Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə23/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Savol va topshiriqlar :
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan Oliy attestatsiya komissiyasining
vazifalari nimalardan iborat edi?
2. Fanlar akademiyasining faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Ilmiy daraja (fan nomzodi, fan doktori)ga ega bo‘lishning bir bosqichli
tizimidan ikki bosqichli tizimga o‘tishga nimalar sabab bo‘ldi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilm-fanni
rivojlantirish borasidagi tashabbuslari nimalarda namoyon bo‘ldi?
5. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha akademik faoliyat olib bormoqda?
Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib ularning ayrimlari nomini sanang.


9-MAVZU : MUSTAQILLIK YILLARIDA SPORTNING RIVOJLANISHI.
REJA :
1. Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlovchi tizimning yaratilishi.
2. Uch bosqichli sport o‘yinlari.
3. Kurash. Olimpiada. Futbol.
4. O‘zbekistonda yoshlar siyosati
Tayanch ibora va atamalar : jismoniy tarbiya, sport, kuarash,olimpiada, Yoshlar Ittifoqi, Kamolot,
Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlovchi tizimning yaratilishi.
O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, madaniyat, ta’lim, ilm-fan bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport ishlariga katta e’tibor qaratildi. Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘ning muttasil ortib borishi ham mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, sohaga bo‘lgan katta e’tibor ko‘rsatkichidir. Darhaqiqat, nufuzli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirok etishlarining eng asosiy sabablaridan biri ham ushbu sohaning davlat tomonidan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanganligidir.
1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonun qabul qilinishi va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 2015-yilda yangi tahriri tasdiqlanishi sport sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qildi.
Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya zaxiralari kollejlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 10-avgustda “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati Chirchiq shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017–2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Toshkent, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Andijon, Samarqand, Guliston va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob beradigan qator sport majmualari qurildi. Toshkent shahridagi “Yunusobod”, “Jar”, “Bunyodkor”, Namangan shahrida “Pahlavon”, Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmualari va boshqalar shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil martdagi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin