Qarori yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


bo`linmalarini hisobga olish ro`yxatidan o`tkazish



Yüklə 207,66 Kb.
səhifə53/54
tarix25.09.2023
ölçüsü207,66 Kb.
#148278
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Yong`in xavfsizligi

bo`linmalarini hisobga olish ro`yxatidan o`tkazish

  • Idoraviy va ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari hisobga olish ro`yxatidan o`tkazilishi kerak.

  • Idoraviy va ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarini hisobga olish ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshirish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.




  • 5-BOB. YONG`IN NAZORATI

  • 34-modda. Davlat yong`in nazorati

  • Davlat yong`in nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.

  • Davlat yong`in nazorati Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong`in nazorati organlari bo`lgan bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

  • O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ob’ektlarida, o`rmon xo`jaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun mo`ljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yo`l, avtomobil transportidan hamda еlektr transportidan foydalanilayotganda davlat yong`in nazoratini amalga oshirish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar o`rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.

  • O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong`in nazorati O`zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

  • O`zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet еl vakolatxonalari еgallab turgan ob’ektlarda yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong`in nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yong`in nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • Davlat yong`in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro`yxati, vazifalari, huquq va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat yong`in nazorati to`g`risidagi nizom bilan belgilanadi.



  • 35-modda. Idoraviy yong`in nazorati

  • Idoraviy yong`in nazorati idoraviy yong`indan saqlash xizmati, shuningdek qonunchilikda vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan idoralarga qarashli tashkilotlarning yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.

  • Idoraviy yong`in nazorati vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

  • Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong`in xavfsizligi talablari yong`in kelib chiqishiga va odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yong`indan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni to`liq yoki qisman to`xtatib qo`yish huquqiga еga.




  • 6-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR

  • 36-modda. Yong`indan saqlash xizmatining


  • Yüklə 207,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin