Vakolatli organlar yong`in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to`g`risida o`z vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
Faoliyati to`liq yoki qisman O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong`in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda е’lon qilishi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yong`in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
20-modda. Yong`inlarni va ularning
oqibatlarini hisobga olish
Yong`inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong`inlarga doir axborotni to`plash hamda o`zaro almashish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Yong`inga qarshi alohida rejim
Yong`in xavfi yuqori bo`lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yong`inga qarshi alohida rejim o`rnatilishi mumkin.
Yong`inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong`in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong`in xavfsizligiga oid qo`shimcha talablar belgilanadi.
22-modda. Yong`in xavfsizligini ilmiy-texnik
jihatdan ta’minlash
Yong`in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari amalga oshiradi.
Yong`in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari, tashkilotlarning mablag`lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Yong`in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong`in xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
23-modda. Yong`in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
Yong`in-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi.
Yong`in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda. Yong`in xavfsizligi sohasidagi faoliyatni