Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə15/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. Respublikada onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skriningi” Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
2015-yilga kelib Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.
2015-yilga kelib Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.
Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiyot asbob uskunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. 2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan choratadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.
Uy-joylar qurilishi. Istiqlol arafasida, hali mustabid tuzum hukmronlik qilib turgan bir paytda, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
yuksak jasorati bilan aholini uy joyli qilish masalasining yechimi topildi. Natijada 1989–1990-yillarda Namunaviy uy-joylar bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan
boshlangan qishloq infratuzilmasini yangilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura asosida tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, 2009–2016-yillarda qishloq joylarda 70 mingga yaqin shinam namunaviy uy-joy bunyod etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha imtiyozli uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etildi.
Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo‘shimcha ravishda ikki, uch qavatli (2, 3 xonali) uy-joylar qurildi. Shuningdek, aholi zich joylashgan tumanlarda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali, maydoni 0,04 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi.
Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar xodimlari uchun imtiyozli uy-joylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin