I o‘zbekiston ssr konstitutsiyasini qabul qilishga tayyorgarlik



Yüklə 56,37 Kb.
səhifə1/6
tarix30.09.2023
ölçüsü56,37 Kb.
#151117
  1   2   3   4   5   6
Ibodullayev Behruz


MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………………………….….…..2
I-BOB. O‘zbekiston SSR konstitutsiyasi tarixi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .4
I.1.O‘zbekiston SSR konstitutsiyasini qabul qilishga tayyorgarlik…..............4
I.2. O‘zbekiston SSRda Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asosiy xususiyatlari va bosqichlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………………..11
II-BOB. O‘zbekiston SSR konstitutsiyalari va saylash huquqlari tarixi . …. 17 II.1.O`zbeksiton SSR konstitutsiyasini qabul qilinishi ..………….……..……17
II.2. Konstitursiya haqida fikr va mulohazalar………..…………...…….…..26
Xulosa …………………………………………………………………....…..…..31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...…….....32


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Usbu mavzuda O‘zbekiston SSSR ning kontitutsiyasi ta’riflangan. Konstitutsiya (lotincha: constitutio - “tuzilish”, “tuzuk”) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa – shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya – konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.

Yüklə 56,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin