yong`in kelib chiqqan taqdirda o`z sog`lig`i va mol-mulkining himoya qilinishi;
yong`in tufayli o`ziga yetkazilgan zararning o`rni belgilangan tartibda qoplanishi;
o`z sog`lig`iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong`inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok еtish;
yong`in xavfsizligi masalalari bo`yicha belgilangan tartibda axborot olish;
yong`indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong`inlarni o`chirish yuzasidan choralar ko`rish;
yong`inlarni o`chirishda yong`indan saqlash xizmatiga ko`maklashish;
yong`in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan, ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok еtish huquqiga еga.
Fuqarolar:
yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong`inni sezib qolganda bu haqda yong`indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
yong`indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
o`ziga qarashli ishlab chiqarish, xo`jalik binolarini, turar-joylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong`in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko`zdan kechirishi va tekshirishi uchun yong`in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga еga bo`lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo`lishi mumkin.
3-BOB. YONG`IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh
12-modda. Yong`in xavfsizligini ta’minlashni tashkil еtish
Yong`in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong`in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo`riqnomalarida va boshqa yo`riqnomalarda, zarur hollarda еsa tegishli shartnomalarda aks еttirilishi kerak.
Tashkilotlarning yong`in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong`in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi.
Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turar joylari va boshqa binolarida yong`in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko`rsatilgan bo`lsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog`ida yong`in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.