Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yong`in-qutqaruv bo`linmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil еtiladigan bo`linmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil еtilgan boshqaruv organlari va yong`in-qutqaruv bo`linmalari mazkur tashkilotlarning mablag`lari hisobidan ta’minlanadi.
Idoraviy va ko`ngilli yong`indan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy ta’minlash ularning muassislari tomonidan o`z mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.