Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə22/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi. O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markazlari tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutida “Qayta tiklanadigan energiya manbalari” ilmiy-o‘quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida “Biotibbiyot” ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi. 2012-yildan esa oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasining 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta mintaqaviy ilmiy markazlari ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etilib, yo‘nalishi va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish hamda akademik fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud ilmiy salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa doktori va fan doktori darajalarini beruvchi ikki bosqichli tiz imga o‘tildi.
Ilm-fandagi tub islohotlar. 2016–2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi. Harakatlar Strategiyasida belgilanganidek, fan, ilmiy tadqiqot, innovatsiya
yutuqlarini rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini
yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish masalalari alohida ta’kidlangan. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 17-fevralda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni O‘zbekistonda fan taraqqiyotini hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablari asosida tashkil etish, xususan,mamlakatda joriy etilayotgan jadal taraqqiyotlar strategiyasining ilmiy zarurligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish, fan arboblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali,
iste’dodli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va uni rag‘batlantirish zarurligini uqtirdi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev fanimiz darg‘alari, maktab yaratgan ulkan allomalar bilan bo‘lgan uchrashuvda bir qator dolzarb masalalarni sanab o‘tdi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin