Xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi



Yüklə 134,95 Kb.
tarix29.03.2022
ölçüsü134,95 Kb.
#54403
baliqlaar


Baliqchilik

Baliqchilik — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. B.tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. B.da suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sunʼiy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini koʻpaytirish yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq oʻstirish maqsadida suv omborlaridan foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham B.ning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va maxsus oʻtlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni koʻpaytirish uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham oʻstiriladi. Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni isteʼmol qilinadigan darajaga yetkazguncha boʻlgan jarayonlar amalga oshiriladi. OʻzRning daryo va koʻllarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zogʻora baliq, doʻngpeshona, sudak, okcha, tobonbaliq, ilonbosh, choʻrtan, laqqa baliq, qizilkoʻz va boshqalar). Oʻzbekistonda B.ni sanoat asosida rivojlantirish 1937-yildan boshlangan. Oʻsha yili Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida "Toshkent baliq chavoqlari xoʻjaligi" tashkil etildi. Keyinchalik bu xoʻjalik baliq chavoqlarini baliq xoʻjaliklari va tabiiy suv havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946-yil Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi Kengashi huzurida Baliqchilik xoʻjaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946-yildan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq yetishtirishga moʻljallangan Damachi hovuz baliqchilik xoʻjaligi tashkil etildi va ishga tushirildi.

1960-yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi koʻllar va Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga oʻrtacha 25 — 28 ming t). Respublikada faqatgina karp baligʻi yetishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 — 18 s.ga dan oshmas edi. 1961-yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan oʻsimlikxoʻr baliqlardan oq doʻngpeshona, oq amur, targʻil doʻngpeshona turlari bu yer sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60— 70% oʻsimlikxoʻr. Oʻsimlikxoʻr oq amurdan kanal va kollektorlarni oʻtlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. Oʻsimlikxoʻr baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, koʻpaymoqda (ayrim doʻngpeshona baliqlarning ogʻirligi 80 kg gacha boradi). Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda maʼlum ahamiyatga ega. Har yili Toʻdakoʻl suv omboridan 500, Chimqoʻrgʻon va Jizzax suv omborlaridan 70—100 t gacha baliq ovlanadi. Hozirgi "Oʻzbaliq" korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi Chirchiq "Baliqchi" tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Moʻynoq, Xorazm va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston baliqchilik xoʻjaliklari birlashmasi va boshqalar), 7 k-t (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik k-tlari), 10 baliqchilik xoʻjaligi: Andijon, Namangan, Fargʻona, Beshariq, Gulbogʻ (Namangan viloyati), Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), Uzun (Surxondaryo viloyati) xoʻjaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Boʻstonliq tumani) xoʻjaligi, Xorazm viloyatida Toʻrtkoʻl fermer xoʻjaligi, baliq chavoqpari yetishtirish davlat xoʻjaligi (Yangiyoʻl), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari va boshqa bor (1999). OʻzRda umumiy maydoni 12 ming ga boʻlgan sunʼiy koʻl va hovuzlarda 22 ming t. tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor. Yetishtiriladigan baliq turlarini koʻpaytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, iqlimlashtirishda "Oʻzbaliq" korporatsiyasining Suv havzalari jonivorlarini oʻrganish instituti ("Akvakultura") xoʻjaliklarga yaqindan yordam beradi(yana q. Baliqlar)

Fargʻonada Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi ochiladi



Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarining taklifiga asosan yaqin kunlarda Fargʻona davlat universitetida “Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi”ni ochish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.

Markazda eksperimental-seleksion tadqiqotlar oʻtkazish, yangi baliqlarini moslashtirish va urchitish, yuqori oqsilli yem-ozuqa bazasini shakllantirish boʻyicha eksperimental tadqiqot olib borish, ilmiy laboratoriyada baliq turlarini yetishtirish, intensivlashtirish boʻyicha genetik tajribalarni amalga oshirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va isteʼmolga tayyorlashning texnologik siklinitadqiq etishga ixtisoslashgan, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan ilmiy laboratoriya tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Baliqchilik bilan 2007 yildan beri shugʻullanib kelayotgan Fargʻona shahridagi“Uragʻboy ota” fermer xoʻjaligi rahbari Alisher Mamajonov bugungi kunda umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etuvchi 8 ta hovuzda oq doʻngpeshona, chipori doʻngpeshona, oq amur, karp baliqlarini yetishtirib, viloyatdagi maktabgacha taʼlim muassasalari, sahovat uylarini baliq mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda.

– Hozirda bir 1 gektar havzada yiligaoʻrtacha 6–9 tonna baliq yetishtiramiz, – deydi Alisher aka. – Bu koʻrsatkichga yetib kelgunimizcha ancha qiyinchiliklardan oʻtdik. Ish boshlaganimizda baliqlarni nobud qilib qoʻygan paytlarimiz ham boʻldi. Sababi bizda sohaga yangi kirib kelgan amaliyotchilar uchun maxsus adabiyotlar, yoʻriqnomalar mavjud emas. Hovuzlarni qanday kavlash kerakligidan boshlab, baliqlarni qay yoʻsinda boqish kerak, ularni oziqlantirish masalasi kabi savollarga javob beradigan qoʻllanmalar ishlab chiqilishi kerak. Bundan tashqari, nazariy va amaliy bilimlarga ega kadrlarni yetishtirish ham muhim masalalardandir. Bu yoʻlda oʻz tajribalarimdan kelib chiqib,“Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalarida hovuz baliqchiligini yuritish asoslari”kitobini yozib tugatdim. Nashrdan chiqqach, undan oʻquv qoʻllanmasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi.



Aynan baliqchilik bilan shugʻullanayotganlar yoki shu ishni boshlashni rejalashtirgan tadbirkorlar uchun yangi ochilayotgan “Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi” rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalarini oʻrganish asosida intensiv usullarda baliq yetishtirish, baliq kasalliklarini oʻrganish va ularning oldini olish hamda davolash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari,suv havzalarida baliq yetishtirish mahsuldorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berib boradi, xududda mavjud baliq yetishtiruvchi korxona va xoʻjaliklarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish va suv havzalarini pasportlashtirish ham markazning zimmasida boʻladi. Shuningdek, markazga qimmatbaho, eksportbop baliq turlarini koʻpaytirish, yuqori oqsilli yem-ozuqa bazasini shakllantirish boʻyicha eksperimental tadqiqotlar olib borish vazifalari yuklatilgan.
Yüklə 134,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin