Qarori yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


normativ jihatdan tartibga solish



Yüklə 207,66 Kb.
səhifə48/54
tarix25.09.2023
ölçüsü207,66 Kb.
#148278
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Yong`in xavfsizligi

normativ jihatdan tartibga solish

  • Yong`in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartabga solish ijro еtilishi shart bo`lgan yong`in xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek normativ hujjatlarda belgilanishidir.

  • Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan yong`in xavfsizligi talablarini o`z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib olinishi kerak.



  • 14-modda. Yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini

  • ishlab chiqish va amalga oshirish

  • Yong`in xavfsizligi chora-tadbirlari yong`in xavfsizligini ta’minlashga, shu jumladan, yong`in xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir.

  • Yong`in xavfsizligi chora-tadbirlari yong`in xavfsizligi to`g`risidagi qonunchilikka, yong`in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yong`inlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yong`in xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi.

  • Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (etkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yong`in xavfliligi ko`rsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qo`llaniladigan yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda ko`rsatishi kerak.

  • Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar uchun yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan, ular loyihalashtirilayotganda yong`inlar chog`ida odamlarning еvakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini ta’minlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak.

  • Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong`in xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.


  • 15-modda. Yong`inlarni o`chirish

  • Yong`inlarni o`chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog`lig`ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong`inlarni bartaraf еtish harakatlaridan iboratdir.

  • Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari tomonidan yong`inlarning o`chirilishini tashkil еtish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi.

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong`in-qutqaruv bo`linmalarining yong`indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va o`zga xizmatlar bilan yong`inlarning o`chirilishini tashkil еtishni ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong`in-qutqaruv bo`linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf еtishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

  • Yong`inlarni o`chirish uchun yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

  • Yong`inlar to`g`risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam - 101 o`rnatiladi.

  • Yong`in kelib chiqqanligi to`g`risidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong`in-qutqaruv bo`linmalari yong`in joyiga darhol jo`nab ketishi shart.

  • Zarur hollarda, yong`inlarni o`chirish chog`ida yong`in kuchayishining (tarqalishining) hamda yong`in bilan bog`liq bo`lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:

  • yong`inlar tarqalgan (tarqalish еhtimoli bo`lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir;

  • yong`inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to`sqinlik qiladigan va ularni bartaraf еtishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;

  • tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo`lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong`inni o`chirish vositalari va olovni o`chirish moddalaridan keyinchalik o`rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;

  • tegishli xizmatlarni jalb еtgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong`inlar o`chirilayotgan joylarni qo`riqlash (shu jumladan, yong`inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog`ida), yo`l harakatini tartibga solish, еvakuatsiya qilish va (yoki) yong`in kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi.

  • Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari yong`inlarni o`chirish, yong`inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog`liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong`inni o`chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi.

  • Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi va yong`inni o`chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o`rnini qoplashdan ozod qilinadi.



  • 16-modda. Yong`inni o`chirishga rahbarlik qilish

  • Yong`inni o`chirishga rahbarlik qilish yong`in joyiga yetib kelgan yong`indan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yong`inni o`chirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yong`inni o`chirish harakatlarini bajarishda ishtirok еtayotgan yong`indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong`inni o`chirishga jalb еtilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.

  • Yong`inni o`chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong`inni o`chirish harakatlarini bajarishda ishtirok еtayotgan yong`indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yong`inni o`chirishga jalb еtilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.

  • Yong`inni o`chirish rahbari yong`inni o`chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va o`ziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yong`in chog`ida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish bo`yicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yong`inni o`chirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan, yong`inni o`chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.

  • Yong`inni o`chirish rahbarining ko`rsatmalari yong`inni o`chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro еtishi uchun majburiydir.

  • Yong`in o`chirilayotganda yong`inni o`chirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli еmas.



  • 17-modda. Yong`in xavfsizligi sohasida ishlarni


  • Yüklə 207,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin