O'simliklarga tashqi muhit omillariga tasiri



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü85,5 Kb.
#46793
  1   2
o'simliklarga tashqi muhit omillariga tasiri


O'SIMLIKLARGA TASHQI MUHIT OMILLARIGA TASIRI

REJA:


  1. Abiotik omillar haqida tushuncha.

  2. Yorug`lik haqida tushuncha.

  3. Issiqlikning o`simliklarga ta`siri.

  4. Havo va shamolning o`simliklarga ta`siri.

Tayanch ibora va atamalar: geliofit, ssiofit, fotoperiodizm, termoperiodizm, termofil, psixrofil, efemer, gigrofit, mezofit, kserofit, gidatofit, gidrofit, sukkulent, sklerofit.

Muhit deganda tirik organizmlarni o`rab olgan barcha biotik va abiotik omillarning yig`indisini tushunamiz. Muhit quruqlik, havo, suv va yer ostidan iborat bo`ladi.

Bundan tashqari, yashash sharoiti degan tushuncha ham mavjud bo`lib, bularga tirik organizm uchun zarur bo`lgan yorug`lik, issiqlik, suv kiradi.

Muhit ko`plab elementlardan tashkil topgan bo`lib, o`simliklar olamiga turlicha ta`sir ko`rsatgani uchun ham ekologik omillar deb yuritiladi. Ekologik omillarni quyidagi turlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Abiotik omillar

Abiotik omillarga iqlim, geologik, edafik, yorug`lik, issiqlik, namlik va havo oqimi kiradi.

Yorug`lik. Quyoshdan taralayotgan yorug`lik nuri barcha tirik organizmlar uchun u yoki bu darajada ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham yorug`lik eng muhim hayotiy omillardan biri hisoblanadi. Quyosh nuri, ya`ni yorug`lik omili o`simliklarda bo`ladigan fotosintez jarayonida, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bo`lishida qatnashadi. Fotosintez jarayoni natijasida yutilgan yorug`lik energiyasi bog`langan ximiyaviy energiyaga aylanadi. Yorug`lik boshqa omillarga (suv, issiqlik) nisbatan yer yuziga bir xil taqsimlangan. Buni esa yer sharining yorug`lik tanqisligi tufayli mutlaqo o`simlik o`smaydigan joy yo`qligidan ham bilish mumkin. Tun uzoq bo`ladigan qutb viloyatlarida o`simliklarning sekin va kam o`sishiga yorug`lik emas, balki harorat sharoitining noqulayligi sabab bo`ladi.

Ma`lumki, o`simlik yorug`likni tabiiy holda faqat quyoshdan oladi. O`simlik faqat tik tushgan yorug`likni emas, tarqoq holda tushgan yorug`likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorug`lik o`simlikning xlorofil donachalari va tsitoplazmasini o`ldirib, o`simlikka salbiy ta`sir qiladi. Tarqoq tushgan yorug`lik foydali bo`lib, o`simlik bu yorug`likni to`liq o`zlashtiradi. Sababi tarqoq tushgan yorug`lik sariq-qizil nurlardan iborat bo`ladi.

Yer sharining har bir zonasida yorug`lik sharoiti o`ziga xos bo`ladi. Cho`l, dasht, baland tog` mintaqalari yorug`lik bilan kuchli ta`minlangan bo`lsa, aksincha g`or va havzalar yorug`lik bilan kam ta`minlanadi. Shuning uchun ham har bir joyning yorug`likka nisbatan moslashgan o`simlik turlari mavjud bo`ladi.

Yorug`likka bo`lgan talabiga ko`ra o`simliklarni 3 ta guruhga bulish mumkin:

a) yorug` sevar o`simliklar — geliofitlar. Bular yorug`lik yetarli bo`lganda normal o`sib rivojlanadi. Bunday o`simliklar cho`l, dasht, o`tloq o`simliklari — ajriq (Cunodon dactulon (L) Pers), mastak (Lolium multiflosum Lam), yaltirbosh (Bromis tectorum L.) hamda birinchi pog`onadagi baland bo`yli daraxtlardir. Bular soya sharoitda ancha yomon o`sadi va rivojlanadi;

b) soya sevar o`simliklar guruhi — ssiofitlar. Bu guruhga mansub o`simliklar yorug`lik bilan kam ta`minlangan muhit o`simliklaridir. Bular yorug`likni ko`p hoxlamaydigan bo`lib, o`simlik qoplamining pastki pog`onalarida yaxshi o`sadi. Bularga xona va oranjereya o`simliklari, moxlar, poporotniklar, yong`oqzorlarda o`suvchi xina, tog` binafsha (Viola isopetala) kabi turlar kiradi. Soyada o`sadigan o`simliklar yorug`likda o`sadigan o`simliklardan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi;

d) oraliq o`simliklar — soyaga chidamli o`simliklar. Ular yuqoridagi ikki guruppa oralig`ida uchraydigan o`simliklar bo`lib, ham yorug`likka, ham soyaga ancha bardoshlidir. Bular, odatda, quyosh nuri bevosita tushadigan yerlarda yoki shunga yaqin joylashgan yerlarda ham yaxshi o`sib rivojlanadi. Shu bilan birga quyosh kam tushadigan yerlarga ham tez moslashadi. Bularga o`rtacha iqlim zonasidagi o`rmon va o`tloqlarda o`sadigan qo`ngirbosh (Roa bulbosa L), oqco`xta (Dactules glomerata L), arvugon (Cercis siliguastrum L), qoraqarag`ay (Risea schrenkiana F. Et M.), shumurt, madaniy o`simliklardan qulutnay (Fragaria ananassa Duch) kabi o`simlik turlari kiradi.

Yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo`ladi. Shimolda yorug`lik intensivligi kuchsiz bo`ladi. Yoritilish muddati uzoq bo`ladi. Janubda esa kun ancha qisqa bo`ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo yorug`lik intensivligi yuqori bo`ladi. Shimolda yorug`lik intensivligi kam bo`lib, uzoq muddat yorug`likning davom etishi u yerdagi o`simliklarning o`sib rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli o`simliklar deb atashga mos keladi. Bug`doy (Triticum aestivon L), javdar (Secale cereale L.) kabi boshoqli o`simliklar, cebapra (Trifolium pratense L), sachratqi (Cichorium intybus L), sapsargul (Iris L.) kabilar misol bo`ladi.

O`simliklarga uzun kun va tun almashinishi, yorug`lik va qoropg`ulikning ko`rsatgan ta`sirini amerikalik olimlar Garner va Allard tajribada o`rganib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha, kun uzunligi yoki yorug`lik 12 soatdan kam bo`lsa uzun kun o`simliklar gullamaydi, gullagan taqdirda ham ancha kech gullaydi.

Qisqa kunli o`simliklarning (kun uzunligi 12 soatdan kam bo`lgan sharoitdagi o`simliklar) rivojlanishi qisqa kun uzunligida yaxshi o`tadi. Qisqa kunli o`simliklar ham uzun kunda (yorug`lik 12 soatdan ko`p bo`lganda) gullamaydi, ba`zan juda kech gullaydi. G`o`za (Gossypium herbaceum L.), tariq (Panicum miliaceum L), bodring (Cucumis sativus L), makkajo`xori (Zea mays L.), qovun (Melo orientalis (S.Kudr) Nab), kungaboqar (Helianthus annuus L), mavrak (Salvia sclarea L. yoki S. deserta) qisqa kunli o`simliklardir. Qisqa kunli o`simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik o`zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm — bo`yning haddan tashqari o`sib ketishi ro`y beradi.

Issiqlik. O`simliklar uchun quyosh energiyasi faqat yorug`lik manbai bo`lib qolmasdan, balki issiqlik manbai hamdir. Shuning uchun ham ularda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar issiqlik bilan bog`likdir. Birgina urug`ning unib chiqishi uchun issikdik ikki xil ta`sir ko`rsatadi:

a) foydali bo`lgan past issiqlik urug`larni tinim holatidan chiqaradi;

b) urug`ning unib chiqish darajasi va tezligini ham issiqlik belgilaydi.

Issiqlik o`simliklarda kechadigan fotosintezga teskari jarayon — nafas olishda ham katta ahamiyatga ega. Ma`lumki nafas olish sutka davomida amalga oshadigan jarayondir. Issiqlikning kecha va kunduzda almashinib turishi o`simlik uchun qatga ahamiyatga ega. Issiqlikning har kuni bir xilda ritmik almashinib turishiga o`simliklarning moslashuvi — termoperiodizm deb ataladi.

Yer yuzida barcha o`snmliklarpi issiqlik omiliga bo`lgan munosabatiga ko`ra ikki xil ekologik gruppaga bo`lish mumkin:

a) issiqsevar — termofil o`simliklar;

b) sovuqsevar — psixrofil o`simliklar.

Har ikkala band xususida to`xtalib o`tamiz:

a) Yer sharining janubiy kengliklarida o`sadigan go`za (Cossypium herbaceum L.), mandarin (Citrus reticulata. blanco), apelsin (Citrus sinensis. Osl), limon (Citrus limon Burm) kabi o`simliklar issiqsevar o`simliklar bo`lib, yuqori darajali issiqlikda yaxshi o`sib rivojlanadi. O`zbekiston cho`llarida o`suvchi kovul (Capparis spinosa L), yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), saksovul kabi o`simliklar ham jazirama issiqda bemalol o`sib rivojlanadi. Yuqori issiqqa ega bo`lgan sharoitda o`suvchi o`simlik turlari evolyutsiya jarayonida hujayrasi issiqlikka chidamli bo`lib borish bilan birga boshqa bir qancha moslanish xususiyatlariga ham ega bo`lib borgan. Xususan, vegetativ organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan, o`zidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bo`lgan tinim davriga o`tishga moslashgandir. Shunday bo`lsada, o`ta kuchli issiqlik o`simlikning nobud bo`lishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bo`lib o`tganda kuzatiladi.

