek xalqining qadriyatlari va an’analarini qayta tiklash bo‘yicha qanday qarorlar qabul qilindi?
4. 2007-yil Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb atalish sabablarini sanashga harakat qiling.


11-MAVZU : O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINING SHAKLLANISH VA UNING USTIVOR YO‘NALISHLARI. O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI
REJA :
1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining shakllanish va uning ustivor yo‘nalishlari
2. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi Tayanch ibora va atama : mintaqa,hamdo’stlik.
O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi,o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. 1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi.Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llabquvvatladilar.Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil Turkmaniston Davlatining Doshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar. 1999-yil Turkmanistonning
Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida
“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992-yil iyunda Turkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining qo‘shma bayonoti” imzolandi. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining 96 % belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi. “O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisoblanadi. 2013-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ham o‘ta muhim hujjatlar sirasiga kiradi. 2014-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi.
O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Toshkentda 1992-yil Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida imzolangan edi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat
tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 1994–2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofi qlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan edi. 1994-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonda bo‘ldi.
Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar,sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. 2010-yil iyulda Qirg‘izistonda ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston 100 mingdan ortiq qochqinlarni o‘z hududiga qabul qildi. 2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa ochildi. Shu yil sentabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev taklifi ga binoan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘ldi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Shu munosabat bilan, aholining o‘tib-qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi 7 yil davomida yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi ga binoan Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda hamkorlikka doir qator hujjatlar qabul qilindi.
Tojikistonda 1992–1997-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1997-yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach, Tojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana tiklandi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil yanvarda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon
O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin