Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) o`z vakolatlari doirasida:
yong`in xavfsizligi to`g`risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;
yong`in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok еtadi va ularning amalga oshirilishini tashkil еtadi;
yong`in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok еtadi;
yong`in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok еtadi;
yong`in nazoratini tashkil еtadi;
yong`in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
davlat еhtiyojlari uchun yong`in-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va hajmlarini belgilaydi;
yong`inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi;
aholi punktlarida, o`ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong`in va portlash xavfi yuqori bo`lgan ob’ektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat ob’ektlarida hamda boshqa ob’ektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yong`inlar o`chirilishini tashkil еtadi.
Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining
yong`in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
yong`in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok еtadi;
yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil еtadi;
mahalliy byudjetlarning yong`in xavfsizligiga, shu jumladan, yong`indan saqlash xizmatining ta’minoti harajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro еtilishini ta’minlaydi;
yong`in o`chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong`indan saqlash xizmatining mahalliy byudjetlar mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo`linmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;
yong`in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag`batlantirilishini amalga oshiradi;
tegishli hududda yong`inga qarshi alohida rejim o`rnatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining