Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə14/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari .Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning
oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi.
Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa,
qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va
turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi.
Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.
2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ini, qishloq aholisi 49,4 % ni tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hisoblanadi. O.zbekistonda O.rta Osiyodagi jami
aholining 1/3 qismidan ko.prog.i yashaydi.
Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari – sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borishi hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borishi hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi.
Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi. Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi.
Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda, muhimi, mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
1992–2017-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi.
1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi.
1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishni kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida “Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” yana bir muhim farmon qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab
1996-yildan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalar ko‘paytirilib, bu nafaqalar bolalarning soniga qarab quyidagi miqdorda belgilandi: bir bolali oilalarga – eng kam ish haqining 30%; ikki bolali oilalarga – eng kam ish haqining 60%; uch bolali oilalarga – eng kam ish haqining 80%; to‘rt bolali oilalarga – eng kam ish haqining 100%; besh va undan ko‘proq bolali oilalarga – eng kam ish haqining 120% foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari amalga oshirildi.
1997-yildan boshlab har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.
Keksalarni himoya qilish. Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2005-yil – “Sihat-salomatlik yili”da 2 mingga yaqin yolg‘iz nuroniyning uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yildagi “2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish choratadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Nuroniy” jamg‘armasi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, faxriylarning davolanish maskanlariga, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga dori-darmon vositalari yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi.
Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli “Nuroniy” shifoxonasi xizmat qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning
amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul davolovchi “Nuroniylar xonalari” faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizdagi barcha “Saxovat” va “Muruvvat”, “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy yordam berib boriladi. 2015-yilda ham keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida 2015-yil – “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy va kurortlarda davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda 2007-yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin