Mavzu: Yong`in xavfsizligi qoidalari. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yong‘in xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yong‘in xavfsizligi talablari;
yong‘in kelib chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablari;
ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obyektlar hamda ma’muriy binolar uchun yong‘in xavfsizligi talablari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin;
aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va tushuntirish yuzasidan tizimli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2020-yil 20-oktabr,
649-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga
ILOVA