Davlat yong`in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog`lig`i davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug`urta qilinishi lozim.
Qarang: "Ichki ishlar organlari to`g`risida"gi Qonunning 42-moddasi; AV tomonidan 2003 yil 29 avgusta 1266-son bilan ro`yxatga olingan, MV, MDV, IIV, MXX, DBQ, FVV va Davlat chegaralarini himoya qilish qo`mitasining Qarori (hujjat rus tilida keltirilgan) bilan tasdiqlangan "Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarni, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug`urtasini o`tkazish tartibi to`g`risida"gi Nizom (hujjat rus tilida keltirilgan)
31-modda. Idoraviy yong`indan saqlash xizmati
Idoraviy yong`indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli ob’ektlarning yong`in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil еtiladi.
Idoraviy yong`indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo`linmalarining faoliyatini tashkil еtish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o`tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
32-modda. Ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati
Ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong`inlarni o`chirishda ishtirok еtishining shaklidir.
Ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil еtiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong`in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.
Ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarini tashkil еtish va ularning faoliyat yuritish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
33-modda. Idoraviy va ko`ngilli yong`indan saqlash xizmati