1-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI.
REJA:
1. Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi.
2.Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
4. Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Tayanch so’z va iboralar: «qayta qurish», Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi, «kadrlar to'dasi».
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi. 1990-yil 18-iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi.Deputatlarning taklifi bilan O’zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi.Oliy Kengashning
doimiy komissiyalari,faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg’in muhokama qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib,ularda xalqimizning xoxish –irodasiga to’la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo’yildi;
“O’zbekiston SSR Oliy Kengashi :
o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari;
har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oily maqsad haqi;
har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oily maqsad deb bilgan holda;
O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda;
xalqaro huquq qoidalariga,umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi.”
O’zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi;
…. O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z
hududida,barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
…. O’zbekiston SSR ning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qo’yilmay turib, o’zgartirilishi mumkin emas.
…. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston
SSR Konstitutsiyasiga
muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina
O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.
…. O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
…. O’zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hokazo.
Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo’lida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.Shundan e’tiboran
mamlakatimizning siyosiy,iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O’zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda,qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo’ldi.