O`simliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi o`suvchi kurtaklarning hazon qatlami va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. O`simliklarning bunday xususiyatlaridan Raunkier hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan.

b) Sovuqsevar o`simliklar eng past haroratda o`sishga moslashgan yoki o`sish imkoniyatiga ega bo`lgan o`simliklardir. Yer sharining shimoliy kengliklarida o`suvchi qarag`ay (Pinus silvestris L), tilog`och (Larix sibirica. Lab.), qoraqaragay (Pisea schrenkiana F. et V.) kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Issiqlik minimum darajadan pastga tushganda o`simlik tinim holatiga kiradi. Harorat minimumdan pastga tushib ketganda o`simlik hujayrasining tsitoplazmasida katta o`zgarishlar bo`lishi, ya`ni o`simlikni sovuq urib ketishi mumkin. O`simliklarni sovuqqa chidamli deganda uzoq muddat +1 dan +10 °S gacha bo`lgan sharoitda yashashiga, o`ta chidamli deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi.

Tropik va sub tropik o`lkalarda o`suvchi o`simliklar harorat 0 °S ga tushganda halok bo`ladi. Ba`zi sovuq iqlimli rayonlarda o`sadigan o`simliklardan tilogoch -62 °S da ham halok bo`lmaydi. Sovuq haroratda o`simliklarning turli organlari har xil darajada shikastlanadi. Dastlab gul va barg, keyinchalik poya va novda, so`ng ildiz zararlanadi. Ba`zi bir bakteriyalar va suv o`tlari juda past haroratda (-30 °S dan -35 °S gacha) ham yashab qoladi.

Suv. Barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o`simliklar uchun ham suvning ahamiyati juda katta. O`simlik tanasining 50-90 % suvdan iborat bo`ladi. Tsitoplazma tarkibida suv miqdori 85-90% ni tashkil etadi. O`simliklarning sersuv mevalarida, yumshoq barglarida va ildizlarida suv miqdori ko`p bo`ladi. Hatto o`simliklarning quruq holdagi spora va urug`larida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urug`ida suv nisbatan kam bo`ladi. Suv tabiatda bug`, suyuq va qattiq kristall shaklida mavjud. Suv barcha moddalarni o`zida eritgan holda o`simliklarda transport vositasi sifatida xizmat qiladi. Har qanday o`simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi unda tub o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib keladi. O`simliklar suvni, asosan, tuproqdan oladi. Bundan tashqari, atmosfera yog`inlari (qor, yomg`ir, do`l, qirov, shudring, tuman) hamda yer osti sizot suvlari hisobiga ham hayot kechiradi. Ko`pgina cho`llarda o`suvchi efemer turlar suvni bahorgi yog`inlardan oladi. Yantoq esa yerning pastki qatlamidagi grunt suvlari hisobiga hayot kechiradi. Chunki yantoq ildizi yerga chuqur kirib ketadi.

Uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasida turli xil yashash sharoitiga moslashgan har xil xususiyatga ega bo`lgan o`simliklar guruhi kelib chiqqan. Shuning natijasida ba`zi turlar suvli sharoitda, ba`zilari esa cho`llarda yashashga moslashgan.

XIX asrning oxirlarida A. Shimper va Ye. Verming o`simliklarning suv rejimiga bo`lgan munosabitlariga qarab 3 ta ekologik gruppaga bo`lgan: gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlar. Ba`zi adabiyotlarda esa 5 ta ekologik gruppaga ajratib berilgan bo`lib, ular gidatofitlar, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.

A. P. Shennikov (1950) Shimper va Vermingdan keyin o`simliklarning suvga bo`lgan munosabatiga ko`ra quyidagi gruppalarga bo`ladi:

a) gigrofitlar — soya va yorug`da o`sadigan turlar;

b) kserofitlar, bular o`z navbatida sukkulentlarga, ya`ni to`qimalarida suv zahiralarini saqlaydigan seret o`simliklar va sklerofitlarga — quruq, ingichka, qattiq o`simliklarga bo`linadi.

d) psixrofitlar — shimoliy yoki baland tog` mintaqasida nam va sovuq yerlarda o`sadigan o`simliklar;

e) kriofitlar — shimolda yoki baland tog` mintaqasida quruq va sovuq yerlarda o`sadigan o`simliklar;

f) mezofitlar — o`rtacha namgarchilik sharoitida o`sadigan gigrofit va kserofitlar orasidagi o`simliklar. Biz o`simliklarning suvga bo`lgan talabiga ko`ra quyidagi gruppalarga bo`ldik:


Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin